Luka Sangalli Fuentes (1995-yil 10-fevralda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Málaga CF“ klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Luka Sangalli Fuentes
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Luka Sangalli Fuentes
Tavallud sanasi 10-fevral 1995-yil
Tavallud joyi San Sebastián, Gipuzkoa, SpainIspaniya bayrogʻi
Boʻyi 167 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya bayrogʻi Malaga
Raqami 23
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014 - 2022
2018 - 2021
2022 - 2023
2023 -
Ispaniya bayrogʻi Real Sosedad B
Ispaniya bayrogʻi Real Sosedad
Ispaniya bayrogʻi Kartagena
Ispaniya bayrogʻi Malaga
(14)
(1)
(0)
(0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klub karyerasi

tahrir

San-Sebastian, Gipuzkoa, Basklar oʻlkasida (Ispaniya) tugʻilgan Sangalli yoshligida ona shahrining „Real Sosedad“ klubini himoya qilgan (2013-yilda UEFA Yoshlar Ligasida ishtirok etgan). U 2014-yilning 23-iyunida zaxiradan oʻrin oldi, va 5-oktabrda Segunda B divizionida CD Toledoga qarshi safarda 1:1 hisobida kechgan oʻyinda Eneko Kapilyaning oʻrniga kech oʻyinda maydonga tushib, debyutini oʻtkazdi.

Sangalli oʻzining birinchi gollarini 2015-yil 3-oktabrda „SD Amorebieta“da 3:3 hisobida durang oʻynab, dubl qayd etdi. „B“ jamoasida yangi holda, u 2017-yilning 26-mayida 2019-yilgacha shartnomasini uzaytirdi, ammo jarohatlar tufayli 2017–18-yilgi mavsumning dastlabki oylarini oʻtkazib yubordi.[1]

2018-yilning 14-avgustida Sangalli La Ligada asosiy tarkibga koʻtarildi va shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirdi. U debyutini 31-avgustda, safarda SD Eybarga qarshi oʻyinda (2:1) boshlagan edi.

2018-yilning 5-oktabr kuni Sangalli oʻzining birinchi professional golini urdi va Bask derbisida Atletik Bilbao“ga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi. Oyning oxirida 23 yoshli futbolchi kichik insultga uchradi. U keyingi yanvar oyida RCD Espanyolga qarshi oʻyinda maydonga qaytdi va maydonni tark etayotganda olqishlarga sazovor boʻldi.

Sangalli 2020-21 yilgi mavsumni tizzasidan olgan jarohati tufayli safdan chiqqan holda oʻtkazdi. 2021-yil iyul oyida u Segunda divizioniga chiqishga erishgach, B-jamoasiga qaytarildi.

2022-yil 14-iyun kuni Sangalli ikkinchi ligadagi FC Cartagena bilan bir yillik shartnoma imzoladi.[2]

Shaxsiy hayoti

tahrir

Sangallining akasi Marko ham futbolchi: qanot himoyachisi. U ham Real Sosedadda tarbiyalangan. Ikkovining ham kelib chiqishi italyan. Ularning otasi tomonidan bobosi XX asr oʻrtalarida Italiyadan San-Sebastyanga koʻchib kelgan va Sangalli biroz italyancha gapira oladi.

Sangalli muhandislik diplomiga ega. Uning amakisi Migel Fuentes, sobiq Real Sosedad futbolchisi va prezidenti.

Manbalar

tahrir
  1. „Luca Sangalli se recupera en el momento justo (Luka Sangalli o'z vaqtida tuzalib ketadi)“ (ispancha). 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  2. „Luca Sangalli, primer fichaje del Efesé para la temporada 2022–23 - (Luka Sangalli, 2022-23-yilgi mavsum uchun Efese bilan birinchi shartnoma)“ (ispancha). FC Cartagena (14-iyun 2022). Qaraldi: 2023-yil 18-sentyabr.