Lewis Robert Spence (talaffuzi: Lyuis Robert Spens) (1996-yil 28-yanvarda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Lewis Spence „Hamilton Academical“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Lewis Spence faoliyati davomida „Dunfermline Athletic“, „Dundee“, „Ross County“ va „Brechin City“ futbol klubida oʻynagan edi.

Lewis Spence
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lewis Robert Spence[1]
Tavallud sanasi 28-yanvar 1996-yil (1996-01-28) (28 yosh)
Tavallud joyi Kirkcaldy,[2] Shotlandiya
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Hamilton Academical
Raqami 14
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
—2007 Hearts
2007—2012 Rangers
2012—2013 Dunfermline Athletic
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2017 Dunfermline Athletic 34 (0)
2016Brechin City (ijara) 13 (3)
2016Brechin City (ijara) 7 (0)
2017—2019 Dundee 31 (0)
2019—2020 Ross County 30 (0)
2020—2021 Scunthorpe United 41 (1)
2021 Hamilton Academical 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 15-yanvar uchun)

Faoliyati tahrir

Dunfermline Athletic tahrir

Lewis Spence Shotlandiyaning Kirkcaldy shahrida tugʻilgan. Lewis Spence „Heart of Midlothian“ va „Rangers“ futbol klublarining yoshlar jamoalarida tarbiyalangan. 2012-yilda Lewis Spence „Dunfermline Athletic“ futbol klubi jamoasiga qoʻshilgan. 2012—2013-yilgi mavsumda Lewis Spence klubning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar jamoasida oʻynagan. Keyingi mavsumda Lewis Spence „Dunfermline“ klubining asosiy jamoasi tarkibiga qoʻshilgan[3][4]. Lewis Spence klub safidagi ilk oʻyinini „Ayr United“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda (1:1 hisobidagi durang) oʻtkazgan[5][6]. Umuman olganda, Lewis Spence 2013—2014-yilgi mavsumda „Dunfermline“ futbol klubi uchun oltita oʻyinda maydonga tushgan.

2015—2016-yilgi mavsum oxirida Lewis Spence „Dunfermline“ futbol klubi bilan yangi bir yillik shartnoma imzolagan. Bu shartnomaga koʻra, Lewis Spence 2016—2017-yilgi mavsum oxirigacha klubda qoladigan boʻlgan[7]. Birinchi jamoa uchun bir nechta oʻyinlarni oʻtkazgandan soʻng, Lewis Spence 2016-yil sentyabr oyida bir oylik ijara asosida „Brechin“ futbol klubi safga qoʻshilgan[8]. Lewis Spence ijaradan qaytganidan soʻng, 2017-yilning may oyida shartnoma muddati tugagach, klubni tark etgan[9]. Lewis Spence „Dunfermline“ klubi safida bilan besh yil davomida 45 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Dundee tahrir

2017-yilning 22-iyunida Lewis Spence Shotlandiya Premer ligasi vakili „Dundee“ futbol klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan[10]. Oʻzining birinchi mavsumida ajoyib taassurot qoldirganidan soʻng,Lewis Spence 2018-yil aprel oyida klub bilan ikki yillik yangi shartnoma imzolagan. Buning natijasida Lewis Spence klub safida 2020-yilning yozigacha qoladigan boʻlgan[11]. Ammo Lewis Spence 2019-yil yanvarida klubni tark etgan[12].

Ross County tahrir

"Dundee" futbol klubini tark etganidan soʻng,Lewis Spence Shotlandiya chempionati vakili „Ross County“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan[12]. Klub safidagi birinchi mavsumida Lewis Spence 21 oʻyin oʻtkazgan. Lewis Spence „Ross County“ futbol klubiga chempionlikni qoʻlga kiritishga yordam bergan va shuning uchun klub Shotlandiya Premer ligasiga koʻtarilgan[13].

Scunthorpe United tahrir

Lewis Spence 2020-yil avgust oyida „Scunthorpe United“ futbol klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[14]. Klubdagi birinchi mavsumida Lewis Spence 44 oʻyinda maydonga tushgan. Lewis Spence „Scunthorpe“ klubi safidagi yagona golini „Harrogate Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan[15]. Mavsum yakunida Lewis Spence „Scunthorpe“ futbol klubini tark etgan[16].

Hamilton Academic tahrir

2021-yil iyul oyida Lewis Spence „Hamilton Academical“ futbol klubi safiga qoʻshilganini tasdiqlagan[17]. Lewis Spence klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[18].

Faoliyat statistikasi tahrir

2021-yil 8-may holatiga ko'ra;
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Dunfermline Athletic 2013—2014 Shotlandiya Birinchi ligasi 6 0 0 0 0 0 1 0 7 0
2014—2015 26 0 1 0 2 1 2 0 31 1
2015—2016 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2016—2017 Shotlandiya chempionati 2 0 0 0 4 0 0 0 6 0
Jami 34 0 1 0 6 1 4 0 45 1
Brechin City (ijara) 2015—2016 Shotlandiya Birinchi ligasi 13 3 0 0 0 0 0 0 13 3
2016—2017 7 0 0 0 0 0 0 0 7 0
Jami 20 3 0 0 0 0 0 0 20 3
Dundee 2017—2018 Shotlandiya Premer ligasi 18 0 1 0 2 0 - 21 0
2018—2019 13 0 0 0 3 1 - 16 1
Jami 31 0 1 0 5 1 0 0 37 1
Ross County 2018—2019 Shotlandiya chempionati 15 0 3 0 0 0 1 0 19 0
2019—2020 Shotlandiya Premer ligasi 15 0 0 0 0 0 - 15 0
Jami 30 0 3 0 0 0 1 0 34 0
Scunthorpe United 2020—2021 Shotlandiya Ikkinchi ligasi 41 1 1 0 1 0 1 0 44 1
Hamilton Academical 2021—2022 Shotlandiya chempionati 7 0 0 0 2 0 1 1 10 1
Jami 163 4 6 0 14 2 7 1 191 7

Manbalar tahrir

  1. „Notification of shirt numbers: Scunthorpe United“. English Football League. Qaraldi: 25-sentabr 2020-yil.
  2. „First team squad - Lewis Spence“. Dunfermline Athletic FC. dafc.co.uk. Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  3. Crawford. „Dunfermline 0–4 Rangers“. BBC Sport. BBC (30-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  4. „Dunfermline 0 Rangers 4“. Dunfermline Athletic FC (30-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  5. „Ayr United 1–1 Dunfermline“. espnfc.co.uk. ESPN (19-aprel 2014-yil). Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  6. „Ayr United 1 Dunfermline 1“. Dunfermline Athletic FC (19-aprel 2014-yil). Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  7. Hart. „Dunfermline Athletic duo David Hutton and Lewis Spence pen one year deals“. Dunfermline Press. Newsquest (16-may 2016-yil). Qaraldi: 23-iyul 2016-yil.
  8. „Spence joins Brechin City“. Dunfermline Athletic FC (23-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2016-yil.
  9. „Player update“. Dunfermline Athletic FC (5-may 2017-yil). Qaraldi: 19-may 2017-yil.
  10. „Lewis signs“. Dundee FC (22-iyun 2017-yil). Qaraldi: 22-iyun 2017-yil.
  11. „Lewis signs extension“. Dundee FC (5-aprel 2018-yil). Qaraldi: 6-aprel 2018-yil.
  12. 12,0 12,1 „Andrew Davies: Dundee sign defender after Hartlepool agree to terminate contract“. BBC Sport (10-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 10-yanvar 2019-yil.
  13. Paterson. „Scottish Championship 2019-20 preview: Club-by-club guide to new season“ (inglizcha). Daily Record (2-avgust 2019-yil). 2020-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  14. „Spence joins the Iron“ (en-gb). Scunthorpe-United (3-avgust 2020-yil). 2021-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  15. „🥅⚽ Goal: Lewis Spence v Harrogate Town“. One Football (21-fevral 2021-yil). Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  16. Gibson. „Three Teams Who Could Compete For League Two Promotion in 2021/22“. Any Old Iron Blog (27-may 2021-yil). 2021-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  17. Moody. „Lewis Spence signs for Hamilton“. Scunthorpe-United (13-iyul 2021-yil). 2021-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.
  18. „Hamilton Academical FC is pleased to announce that we have reached an agreement with Scunthorpe United for the transfer of Scottish midfielder Lewis Spence.“ (en-gb). Hamilton Accies FC. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-yanvar 2022-yil.