Leo Hjelde
Leo Fuhr Hjelde (2003-yil, 26-avgustda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Premer-liganing Leeds United klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. U avvalroq Ross Countyda ijara asosida oʻynagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Leo Fuhr Hjelde[1]. | ||
Tavallud sanasi | 26-avgust 2003-yil | ||
Tavallud joyi |
Nottingham, ![]() | ||
Boʻyi | 1.88 m[2]. | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | 33 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2017 | Trygg/Lade | ||
2018-2019 | Rosenborg | ||
2019-2021 | Celtic | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2020-2021 | Celtic | 0 | (0) |
2021 | → Ross County (ijara) | 11 | (1) |
2021- | Leeds United | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2019 | Norway U16 | 13 | (0) |
2020 | Norway U17 | 3 | (0) |
2021 | Norway U18 | 3 | (1) |
2021- | Norway U19 | 3 | (0) |
2021- | Norway U21 | 1 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12 fevral uchun) |
YoshligiTahrirlash
Hjelde Nottingham Forest va Rosenborgning sobiq himoyachisi Jon Olav Hjeldening oʻgʻli boʻlib, Leo Angliyada tugʻilganida Janubiy Koreyaning K ligasi Busan I’cons klubida oʻynagan[3]. Jon Olav qisqa vaqt ichida Leoning tugʻilishiga guvoh boʻlish uchun Angliyaga qaytib keldi, shundan soʻng oila Janubiy Koreyaga bir necha oy davomida Jon Olav bilan Busanda yashash uchun koʻchib oʻtdi. Ular 2004-yil oʻrtalarida Angliyaga qaytib kelishdi va 2007-yilda Jon Olavning Mansfield Towndagi ikki yillik faoliyati tugaganidan keyin Norvegiyaga koʻchib oʻtishdi[4].
Klubdagi faoliyatiTahrirlash
CelticTahrirlash
2019-yil, 29-iyulda Hjelde 15 yoshida Shotlandiya Premer-ligasining Celtic klubi bilan professional shartnoma imzoladi; uni toʻgʻridan-toʻgʻri zaxiraga olib kelishdi[5][6].
2021-yilning 22-yanvarida Hjelde ijara asosida mavsumning qolgan qismi uchun Premer-liganing Ross County klubiga oʻtdi[7]. Ertasi kuni u Rangers klubiga qarshi 5:0 hisobida yakunlangan oʻyinda ligadagi debyutini oʻtkazdi[8]. U birinchi professional golini 2021-yil, 6-mart kuni Kilmarnockka qarshi o‘yinda (3:2) kiritdi[9]. Uning ijaradagi oʻyinlari Ross County bosh murabbiyi John Hughesning yosh himoyachini Celticning sobiq futbolchisi Virgil van Dijkka oʻxshatdi[10].
Leeds UnitedTahrirlash
2021-yil, 27-avgustda Hjelde Elland Roadda nomaʼlum toʻlov evaziga Leeds United bilan Elland Roadda 4 yillik shartnoma imzoladi.
Hjelde Leeds Unitedda debyutini 2022-yilning 9-yanvarida Angliya kubogi 3-bosqichida West Ham Unitedga 2:0 hisobida magʻlub boʻlgan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi[11]. U Premer-ligadagi debyutini bir hafta oʻtgach yana West Ham klubiga qarshi oʻtkazdi, oʻyin 3:2 hisobida Leed United gʻalabasi bilan yakunlandi, Hjelde Junior Firponing oʻrniga birinchi boʻlimda maydonga tushdi va Premer ligada oʻynagan eng yosh norvegiyalik futbolchi boʻldi[12][13][14].
Faoliyat statistikasiTahrirlash
- 2022-yil, 12-fevral holatiga ko'ra[15].
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Celtic | 2020-21[16] | Shotlandiya Premer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
2021-22[16] | Shotlandiya Premer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Ross County (ijara) | 2020-21[16]. | Shotlandiya Premer-ligasi | 11 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 12 | 1 | |
Leeds United | 2021-22 | Premer-liga | 2 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 |
Karyera jami | 13 | 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 1 |
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Leo Fuhr Hjelde“ (no). Norwegian Football Federation. Qaraldi: 12-sentabr 2021-yil.
- ↑ „Leo Fuhr Hjelde - Player Profile - Football“. Eurosport. Qaraldi: 20-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Norsk 15-åring klar for Celtic“. TV2. TV2 (29-iyul 2019-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ Rowcliffe, Devon. Who Ate All the Squid?: Football Adventures in South Korea. Pitch Publishing, 2020. ISBN 9781785316814.
- ↑ „Celtic agree terms with talented young Norwegian defender“. Celtic FC (29-iyul 2019-yil). Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
- ↑ „Celtic sign Rosenborg youngster Leo Hjelde“. Sky Sports (29-iyul 2019-yil). Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
- ↑ „Ross County add Celtic teenager Leo Hjelde on loan“. BBC Sport. BBC (22-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 22-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Rangers 5–0 Ross County“. SPFL. SPFL (23-yanvar 2021-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Ross County 3–2 Kilmarnock“. BBC (6-mart 2021-yil). Qaraldi: 13-aprel 2021-yil.
- ↑ Durent. „Leo Hjelde labelled 'next Virgil van Dijk' by Ross County boss John Hughes“. Press and Journal (14-aprel 2021-yil). Qaraldi: 20-iyul 2021-yil.
- ↑ „Leeds United complete Leo Hjelde swoop“. Leeds United FC (27-avgust 2021-yil). Qaraldi: 30-avgust 2021-yil.
- ↑ Steinberg. „West Ham v Leeds: Premier League Live!“. Guardian.co.uk (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
- ↑ Steinberg. „West Ham 2-3 Leeds United: Harrison hat-trick dents Hammers’ top-four push“. www.Guardian.co.uk (16-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
- ↑ „Norsk 15-åring klar for Celtic“. TV2. TV2 (29-iyul 2019-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2021-yil.
- ↑ Leo Hjelde Soccerway saytida. Retrieved 17 January 2022.
- ↑ 16,0 16,1 16,2 „Games played by Leo Hjelde in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 23-yanvar 2021-yil.