Madir
Madir – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qadimiy qishloqlardan biri. Xonlik davridagi kulolchilik markazlaridan biri. Maydoni 0.12 ming kv km.
Madir | |
---|---|
qishloq | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Viloyat | Xorazm viloyati |
Tuman | Xonqa tumani |
Iqlim turi | keskin kontinental |
Rasmiy til(lar)i | oʻzbek tili |
Konfessiyaviy tarkib | musulmonlar |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 220803[1] |
Avtomobil kodi | 90 |
Etimologiyasi
tahrir„Madir“ soʻzini oʻlkashunoslar forscha „modar“ – „ona“ soʻzidan kelib chiqqanligini va qishloq nomi Navxos, Zenaxos, Pishkanik kabi viloyatdagi qishloq nomlari kabi eroniy atama ekanligini taʼkidlaydilar[2].
Mahalliy aholi esa bu soʻzni „mard“ soʻzining oʻzgargan shakli oʻlaroq talqin etadi. Yana bu soʻz „matir“ soʻzning ham oʻzgargan shakli ekanligi taxmini mavjud. Bu erkaklarning beliga marosimlarda bogʻlanadigan shoyi belbogʻning nomidir.
Istaxriyning yozishicha oʻrta asrlarda Xorazmdagi muhim 6 ta kanal boʻlgan va ularning biri Madra deb nomlangan. Vasiliy Bartold va Yahyo Gʻulomovlarning taxminlariga koʻra bu kanal hozirgi Gʻazovot kanalidir[3].
Joylashuvi
tahrirMadirning janubidan Polvon kanali oqib oʻtadi. Gʻarb tomonida Navxos, sharqida Namuna va Tomadurvadik qishloqlari bilan chegaradosh. Qishloq Xonqa shahrining janubiy qismida joylashgan[2].
Tarixi
tahrirQishloq aholisi avvaldan hunarmandchilik bilan shugʻullanib kelgan. 1912-yilgi rus manbalariga koʻra qishloq aholisining 50%i kambagʻallarni, 35%i oʻrtaxollarni, 15%i boylarni tashkil etgan. Eng yirik yer maydoni vaqf mulklari tasarrufida boʻlgan. 1925—1930-yillar davomida aholidan tortib olingan yerlar negizida „Komsomol“, „Qizil yarim oy“, „Oʻzbekiston“, „Qizil batrak“ kabi kolxozlar tashkil etilgan. 1937—1938-yillarda esa Madirda 20 dan oshiq kishi qatagʻonga uchragan. Ikkinchi jahon urushi davri frontda 60 ga yaqin madirlik vafot etgan.
1926-yilda Madirda Sobir Bobojonov uyida ilk maktab ochilgan. 1928-yili esa hashar yoʻli bilan 6 xonadan iborat maktab binosi qurilgan.
Hududiy boʻlinishi
tahrirQishloq ikki mahalladan iborat. Ular „Doʻstlik“ va „Ilgʻor“ deb nomlanadi. Yana Madir tarixan shakllangan uch elat yaʼni Madir, Qiyot va Shat kabi elatlarga boʻlingan[4].
Aholisi
tahrirAholisi – 10 379 kishi boʻlib, 5 747 nafari „Doʻstlik“da, 4 632 nafari „Ilgʻor“da istiqomat qiladi.
Ijtimoiy soha obyektlari
tahrirBu yerda 1 ta bogʻcha, 4 ta maktab, 3 ta doʻkon, 3 ta qishloq vrachlik punkti, 1 ta toʻyxona va boshqalar aholiga xizmat koʻrsatib kelmoqda (2013). Qishloqda kulolchilik sohasi yaxshi rivojlangan.
Taniqli shaxslari
tahrir- Saur Yusupov – 1877-yil tugʻilgan, sobiq quloq.
Manbalar
tahrir- ↑ „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
- ↑ 2,0 2,1 Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 23.
- ↑ Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 24.
- ↑ Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, ss. 22, 24.
Adabiyotlar
tahrir- Нуржонов, Комилжон; Жуманиёзова, Мамлакат. Хонқа тарихи. “Хоразм” нашриёти. ISBN 978-9943-4488-1-0.