Mufide Kadri Hanim (1889/90, Istanbul — 1912-yil , Istanbul) — turk rassomi va bastakori. Turkiyadagi birinchi ayol rassomlardan biri va Usmonli Imperiyasidagi ayollardan birinchi professional sanʼat oʻqituvchisi. U asosan portretlar va figuralar bilan asarlar yaratdi.

Mufide Kadri

Tarjimayi holi

tahrir
 
Avtoportret

U go‘dakligida onasidan ayrilgan va uzoq qarindoshi befarzand Qadri Bey va xotini tomonidan asrab olingan. Unga uyda xususiy repetitorlar dars berib, uning badiiy isteʼdodini kashf etdilar.

Oʻn yoshida rasm chizishga jiddiy kirishgan va Usmon Hamdi Beydan saboq olgan[1]. Soʻngra „Sanayi-i Nefise maktabi“ (hozirgi Mimar Sinon Tasviriy Sanʼat Universitetining bir qismi boʻlgan Tasviriy sanʼat maktabi) asli italiyalik professor Salvatore Valeridan rasm va akvarelda ishlash boʻyicha koʻrsatma oldi. Shuningdek, u pianino, skripka va ud va kemenche kabi anʼanaviy cholgʻu asboblarini chalishni ham oʻrgangan[2].

Hamdi beyning taklifi bilan u bir nechta rasmlarini Myunxendagi koʻrgazmaga yubordi va u yerda oltin medal bilan taqdirlandi[1]. Oradan ko‘p o‘tmay, u Istanbul Qizlar litseyida musiqa o‘qituvchisi bo‘lib, keyinchalik sanʼat va kashtachilikdan dars berishga tayinlangan. Abdulhamid II ning qizi Adile Sultonga saroyda rasm darslaridan saboq bergan[2]. Bu davrda u turli shoirlar soʻzlariga musiqa bastalagan va bir qancha madaniy jurnallarda chop etilgan.

1911-yilda Istanbul opera jamiyati tomonidan oʻtkazilgan yirik koʻrgazmada uchta asarini namoyish qilganidan koʻp oʻtmay, unga sil kasalligi tashxisi qoʻyildi, ammo davolanisb oyoqqa turishi uchun juda kech edi va u keyingi yili shu kasallikdan vafot etdi. Uning vafotidan keyin qirqta surati „Usmonli rassomlar jamiyati“ foydasiga sotildi[2]. Asrab olgan otasi Qadri Bey shu qadar qayg‘uga tushdiki, Makkaga umra qildi va Usmonlilar hukmronligi ag‘darilgach, oʻsha yerda yashadi.

U Karacaahmet qabristoniga dafn qilindi . Uning qabr toshi taniqli xattot va uning hayotini Tanin gazetasida ketma-ket nashr ettirgan Xolide Edip Adıvarning Son Eseri (Soʻnggi ish) romani uchun ilhom manbai boʻldi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Biographical notes @ Forum Gerçek.
  2. 2,0 2,1 2,2 Curriculum Vitae (Wayback Machine saytida 2017-04-09 sanasida arxivlangan) @ the İstanbul Kadın Müzesi.

Havolalar

tahrir