Lisandra Teresa Ordaz Valdés (1988-yil 25-noyabrda tugʻilgan) — kubalik shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM 2011-yil) va xalqaro shaxmat usta (IM 2018-yil) hisoblanadi.

Lisandra Teresa Ordaz Valdés

Yoshligi

tahrir

Lisandra Teresa Ordaz Valdés 1988-yil Kubada tugʻildi. Yoshligidan sportning shaxmat turiga qiziqani sabab, bolaligidan qizlar oʻetasidagi shaxmat turnirlarida ishtirok etdi. Keyinchalik mayda turnirlardan keyin yirik turnirda 2003-yil mart oyida Pinar del Rioda Ordaz shaxmat boʻyicha XXI xalqaro turnirda gʻolib chiqdi. Bu uning ilk katta gʻalabasi edi. Shundan soʻng, 2004-yil aprel oyida Santa-Klara shahrida u Kuba subzone shaxmat turnirida Maritsa Arribas Robainadan keyin 2-oʻrinni egalladi. 2006-yil oktyabr oyida Gvatemala shahrida Ordaz Valdes U20 qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Markaziy Amerika oʻsmirlar chempionatida gʻolib chiqdi. Bu gʻalaba unga katta unvonlarni qoʻlga kiritishda yordam berdi. Shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Kuba chempionatida kumush (2008) va bronza (2011) medallarini qoʻlga kiritdi.

Ordaz Kuba uchun ayollar shaxmat olimpiadalarida koʻplab turnirlarda himoya qilgan ulardan bir nechtasi quydagilar;[1]

2004-yilda Ordaz FIDE ayol xalqaro shaxmat ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi. Keyinroq esa yana bir muhim unvon bilan 2011-yilda FIDE ayol grossmeysterini (WGM) unvonini oldi[3]. 2014-yilda u FIDE murabbiyi (FT) boʻldi. 2018-yilda u FIDE xalqaro shaxmat ustasi (IM) boʻldi. Shu tariqa shaxmatda katta zafarlarga erishdi[4].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir