Li Je-son
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 10-avgust 1992-yil (1992-08-10) (31 yosh)
Tavallud joyi Ulsan, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.81m
Ampluasi Hujumkor yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Mainz 05
Raqami 7
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2018 Jeonbuk Hyundai Motors 137 (26)
2018-2021 Holstein Kiel 93 (19)
2021- Mainz 05 35 (5)
Milliy terma jamoa
2012-2014 Janubiy Koreya U23 14 (1)
2015- Janubiy Koreya 64 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-oktyabr uchun)

Li Je son (1992-yil 10-avgustda tugʻilgan) — Janubiy Koreyalik professional futbolchi, Bundesliganing „Mainz 05“ klubi va Janubiy Koreya terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati tahrir

Jeonbuk Hyundai Motors tahrir

Li Jeonbuk Hyundai Motors jamoasiga 2014-yilda kelib qo‘shilgan va 26-fevral kuni „Yokohama F.Marinos“ga qarshi 2014-yilgi OChL o‘yinida debyut qilgan[1]. Choi Kang Hi, oʻsha paytdagi „Jeonbuk“ning murabbiyi uning hujum va himoyada muvozanatni saqlash qobiliyatini maqtab oʻtgan[2]. 2016-yilda u oʻzining eng yaxshi mavsumini oʻtkazgan va bir mavsum davomida 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan hamda 2016-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida jamoasi bilan gʻolib chiqgan[3]. 2017-yilgi K League 1da u 28 ta o‘yinda sakkizta gol va o‘nta golli uzatmani amalga oshirganidan so‘ng " Eng qimmat o‘yinchi " sovrinini qo‘lga kiritgan[3][4].

Holstein Kiel tahrir

2018-yil iyul oyida Li Bundesliga 2 klubiga qoʻshilgan. Holstein Kiel bilan 2021-yil 30-iyungacha 3 yillik shartnoma imzolagan[5]. Jeonbukga toʻlangan transfer narxi 1,5 million yevro ekani xabar qilingan[6]. U oʻzining ilk oʻyinini 4-avgust kuni „Hamburger SV“ga qarshi oʻtkazgan va ikkita golli uzatma bilan oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[7]. 2021-yil 13-yanvarda u to‘liq maydonga tushgan va 2020-21 DFB-Pokal o‘yinida to‘rtinchi penaltini amalga oshirgan, bu oʻyinda Kiel "Bavariya" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 6:5 hisobida g‘alaba qozongan[8]. Keyinchalik Kiel tarixda birinchi marta DFB-Pokal yarim finaliga chiqgan, ammo Dortmundning „Borussiya“ jamoasi ularni magʻlub etgan[9]. Ular, shuningdek, 2020-21 Bundesliga 2da uchinchi oʻrinni egallashgan.

Mainz 05 tahrir

2021-yilning iyulida Li Bundesliganing „Mainz 05“ klubiga 2024-yilning 30-iyuniga qadar uch yillik shartnoma asosida qoʻshilgan[10].

Xalqaro faoliyati tahrir

2017-yilgi EAFF Sharqiy Osiyo kubogida u Janubiy Koreya tarkibida maydonga tushgan va eng qimmat oʻyinchi deb topilgan[11]. 2018-yilning may oyida u Janubiy Koreya terma jamoasining Rossiyada bo‘lib o‘tadigan 2018-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati tarkibiga kiritilgan va guruh bosqichida uchta o‘yinni ham o‘tkazgan[12].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Jeonbuk Hyundai Motors 2014 K Liga 1 26 4 3 0 7 1 36 5
2015 K Liga 1 34 7 1 0 9 2 44 9
2016 K Liga 1 32 3 1 0 13 1 2 0 48 4
2017 K Liga 1 28 8 0 0 28 8
2018 K Liga 1 17 4 0 0 8 1 25 5
Jami 137 26 5 0 37 5 2 0 181 31
Holstein Kiel 2018-19 2. Bundesliga 29 5 2 0 31 5
2019-20 2. Bundesliga 31 9 2 1 33 10
2020-21 2. Bundesliga 33 5 5 2 2 1 40 8
Jami 93 19 9 3 2 1 104 23
Mainz 05 2021-22 Bundesliga 27 4 3 0 30 4
2022-23 Bundesliga 8 1 1 0 9 1
Jami 35 5 4 0 39 5
Karyerada jami 265 50 18 3 37 5 4 1 324 59

Xalqaro tahrir

Li Je Son tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2015-yil 31-mart Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya   Yangi Zelandiya 1-0 1-0 Oʻrtoqlik
2 2015-yil 16-iyun Rajamangala stadioni, Bangkok, Tailand   Birma 1-0 2-0 2018 FIFA Jahon chempionati saralashi
3 2015-yil 3-sentyabr Xvason stadioni, Xvason, Janubiy Koreya   Laos 8-0 8-0
4 2015-yil 12-noyabr Suvon Jahon kubogi stadioni, Suvon, Janubiy Koreya   Birma 1-0 4-0
5 2017-yil 9-dekabr Ajinomoto stadioni, Tokio, Yaponiya   Xitoy 2-1 2-2 2017-yilgi EAFF chempionati
6 2018-yil 1-iyun Jeonju Jahon kubogi stadioni, Jeonju, Janubiy Koreya Bosniya va Gersogovina 1-1 1-3 Oʻrtoqlik
7 2018-yil 7-sentyabr Goyang stadioni, Goyang, Janubiy Koreya   Kosta Rika 1-0 2-0
8 2019-yil 26-mart Seul Jahon kubogi stadioni, Seul, Janubiy Koreya   Kolumbiya 2-1 2-1
9 2021-yil 16-noyabr Tani bin Jassim stadioni, Doha, Qatar   Iroq 1-0 3-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlari tahrir

Jeonbuk Hyundai Motors

Janubiy Koreya U23

  • Osiyo oʻyinlari : 2014-yil

Janubiy Koreya

  • EAFF chempionati : 2015, 2017

Manbalar tahrir

  1. „Match Report - Jeonbuk Hyundai Motors v Yokohama F. Marinos“. AFC. 2014-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „https://www.news1.kr/articles/?2142412“ (ko). News1 (2015-yil 18-mart). Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  3. 3,0 3,1 „http://portal.kleague.com/common/search/popUpPlayerDetail.do?playerDetailInfo=20140056“ (ko). K League. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  4. „https://sports.news.naver.com/kfootball/news/read.nhn?oid=477&aid=0000099627“ (ko). SPOTVNEWS (2017-yil 20-noyabr).
  5. Geidel, Andreas. „Transfer-Hammer: Jea-Song Lee und Jonas Meffert zu Holstein Kiel“ (de). Sportbuzzer (2018-yil 27-iyul). 2022-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  6. „Holstein Kiel verpflichtet Jae-Song Lee“ (de). Frankfurter Rundschau (2018-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 29-iyul.
  7. „2. Bundesliga Elf des Tages - 2018/19 - 1. Spieltag“ (de). kicker. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  8. „DFB-Pokal - Schema - Holstein Kiel 6:5 Bayern München“ (de). kicker. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  9. „Kiel geht unter: Dortmund steht nach historischer Halbzeit im Pokalfinale“ (de). kicker (2021-yil 1-may). Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
  10. „05er Verpflichten Jae-sung Lee“ (de). Mainz 05 (2021-yil 8-iyul). 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
  11. „EAFF E-1 Football Championship 2017 Final Japan“. EAFF. Qaraldi: 2020-yil 9-iyun.
  12. „Revealed: Every World Cup 2018 squad - 23-man & preliminary lists & when will they be announced?“. Goal. Qaraldi: 2018-yil 18-may.