Litiy rudalari
Litiy rudalari - tarkibidagi litiyning konsentratsiyasi ajratib olish iqtisodiy jihatdan foydali darajada boʻlgan tabiiy mineral hosilalar. Litiyning ushbu rudalardagi maʼlum boʻlgan 40 dan ortiq minerallari qatoriga spodumen, petalit, lepidolit, ambligonit, sinnvaldit va boshqa kiradi. Odatda, bu xildagi rudalar togʻ jinslarini greyzenlanishi va pegmatitlarni tashkil topish jarayonlarida yuzaga keladi. Rudalanish masshtablari va konning yuzaga kelish sharoitlari boʻyicha ham dunyoda noyob boʻlgan Shavozsoy koni 1970-yilda Toshkent yaqinida ochilgan. Litiy rudalari kora slanetsli, xususan, organik moddalar (uglerod-kremniy karbonatli alevrolitlar va boshqalar) bilan toʻyingan vulkanogen choʻkindi formatsiyalardan iborat boʻladi. Rudalar postmagmatik jarayonlar bilan bog-liq holda 500—700° temperaturada 3–7 km chuqurlikda hosil boʻladi. Litiy oksidi zaxirasi 165 ming t dan ortiq, rubidiy oksidi 16 ming t, seziy oksidi 7 ming t ni tashkil etadi. Litiy oksi-dining togʻ jinslaridagi oʻrtacha miqdori 0,4—06% ga teng . Gidroslyudamon-tmorillonit, fengit va polilitionit, litiy minerallari hisoblanadi. Litiy rudalari konlarining barchasi amalda kompleks konlardir. Litiydan tashqari bir qancha qimmatbaho komponentlar ajratib olinadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |