Madison Elle Beer[1] (talaffuzi: Medison El Bir; 5-mart 1999-yilda tugʻilgan[6]) amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavisdir. New Yorkda tugʻilgan Beer 2012-yilning boshlarida turli qoʻshiqchilarning kaverlar versiyalarini ijro etib, ularni YouTubega joylay boshlaydi. Justin Bieber oʻzining Twitter hisobida Beerning kaverlaridan biriga havola beradi, buning ortidan esa Beer ijtimoiy mediada keng yoritildi. U 2013-yili oʻzining ilk ashulasi boʻlmish „Melodies“ni ommaga havola etdi.

Madison Beer

Beer 2019-yilgi „iHeartRadio musiqiy mukofotlari“ taqdirlash marosimida
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Madison Elle Beer[1]
03 (1999) (yoshi 25)
Jericho, New York, AQSh[2]
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Kasbi
Leybl
  • Island
  • First Access
  • Epic
Janr
Hamkorligi K/DA
Faoliyat yillari 2012 – hozirgacha
Veb-sayt madisonbeer.com

2018-yili Beer oʻzining As She Pleases nomli ilk mini-albomini chiqardi. Albom „Dead“ va „Home with You“ singllarini oʻz ichiga olib, ashulalarning ikkisi ham oltin sertifikatini qoʻlga kiritdi. Kelasi yili Beer Epic Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi, keyinchalik esa, yaʼni 2021-yilda ilk studiyaviy albomi — Life Supportni ommaga taqdim etdi. Albom „Selfish“ ashulasi kabi TikTok ilovasida trendga chiqqan bir nechta qoʻshiqlarni oʻz ichiga olib, Beerga oltin sertifikatini olib keldi.[7][8]

Oʻzining yakkaxon artist oʻlaroq ijodidan tashqari, Beer League of Legends videooʻyinidagi virtual musiqiy guruh — K/DA tarkibidagi Evelynn personajiga ovoz berdi. Guruh aʼzosi oʻlaroq umumjahon boʻylab chartlarda yuqori pogʻonalarni band etgan „Pop/Stars“ (2018) va „More“ (2020) singllarini chiqardi. U, shuningdek, Todrick (2015) va RuPaulʻs Drag Race (2020) teleseriallarida hamda Louder Than Words (2013) filmida suratga tushdi.

Beer 2018-yilgi MTV Video Music Awards taqdirlash marosimida

Diskografiyasi tahrir

Turnelari tahrir

  • As She Pleases Tour (2018)
  • Life Support Tour (2021)

Filmografiyasi tahrir

Aktrisa/boshlovchi sifatida tahrir

Yil Nom Rol Izohlar
2013 Louder Than Words Amy Film
2015 Todrick Wendy Qism: „Peter Perry“
2016 Hollywood Medium With Tyler Henry oʻzi Mehmon
2019 Ridiculousness
2020 RuPaulʻs Secret Celebrity Drag Race oʻzi 4-qism; qatnashchi
Coral Fixation
RuPaulʻs Drag Race All Stars Hakam Qism: „Iʻm In Love!“

Ijrochi sifatida tahrir

Yil Nom Qoʻshiq(lar) Izohlar
2020 Live with Kelly and Ryan]' „Selfish“
2021 The Tonight Show Starring Jimmy Fallon „Boyshit“
Life Support Live in Concert Life Supportdan qoʻshiqlar
The Ellen DeGeneres Show „All I Have to Do Is Dream“
„Blue“

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 Kolokathis, Tina „Madison Beer Is Taking Back Her Voice — This Time On Her Own Terms“. Elite Daily (6-avgust 2019-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2019-yil.
  2. Gamboa, Glenn. „LI's Madison Beer wows in hometown debut“. Newsday (20-may 2018-yil). 2019-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 „Madison Beer is Doing As She Pleases, and it's Paying Off“. Paper (2-fevral 2018-yil). — „You've taken this really R&B pop route. What went into formulating it?“. Qaraldi: 26-noyabr 2021-yil.
  4. Blum, Dani „Pitchfork Review“. Pitchfork (26-fevral 2021-yil). Qaraldi: 19-mart 2021-yil.
  5. „Surf Mesa & Madison Beer Reveal Cushy New "Carried Away" Music Video“. The Nocturnal Times (18-mart 2021-yil). — „Madison Beer has proven her musical capabilities across a multitude of genres, including pop, EDM, hip-hop, and R&B.“. Qaraldi: 22-noyabr 2021-yil.
  6. My precious baby turns 21 today — Twitter
  7. „Madison Beer“. Billboard. Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
  8. „Gold & Platinum“ (en). RIAA. Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.

Havolalar tahrir