Lumen (birlik)
Lumen yoki Lyumen - yorugʻlik oqimining SI Xalqaro birliklar sistemasidagi oʻlchov birligi. Bir lumen - yorugʻlik kuchi bir kandelaga teng boʻlgan nuqtaviy izotropik manbaning bir steradian fazoviy burchak ostiga tarqatgan yorugʻlik oqimiga tengdir (1 lm = 1 kd*st).
Lumen | |
---|---|
lm | |
Umumiy maʼlumot | |
Kattalik | Yorugʻlik oqimi |
Tizim | SI |
Turi | hosilaviy |
Belgisi | lm |
Lumen (birlik) Vikiomborda |
100 Vattli uy-ro'zg'or yorug'lik lampalari 220 Voltli kuchlanish ostida qiymati o'rtacha 1300 lm ga teng boʻlgan yorug'lik oqimini tarqatishadi. AQSH birlik sistemalarida tarqatilgan va qabul qilingan yorug'lik oqimi farqlangandir.
Lumen (lot. lumen — yorugʻlik) — Xalqaro birliklar tizimi SI da yorugʻlik oqimi birligi; lm bilan belgilanadi. 1 lm — yorugʻlik kuchi 1 kandela boʻlganda 1 steradian fazoviy burchak ichidagi nuqtaviy yorugʻlik manba tarqatadigan yorugʻlik oqimi. 1lm=1 Kd-lcp. Yoruglikning spektral tarkibiga qarab 1 lm yorugʻlik oqimiga turlicha quvvat mos keladi. Mas, 0,555 mkm uchun 1 lm = 0,00155 Vt.[1]