Ludovic Obraniak
Ludovik Jozeph Obraniak (talaffuzi: Lyudovik Obranyak; 1984-yil 10-noyabrda tugʻilgan) — futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Asosan hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Fransiyada tugʻilgan, Polsha terma jamoasida oʻynagan. 2021-yil iyun oyida Fransiya Championnat National 3 ligasi vakili Le Touquet jamoasiga murabbiy etib tayinlangan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ludovic Joseph Obraniak | ||
Tavallud sanasi | 10-noyabr 1984-yil | ||
Tavallud joyi | Longeville-lès-Metz, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.74 m | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Le Touquet (murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1991—1996 | Union Lorraine de Plantieres | ||
1997—2002 | Metz | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002—2007 | Metz | 99 | (5) |
2007—2012 | Lille | 152 | (19) |
2012—2014 | Bordeaux | 68 | (14) |
2014—2015 | Werder Bremen | 12 | (1) |
2014—2015 | → Çaykur Rizespor (ijara) | 16 | (2) |
2015—2016 | Maccabi Haifa | 26 | (3) |
2016—2018 | AJ Auxerre | 36 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2004 | Fransiya | 1 | (0) |
2009—2014 | Polsha | 34 | (6) |
Boshqargan klublari | |||
2021— | Le Touquet | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Klublardagi faoliyati
tahrirMetz
tahrirObraniak futbolchilik faoliyatini mahalliy FC Metz klubida boshlagan. Barqaror oʻyini tufayli 2003—2004-yilgi mavsumda Bordeauxga qarshi oʻyinda 13-raqamli futbolkada zaxiradan maydonga tushishga muvaffaq boʻldi. Keyingi ikki yil ichida Metzda yaxshi oʻyin koʻrsata olmadi, klub 2004—2005-yilgi mavsumda 16-oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumni jadvalning quyi pogʻonalarida yakunlandi va shu tariqa quyi ligaga tushib ketdi. Obraniak oʻsha yillar davomida 61 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan
Lille
tahrirObraniak klub bilan 2010-yilgacha toʻrt yillik shartnoma imzolashga rozi boʻldi. Toʻrt kundan soʻng „Lille“da „Bordeaux“ga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Oʻsha mavsumda qolgan barcha oʻyinlarda maydonga tushdi. UEFA Chempionlar ligasi doirasidagi Manchester Unitedga qarshi pley-off bosqichining ikkala oʻyinida ham maydonga tushdi. Keyingi mavsumda Obraniak 35 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. 2008—2009-yilgi mavsumda atigi 16 ta oʻyinda 7 ta gol uridi. Keyingi mavsumda klubni tark etishga qaror qildi. Ammo 2010—2011-yilgi mavsumda „Lille“ga Liga 1 va Fransiya Kubogida dublni yutishda muhim rol oʻynadi. 2011-yilgi Fransiya kubogi finalida Mussa Sou o‘rniga maydonga tushdi va g‘alaba to‘pini kiritdi. „Lille“ PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi[1].
Bordeaux
tahrir2012-yilning 12-yanvarida Obraniak Liga 1 jamoasi „Bordeaux“ bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Fevral oyida oʻzining sobiq jamoasi „Lille“ga qarshi oʻyinda (5:4, gʻalaba) ikkita gol urdi.
Werder Bremen
tahrir2014-yilning yanvarida Obraniak oʻz faoliyatida birinchi marta Fransiyani tark etdi va Germaniya Bundesligasining „Werder Bremen“ klubiga oʻtdi. 2016-yilning yoziga qadar ikki yarim yilga shartnoma imzoladi va transfer narxi 2 million yevro boʻldi. 2014-yil oktabr oyida Dutt isteʼfoga chiqarilganidan soʻng, yangi bosh murabbiy Viktor Skrypnyk qoʻl ostida rasmiy oʻyinlarda deyarli maydonga tushmadi
Çaykur Rizespor
tahrir2015-yilning yanvarida mavsumning qolgan qismida Turkiyaning Superliga klubi „Çaykur Rizespor“da ijara asosida oʻynadi. Bremen ularga 2015-yilning yozida ham sotib olish imkoniyatini taqdim etdi. 2015-yilning 25-yanvarida „Galatasaray“ ga qarshi ligadagi debyutini o‘tkazdi
Maccabi Haifa
tahrir2015-yilning 27-avgustida Isroil Premyer-ligasi giganti Maccabi Haifa jamoasi bilan shartnoma imzoladi, tibbiy ko‘rikdan o‘tib, 400 000 evaziga ikki yillik shartnoma imzoladi. 12-sentyabr kuni Obraniak Bnei Sakhnin klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi[2].
2016-yil 24 mayda 2015—2016-yilgi Isroil Davlat kubogi finalida Maccabi Tel Aviv jamoasiga qarshi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi. Bir yildan soʻng, 2016-yil 17-avgustda Obraniak Haifa Maccabidan ketdi.
Isteʼfo
tahrir2018-yil 4-oktabrda futbolchi sifatida faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
tahrirObraniak Fransiyaning 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasida bir marta maydonga tushdi.
Bobosi Zigmunt Poznan okrugidagi Pobiedziska shahridan boʻlganligi tufayli futbolchi Polsha milliy futbol jamoasiga qoʻshilishni istadi va mamlakat fuqaroligini olish uchun ariza berdi. Obraniakning 2009-yil 5-iyunda Polsha fuqarosi ekanligi tasdiqlangan
Murabbiylik faoliyati
tahrirObraniak 2021-yilning 5-iyunida Le Touquet bosh murabbiyi etib tayinlangan edi[3].
Shaxsiy hayoti
tahrirObraniakning qizi 2011-yil 1-iyunda tugʻilgan.
Obraniak fransuz va ingliz tillarini yaxshi biladi. Polsha milliy terma jamoasida oʻynaganiga qaramay, polyak tilini yaxshi bilmaydi.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Kubok | Liga kubogi | Qitʼa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Metz | 2002—2003 | Liga 2 | 9 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | - | 13 | 0 | |
2003—2004 | Liga 1 | 9 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | - | 11 | 0 | ||
2004—2005 | 30 | 2 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | 33 | 2 | |||
2005—2006 | 31 | 1 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | 34 | 1 | |||
2006—2007 | Liga 2 | 20 | 2 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 24 | 2 | ||
Jami | 99 | 5 | 10 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 115 | 5 | ||
Lille | 2006—2007 | Liga 1 | 17 | 0 | 1 | 0 | - | 2 | 0 | 20 | 0 | |
2007—2008 | 35 | 2 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 39 | 2 | |||
2008—2009 | 33 | 9 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 37 | 9 | |||
2009—2010 | 29 | 4 | 1 | 0 | 2 | 0 | 11 | 2 | 43 | 6 | ||
2010—2011 | 26 | 2 | 6 | 1 | 2 | 0 | 9 | 1 | 43 | 4 | ||
2011—2012 | 12 | 2 | - | 2 | 0 | 5 | 0 | 19 | 2 | |||
Jami | 152 | 19 | 14 | 1 | 8 | 0 | 27 | 3 | 201 | 23 | ||
Bordeaux | 2011—2012 | Liga 1 | 17 | 4 | 2 | 0 | - | - | 19 | 4 | ||
2012—2013 | 30 | 6 | 4 | 0 | - | 8 | 1 | 42 | 7 | |||
2013—2014 | 21 | 4 | 1 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 27 | 4 | ||
Jami | 68 | 14 | 7 | 0 | 3 | 0 | 10 | 1 | 88 | 15 | ||
Werder Bremen | 2013—2014 | Bundesliga | 10 | 1 | - | - | - | 10 | 1 | |||
2014—2015 | 2 | 0 | 1 | 0 | - | - | 3 | 0 | ||||
Jami | 12 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 13 | 1 | ||
Çaykur Rizespor (ijara) | 2014—2015 | Süper Lig | 16 | 2 | 2 | 0 | - | - | 18 | 2 | ||
Maccabi Haifa | 2015—2016 | Isroil Premyer-ligasi | 26 | 3 | 4 | 0 | - | 2 | 0 | 32 | 3 | |
Auxerre | 2016—2017 | Liga 2 | 20 | 0 | 5 | 0 | - | - | 25 | 0 | ||
2017—2018 | 16 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | - | 20 | 0 | |||
Jami | 36 | 0 | 8 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 45 | 0 | ||
Jami faoliyati | 409 | 44 | 46 | 1 | 18 | 0 | 39 | 4 | 512 | 49 |
Xalqaro Gollar
tahrir- Ballar va natijalar birinchi boʻlib Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni Obraniakning har bir golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
T/R | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Mnb. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2009-yil 12-avgust | Bydgoshcz, Polsha | Gretsiya | 2—0 | 2—0 | Doʻstona | [5] |
2 | 2010-yil 12-oktyabr | Monreal, Kanada | Ekvador | 2—1 | 2—2 | Doʻstona | |
3 | 2010-yil 17-noyabr | Poznan, Polsha | Kot-dʼIvuar | 2—1 | 3—1 | Doʻstona | |
4 | 2012-yil 2-iyun | Varshava, Polsha | Andorra | 1—0 | 4—0 | Doʻstona | |
5 | 2012-yil 14-noyabr | Gdansk, Polsha | Urugvay | 1—2 | 1—3 | Doʻstona |
Yutuqlari
tahrirKlub
tahrirLill
- 1-liga: 2010—2011
- Fransiya kubogi: 2010—2011
Bordeaux
- Fransiya kubogi: 2012—2013
Maccabi Haifa
- Isroil davlat kubogi: 2015—2016
Individual
tahrir- Fransiya Kubogi finali: 2011-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „Obraniak stunner ends Lille's 56-year trophy wait“. pakistantoday.com.pk (2011-yil 15-may). 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-fevral.
- ↑ „Debuts for Obraniak and Kriaf“ (he). ONE. Qaraldi: 2015-yil 12-sentyabr.
- ↑ „Le Touquet: A former Ligue 1 appointed coach (off)“ (fr). foot-national.com (2021-yil 5-iyun).
- ↑ „L. Obraniak“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 3-dekabr.
- ↑ Andrzej Gowarzewski: Biało-Czerwoni.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "brmet" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "lille" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "fifa" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "pobiedziska" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "nadanie" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "confirmed" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "greece" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "fifa110603" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "ap120112" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "fifa120212" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "tonline140131" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "bild141031" defined in <references>
is not used in prior text.
Manba xatosi: <ref>
tag with name "werder150117" defined in <references>
is not used in prior text.
<ref>
tag with name "haberler150125" defined in <references>
is not used in prior text.