LusonFilippin arxipelagidagi eng katta orol, Tinch okeanda. Maydoni 105,6 ming km². Relyefi, asosan, oʻrtacha balandlikdagi tog, eng baland joyi 2934 m (Pulog togʻi) va sohilboʻyi tekisliklaridan iborat. Gʻarbiy va jan. qirgʻoqlari parchalangan, qulay qoʻltiq va buxta koʻp. Harakatdagi vulkanlar bor. Foydali qazilmalardan oltin, xromit, temir va mis rudalari uchraydi. Iklimi subekvatorial, mussonli. Yiliga 3000 mm gacha yoshn yogʻadi. Tez-tez tayfunlar bulib turadi. Togʻlari doim yashil subekvatorial urmonlar bilan qoplangan, tekisliklarda savannalar uchraydi. 10 dan ortiq milliy park tashkil etilgan. Sohil qismi va vodiylarda aholi zich joylashgan. Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan sholi, makkajoʻxori, tamaki, qand lavlagi ekiladi. Kokos palmasi oʻstiriladi. L.da Keson-Siti, Manila shaharlari, AQShning yirik harbiy bazalari joylashgan.[2]

Luson (orol)
Northern Philippines (Luzon).jpg
Geografiya
maydoni 109 965 km2
Eng baland balandlik 2922 m.
eng baland nuqtasi Mount Pulag
Administrasiya
davlat Filippin
Mintaqa Filippin
Demografiya
aholisi 53 336 134[1]
Qo'shimcha ma'lumot

ManbalarTahrirlash

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil