Ludwig Wilhelm Andreas Maria Thuille (talaffuzi: Lyudvig Vilgelm Andreas Mariya Tyuil; 1861-yil 30-noyabr, Bolzano, Janubiy Tirol — 1907-yil 5-fevral, Myunxen) — kelib chiqishi avstriyalik boʻlgan nemis kompozitori va musiqa oʻqituvchisi. Eng mashhur vakili Richard Strauss[1] boʻlgan Myunxen kompozitorlar maktabida bir muncha vaqt yetakchi opera kompozitorlaridan biri boʻlgan.

Ludwig Thuille
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Ludwig Wilhelm Andreas Maria Thuille
30-noyabr 1861-yil
Vafoti 5-fevral 1907-yil(1907-02-05)
(45 yoshda)
Myunxen
Fuqaroligi Avstriya bayrogʻi Avstriya Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
Kasbi kompozitor, musiqa oʻqituvchisi
Janr opera, simfoniya

Biografiyasi

tahrir

Otasining vafotidan soʻng oilasi tomonidan xor xonandasi sifatida Kremsmünster abbatligiga yuborilgan. Keyinroq esa Thuille Insbrukka qaytib kelib, Josef Pembaurdan musiqani oʻrgandi; 1877-yilda Thuille hayotining oxirigacha u bilan doʻst boʻlgan va unga „Don Juan“ simfonik poemasini bagʻishlagan Richard Strauss bilan uchrashdi. Shundan keyin Ludwig Thuille Myunxen konservatoriyasida (1879 — 1882) Jozef Reynberger (kompozitsiya) va kichik Karl Berman (klavir)dan tahsil olgan. 1883-yildan boshlab Thuille oʻzi ham shu konservatoriyada pianino va garmoniyadan dars bera boshlagan va 1903-yilda Reynbergernining oʻrniga kompozitsiya professori sifatida ishlay boshladi[2]. Uning koʻplab shogirdlari orasida Hermann Abendroth, Walter Braunfels, Ernest Bloch, Ernst Böhe, Botho Sigwart zu Eulenburg, Walter Courvoisier, Erich Rhode ham bor boʻlgan.

Thuille bastakor sifatida birinchi navbatda opera bilan qiziqqan: birinchi operasi Toyerdank (nemischa: Theuerdank; 1897-yilda imperator Maksimilian I tomonidan yozilgan xuddi shu nomdagi poema asosida) Bavariya regenti Luitpold homiyligidagi tanlovda birinchi oʻrinni egallagan, ikkinchi operasi „Lobetanz“ (nemischa: Lobetanz; 1898-yil, Otto Julius Bierbaum librettosi) Karlsruheda katta muvaffaqiyat bilan sahnalashtirilgan. Kompozitorni hatto „nemis Puccini“si deb atashgan. Strauss va Max von Schillings bilan birgalikda kompozitor Myunxen bastakorlar maktabining bosh yetakchisi hisoblangan.

Manbalar

tahrir
  1. „Selected Songs of the Munich School, 1870–1920“. www.areditions.com. 2021-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
  2. „Ludwig Thuille by Eric Schissel“. www.musicweb-international.com. 2021-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.