Louie Anne Batley[1][2](Chorley shahrida tugʻilgan) — ingliz aktrisasi, qoʻshiqchisi va raqqosasi. "Hollyoaks" filmidagi Sara Barns roli bilan tanilgan. U 1998-1999- yillarda Rivington boshlang'ich maktabida[3] va Vestgolm yuqori maktabida qatnagan. Ammo raqsga bo'lgan mehri sabab maktabni tark etgan.

Loui Batley
Tavalludi
Louie Anne Batley

1987-yi 9-iyun
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Turmush oʻrtogʻi Simon Lawson
Bolalari 2

Faoliyati tahrir

Loui "Hollyoaks" filmidagi rolidan oldin, boshqa kichik rollarni o'ynagan. Jumladan "Julia Davis" mukofotga sazovor bo'lgan "Night Night" komediyasining ikkinchi seriyasida Angus Deaytonning yosh qiz do'sti Natali rolini ijro etgan edi.

Loui "Channel 4"ning mahsuloti bo'lgan "Hollyoaks" serialida Sara Barns rolini ijro etgan. U 2005-yildan[4] 2009-yilgacha ushbu rolni o'ynagan.

Loui "BBC"ning "Just the Two of Us" ko'rsatuvining ikkinchi seriyasida ishtirok etishi kerak edi. Ammo uning professional qo'shiq sherigi Russell Watson sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli shouni tark etganidan so'ng, Loui ham shoudan ketib qolgan. Loui shuningdek, 2007-yilgi "BBC" "Children in Need" dasturining ochilish marosim qoʻshigʻini ijro etdi. Shuningdek, hamkasblar Kevin Sacre, Gerard McCarthy va Summer Strallen bilan birga marosimdagi qo'shiqni ijro etgan edi.[5]

Hozirda u "Verity va Violet" guruhida dugonasi Jessica Dolman bilan birga qo'shiq kuylaydi.[6]

Televizion tahrir

Yil Ko'rsatish Rol
1995 Jake's Progress Portia
2005 Nighty Night Natalie
2005–2009 Hollyoaks Sarah Barnes
2008–2009 Hollyoaks Later
 

Filmlar tahrir

Yil Sarlavha Rol
2010 Following Footsteps Maria White
2012 Tower Block Amy

Boshqa tahrir

Yil Sarlavha Izohlar
2012 Clover Reklamada

Teatr tahrir

Yil Ko'rsatish Rol
? Broadway Theatre Project Solist
? Submerged
? The Waltz Medley
? Six Feet Under
? The Nutcracker Sugar Plum Fairy

Modellashtirish tahrir

Yil Turi Dizaynerlar
2007 Catwalk Nolita
? Pimlico
? Oska
? Woom Xoom
? Shirin Guild

Mukofotlari tahrir

  • Yutuq
    • British Freestyle Champion
    • Lyrical Section
    • European Theatrical Stage Dance 1st Place
    • Carlton TV - Britain's Best Dancer. 2003-yilda.
  • Nomzod
    • IDTA Tap & Ballet Awards
    • Le Classique de Danse Awards
  • Vakil
    • NATD in the Grand Finals

Shaxsiy hayoti tahrir

"Hollyoaks" filmida Simon Crosby rolini o'ynagan Simon Lawson va Batley kelajakdagi iste'dodlar uchun aktyorlik maktabini tashkil qilishdi.[7] 2009-yilda ular Londonning "Earls Court Road" ko'chasidagi malika "Viktoriya" jamoat uyini ijaraga oldilar.[8] "Verity va Violet" deb nomlanuvchi guruhining Twitter akkaunti orqali Simon Lawson va Batley 2013-yil iyul oyida turmush qurishganligi e'lon qilishgan. Batley 2019-yil yanvar oyida yosh oilaning birinchi farzandini dunyoga keltirdi. 2020-yil 4-oktyabrda Batley ikkinchi farzandiga homilador ekanligini eʼlon qildi. 2021-yil 15-martda u qizi Dora tug'ilganini e'lon qildi. 

Uning akasi Tobias Batley professional balet raqqosi.[9]

Manbalar tahrir

  1. Births, Marriages & Deaths Index of England & Wales, 1984-2004 list name at birth as 'Louie Ann Batley' there is also another listed with the same details and name but the middle name spelt as Ann(e).
  2. „Reviews - Peter Pan“. The Stage (2004-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2008-yil 5-fevral.
  3. Loui Batley – Biography
  4. „Hollyoaks - Sarah Barnes (played by Loui Batley) - E4.com“. Channel4.com. Qaraldi: 2012-yil 28-yanvar.
  5. „'Hollyoaks' cast to perform for 'Children In Need' - Hollyoaks News - Soaps“. Digital Spy (2007-yil 31-oktyabr). 2008-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  6. „The Girls“. verityandviolet.com. Qaraldi: 2013-yil 14-iyul.
  7. „'Hollyoaks' couple establish acting workshops - Hollyoaks News - Soaps“. Digital Spy (2008-yil 14-fevral). 2010-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-iyun.
  8. The Times, 10 July 2009
  9. „Challenge of a classic - Theatre“. Sheffield Telegraph (21-aprel 2008-yil). Qaraldi: 28-yanvar 2012-yil.

Havolalar tahrir