Linsey Godfrey

amerikalik aktrisa

Linsey Michelle Godfrey (1988-yil 25-iyulda tugʻilgan) — amerikalik aktrisa. U 2012-yilning mart oyidandan 2016-yilning oktyabrigacha CBS efirga uzatgan teleserial The Bold and the Beautifulda Caroline Spencer rolini ijro etgan. 2016-yil dekabridan 2018-yilning martigacha esa ushbu serialda rolini takrorlashga qaytdi. Aktrisa 2018-yil iyulidan 2021-yil martigacha NBC efirga uzatgan Days of Our Lives serialida Sarah Horton rolini oʻynaydi. Shundan soʻng, 2022-yil yanvarida Kristen DiMera va 2022-yil aprelida Sarah rollarini qayta ijro etish uchun seriallardagi faoliyatiga qaytadi.

Linsey Godfrey
Tavalludi
Linsey Michelle Godfrey

25-iyul 1988-yil (1988-07-25) (35 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2005-hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Yoshligi tahrir

Godfrey Florida shtatining Stuart shahrida onasi Char Griggs tarbiyasida oʻsib ulgʻaygan[1]. U South Fork High Schoolda tahsil olgan va ushbu taʼlim dargohini tamomlagach, aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun, Los Angelesga koʻchib oʻtadi. Aktrisa mohir baliqchidir[1]. 2006-yili Tallahasseega qaytgan paytida, unga Limfogranulematoz tashxisi qoʻyilgan edi. Aktrisa yetti oyda davolanishni tugatadi va aktrisalik faoliyatini davom ettirish uchun LosAngelesga qaytib keladi. U boʻynining orqa tomoniga omon qolgani sharofati bilan lenta tatuirovkasini chizdirgan[1].

Faoliyati tahrir

Godfrey Hodgkin limfomasi tashxisi qoʻyilishidan oldin One Tree Hill va Surface teleseriallarida rol ijro etish uchun shartnoma imzolashga tayyor boʻlgan edi. Uning fikricha, saraton uning aktyorlik karyerasini ikki yil orqaga qaytargan[1]. Hollywoodga qaytib kelgach, aktrisa bir nechta maxsus mehmon rollarini ijro etishi kerak edi. Xususan, aktrisa The Bold and the Beautiful serialida Caroline Spencer sifatida rol ijro etish uchun shartnoma imzolaydi[1]. 2018-yil iyul oyida u Sarah Horton rolida Days of Our Lives filmining aktyorlar tarkibiga qoʻshilganligi aytib oʻtadi[2]. 2021-yil 29-mart sanasida esa Godfrey serialni tark etishi eʼlon qilinadi[3]. 2022-yilning 7-yanvarida aktrisa 17-yanvar haftasida oʻz rolini yana qayta takrorlashi aniq boʻladi[4].

Shaxsiy hayoti tahrir

2013-yil 5-dekabrda Godfrey yigiti The Young and the Restlessdagi aktyor Robert Adamsondan birinchi farzandini kutayotgani maʼlum boʻldi[5]. U 2014-yil 12-iyunda Aleda Seren Adamson ismli qizni dunyoga keltirdi[6]. 2014-yilning avgust oyida Godfrey Ice Bucket Challenge musobaqasida qatnashib, ALS kasalligi haqida xabardorlikni oshirishga yordam beradi[7].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2008 The House Bunny Qisqa qoramag'iz qiz
2010 The Assignment Eliza
2012 My Funny Valentine Jayna
2013 The Culling Amanda
2014 Altergeist Sarah
2018 Fatal Fashion Jennifer Higgins

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2005 One Tree Hill Barbara Epizod: „Between Order and Randomness“
2006 Surface Caitlin Blum Epizodlar: „1.11“, „1.12“, „1.13“, „1.15“
NCIS Stephanie Phillips Epizod: „Bait“
2007 Cold Case Samantha 'Sam' Randall (1965) Epizod: „Boy Crazy“
2010 Jack’s Family Adventure Charlotte Vickery TV Film
The Suite Life on Deck Willa Fink Epizod: „My Sister’s Keeper“
2011 CSI: Miami Blair Hawkins Epizod: „Stoned Cold“
Wizards of Waverly Place Lucy Epizod: „Ghost Roommate“
2012-2018 The Bold and the Beautiful Caroline Spencer
2014 The Young and the Restless Caroline Spencer Maxsus mehmon roli
2018 Heʼs Watching Angela TV Film
2018-2021, 2022 Days of Our Lives Sarah Horton

Mukofotlar va nominatsiyalari tahrir

Aktyorlik mukofotlari va nominatsiyalar ro'yxati
Yil Mukofot Turkum Sarlavha Natija Manba
Daytime Emmy Award Outstanding Younger Actress in a Drama Series The Bold and the Beautiful Nominatsiya
Daytime Emmy Award Outstanding Supporting Actress in a Drama Series The Bold and the Beautiful Nominatsiya
Daytime Emmy Award Outstanding Supporting Actress in a Drama Series The Bold and the Beautiful Nominatsiya
2017
Soap Awards France Couple of the Year-"Caroline and Ridge" The Bold and the Beautiful Nominatsiya
Daytime Emmy Award Outstanding Supporting Actress in a Drama Series Days of Our Lives Nominatsiya

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Beagan. „Soap opera actress from Stuart is cancer survivor“. TCPalm (1-iyul 2012-yil). 3-may 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-aprel 2013-yil.
  2. Soaps SheKnows. „Linsey Godfrey Joins Days of Our Lives as Sarah Horton“. Soaps.com. SheKnows Media (25-iyul 2018-yil). 25-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2018-yil.
  3. SOD. „Linsey Godfrey Announces Exit From DAYS. Soap Opera Digest. American Media, Inc. (16-mart 2021-yil). Qaraldi: 16-mart 2021-yil.
  4. Soaps She Knows. „Finally! Linsey Godfrey's Sarah Is Returning Days of Our Lives — But Man, Is She In for a Shock!“. Soaps.com. SheKnows Media (8-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2022-yil.
  5. SOD. „Y&R, B&B Stars Expecting A Baby!“. Soap Opera Digest (5-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 5-dekabr 2013-yil.
  6. SON. „'B&B's' Linsey Godfrey and 'Y&R's' Robert Adamson Welcome Baby Girl“. Soap Opera Network (23-iyun 2014-yil). Qaraldi: 8-iyul 2014-yil.
  7. „ALS - Ice Bucket Challenge“. YouTube.
  8. „The 41st Annual Daytime Entertainment Emmy Award Nominations“. New York: emmyonline.org and National Academy of Television Arts and Sciences (1-may 2014-yil). 23-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-may 2014-yil.
  9. „The 42nd Annual Daytime Emmy Award Nominations“. New York: emmyonline.org and National Academy of Television Arts and Sciences (31-mart 2015-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2015-yil.
  10. „The 43rd Annual Daytime Emmy Award Nominations“. New York: emmyonline.org and National Academy of Television Arts and Sciences (24-mart 2016-yil). 17-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-mart 2016-yil.
  11. „Soap Awards France 2017 : Hélène Rollès, Les Mystères de l'amour, Ambroise Michel, Terre de passions, Eric Braeden... le palmarès complet“. France: toutelatele.com and Médiamétrie (1-iyun 2017-yil). Qaraldi: 17-avgust 2020-yil.
  12. „The 46th Annual Daytime Emmy Awards Nominations“. New York: emmyonline.org and National Academy of Television Arts and Sciences (2018). 10-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-mart 2018-yil.

Havolalar tahrir