Limfogranulematoz
Limfogranulematoz (limfa va lotincha granulyoma) — limfa toʻqimasida uchraydigan xavfli oʻsma. Asosan, limfa tugunlari va ichki aʼzolar: jigar, oʻpka, taloq, shuningdek, meʼda-ichak yoʻli, nerv sistemasi, teri va boshqa zararlanadi. Birinchi marta ingliz vrachi T. Xojkin tavsif etganligi uchun (1832-yil) Xojkin kasalligi deb ham ataladi. Hamma yoshdagi kishilarda uchraydi. Kelib chiqish sababi toʻliq oʻrganilmagan. Kaysi aʼzo va limfa tugunlari zararlanganligiga karab, kasallik har xil kechadi. Oʻtkir Limfogranulematozda haro-rat koʻtariladi, limfa tugunlari, jigar, taloq kattalashadi, kamqonlik avj oladi, bemorning darmoni quriydi. Koʻpincha, Limfogranulematoz surunkali kechadi. Rentgenologik tekshirishlarga qarab tashhis qoʻyiladi. Kasallikning oldini olish uchun oʻz vaqtida vrachga murojaat qilish zarur. Davosi: jarroxlik, kimyoterapiya yoki nur buyuriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |