Leonid Xan
Leonid Ignatievich Xan (1930-yil 18-noyabr, Blagoslovennoye qishlogʻi, Yahudiylar muxtor viloyati, Xabarovsk oʻlkasi, SSSR – 2013-yil 20-sentyabr, Qaynar qishlogʻi, Qorday tumani, Jambul viloyati, Qozogʻiston – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomidagi kolxoz mudiri, agronom-iqtisodchi[1], iqtisod fanlari nomzodi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1951)[1].
Leonid Ignatievich Xan | |
---|---|
Tavalludi |
18-noyabr 1930-yil |
Vafoti |
20-sentyabr 2013-yil (82 yoshda) Qaynar qishlogʻi, Qorday tumani, Jambul viloyati, Qozogʻiston |
Fuqaroligi | SSSR Qozogʻiston |
Taʼlimi | K.A Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasi |
Bolalari | Xan Raisa, Xan Vladimir, Xan Valeriy, Xan Aleksandr |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrir1930-yil 18-noyabrda Uzoq Sharqning Biro-Bidjan milliy viloyatining Blagoslovennoe qishlogʻida tugʻilgan[2].
1937-yilning kuzida Qozogʻiston SSRning Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatiga deportatsiya qilingan.
Oʻrta maktabning 7-sinfini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1943—1944-yillarda Jambul shakar tajriba stansiyasida boshlagan. 1945-yilda Oʻzbekistondagi qarindoshlarinikiga koʻchib oʻtadi. 1945—1952-yillarda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi Engels nomidagi kolxoz dala ekinlari brigadasi aʼzosi boʻlib ishlagan.
1951-yilda Leonid Xan zvenosi 7 gektar maydonning har gektaridan oʻrtacha 99,6 sentnerdan yashil kanop poyasi oldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1951-yil 17-oktabrdagi farmoni bilan u Lenin ordeni va O‘roq va Bolg‘a oltin medali hamda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan[2].
VDNX Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan[2].
1955-yilda Toshkent qishloq xoʻjalik texnikumini agronom mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1959-yildan KPSS aʼzosi[1].
1961-yilda K.A Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xoʻjaligi akademiyasini tamomlagan[1]. Soʻng Jambul viloyati Qorday tumanidagi „Qorday“ sovxozida qoʻriq yerlarni oʻzlashtirishda ishlagan. 1964-yilda u Qorday tumanidagi Koʻk Qaynar sovxoziga mudir etib tayinlangan, 1994-yilga qadar ushbu kolxozga rahbarlik qilgan. Uning rahbarligida sovxoz Qizil Bayroq ordeni (sovxozlar darajadasida) bilan taqdirlangan va Qozogʻiston SSR Faxriy oltin kitobiga kiritilgan.
1976-yilda „Jambul viloyati janubiy zonasidagi sovxozlarda ixtisoslikni rivojlantirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1960—1980-yillarda bir necha bor Qorday tuman Kengashiga deputat etib saylangan, Jambul viloyat komiteti aʼzosi boʻlgan. 1978—1989-yillarda Qozogʻiston Kompartiyasi Qorday tuman qoʻmitasi aʼzosi. 1976—1980-yillarda Jambul viloyat kasaba uyushmasi aʼzosi boʻlgan.
2013-yil sentyabr oyida Qorday tumani Qaynar qishlogʻida vafot etgan[2].
Asarlari
Qozogʻiston SSR Jambul viloyati sovxozlarida qand lavlagi yetishtirishga oid qator nashrlar muallifi.
- Xan, Leonid Ignatiyevich. Yer odamlarga boʻysunadi [Matn] / L. I. Xan, Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Koʻk Qaynar sovxozi direktori. – Olmaota: Qaynar, 1976. – 122 b.
- Xan, Leonid Ignatiyevich. Sugʻoriladigan zonadagi davlat xoʻjaliklarining ixtisoslashuvi [Matn] / L. I. Xan, A. K. Pastuxov iqtisod fanlari nomzodlari. – Olmaota: Qaynar, 1978. – 104 b.
Olgan mukofotlari
tahrir„Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali (1951), Lenin (ikki marta: 1951, 1973), Oktyabr inqilobi (1976), Mehnat Qizil Bayroq (1971) ordenlari, „V. I. Lenin tavalludining 100 yilligini nishonlashdagi jasoratli mehnati uchun“ yubiley medali, VDNXning uchta bronza medali bilan taqdirlangan.
Qorday tumani faxriy fuqarosi (01.07.2000).
Adabiyotlar
tahrir- Qazaq Sovet Ensiklopediyasi. – Almati, 1978 j. – 11 tom.
- Shin D. V., Sovetskie koreysi Geroi Sotsialisticheskogo truda, Almati: Service Press, 2019
- Z. V., Pan N. G. Geroi Sotsialisticheskogo Truda – kazaxstansi, Alma-Ata, 1969—1985, tt. 1-5
- Men D. V., Kvon L. A., Kim, Sovetskie koreysi Kazaxstana, Almati, 1992
- Kim P. G., Koreysi Respubliki Uzbekistan, Tashkent: Uzbekiston. 1993
- Kan G. V., Istoriya koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim G. N., Men D. V., Istoriya i kultura koreysev Kazaxstana, Almati: Gilim, 1995
- Kim B. I., Koreysi Uzbekistana. Kto est kto, Tashkent, 1999