Magnus Carlsen

Sven Magnus Een Carlsen (norv.: Sven Magnus Øen Carlsen) — norvegiyalik shaxmatchi, shaxmat boʻyicha 16-amaldagi jahon chempioni (2013-yildan buyon). 1990-yilning 30-noyabrida Norvegiyaning Vestfoll guberniyasi, Tyonsberg shahrida dunyoga kelgan
(Magnus Karlsendan yoʻnaltirildi)

Sven Magnus Øen Carlsen (talaffuzi: Sven Magnus Een Karlsen) — norvegiyalik shaxmatchi, shaxmat boʻyicha 16-jahon chempioni (2013—2022). 1990-yilning 30-noyabrida Norvegiyaning Vestfoll guberniyasi, Tyonsberg shahrida dunyoga kelgan.

Magnus Carlsen

FIDE jahon shaxmat chempionati 2019-yil. Magnus Carlsen
Toʻliq ismi Sven Øen Magnus Carlsen
Mamlakat Norvegiya bayrogʻi Norvegiya
Tugʻilishi 30-noyabr 1990-yil (1990-11-30) (33 yosh)
Tyonsberg, Norvegiya
Saravha Grossmeyster (2004)
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2853
Yuqori reytingi 2882 (May 2014, avgust 2019)

Faoliyat

tahrir

Shaxmat boʻyicha 3 ta kategoriyada jahon chempioni: 2013-yildan 2023-yilgacha klassik shaxmat boʻyicha jahon chempioni; 2014-2016[1], 2019, 2022-yillarda rapid boʻyicha jahon chempioni: 2014, 2015, 2017-2019, 2022-yillarda — blits boʻyicha jahon chempioni[2]. Dunyoning eng yosh grossmeysterlaridan biri —2004-yil 26-aprelda 13 yoshligida (oʻsha payt Magnus eng yosh grossmeysterlar roʻyxatida 2-oʻrinda turgan) FIDE reytingida yetakchilik qilgan eng yosh shaxmatchi (19 yoshida) 2013-yil yanvar oyida Elo reytingida tarixdagi eng yuqori (oʻsha vaqt uchun) natijaga erishadi — 2861 punkt[3] . Magnus Garri Kasparov tomonidan 13 yildan buyon egallanib kelayotgan rekordni (2851 punkt) yangilaydi. 2006-yilgi Norvegiya chempioni. Bir qancha katta turnirlarda gʻolib va faxrli oʻrinlar sohibi. 2007 va 2011-yilgi jahon birinchiligining davogarlaridan biri, 2013-yilgi birinchilik gʻolibi. 5 karra Shaxmat Oskari sohibi — 2009-2013-yillarda; bu titulni 4 yoki undan koʻp marotaba qoʻlga kiritgan 3-shaxmatchi (Karpov va Kasparovdan keyin).

Biografiyasi

tahrir
 
Magnus Carlsen tugʻilgan Tyonsberg kasalxonasining koʻrinishi.

Magnusning opasi: Xellen[4];

singillari: Ingrid(t.y.1994) va Signa (t.y. 1996)[5][6]..

5 yoshli Magnusni shaxmat oʻynashga otasi Hanrik Carlsen (Elo reytingida 2100 atrofidagi punktga ega boʻlgan oʻyinchi[4] Xenrik Karlsen[7] , neft kompaniyasi injeneri, mahalliy turnirlar ishtirokchisi) oʻrgatgan. Magnus shaxmat bilan 8 yoshida jiddiy shugʻullana boshlagan: shaxmat haqidagi kitoblarni oʻqigan, mahalliy turnirlarda qatnashgan, har kuni 3—4 soat internetda shaxmat oʻynagan[8].

2003-yilning avgust oyida homiy (Microsoft“ kompaniyasi) Carlsenlar oilasini yillik turga joʻnatishadi. Shu sabab Carlsenning ota-onasi uyni topshirishadi, mashinasini sotishadi. 2004-yilga kelib mutaxassislar uni jahon chempioni boʻlishini bashorat qilishadi[6].

2013-yilda Chennay shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatidagi gʻalabadan soʻng, Magnus, ota-onasidan mustaqil hayot kechira boshlaydi[9].

Qiziqish va xobbilari

Shaxmatdan tashqari futbol, togʻ changʻisi, katta tennis va basketbol sport turlariga qiziqadi. Komikslar oʻqishni yaxshi koʻradi[10].

Sevimli sporti futbol; Real Madrid klubiga muhlislik qiladi, shu klubning oʻyinlarida 2 marotaba ramziy zarba bergan[11].

Reklama faoliyati

Magnus shaxmat bilan bir qatorda modellik bilan ham shugʻullanadi. U reklamadan yiliga 1 mln dollardan koʻproq daromad topadi[4].

Bundan tashqari Magnus shaxmat dasturi — „Play Magnus“ ni reklama qiladi[12].

Oʻyin uslubi va baholanishi

tahrir

Magnus universal oʻyinchi. U asosan mittelshpil va endshpilda kuchli. Debyutni ehtiyotsizlik qilib oʻynagani bilan, partiyaga umumiy nazar tashlasak deyarli mukammal oʻyin olib boradi[13].

Lyuk van Velining fikriga koʻra „Uning kuchi shundaki, boshqalar deyarli xech narsa koʻrmaydigan pozitsiyada u endi oʻynashni boshlaydi“. Raqiblarining rejalarini mohirlik bilan anglab oladi, ularning qachondir xatoga yoʻl qoʻyishiga umidni yoʻqotmaydi[14].

Latviyalik grossmeyster Aleksey Shirovning fikricha, Carlsen yutuqlari tufayli Garri Kasparovnikidan kam boʻlmagan eʼtiborga loyiq[15].

Grossmeyster Yuriy Razuvayevning fikricha, „U (Magnus Carlsen) taktik (uslubiy) jihatdan eng oddiy, lekin pozitsiyaviy mahorati Petrosyan yoki Karpovning darajasida“[10].

Xalqaro grossmeyster Yevgeniy Bareyev fikricha „U oldi shaxmatchilardan odatda durangga rozi boʻladigan partiyalarni tortib oladi. Unda butunlay fenomenal (ajralib turadigan) texnika va qoʻshimchasiga nerv sistemasining mavjud emasligi. Carlsen barcha yoshlar kabi variantlarni juda yaxshi sezadi. Magnus Carlsen — natijalar uchun moʻljallangan shaxmat mashinasi“[10].

Kasparovning bahosiga koʻra

Karlsen — oliy shaxmat ligasiga butunlay yangi avlodning kelishidir. Avlod — va u bu super kuchli kompyuterlar davrida oʻsgan avlodning eng birinchi chempioni. Men oʻynagan paytlar, mening doimiy yoʻldoshlarim eslatmalar uchun qogʻoz kartochkalar va eski kitoblar uyumi boʻlgan. Men axborotlar bazasi va shaxmat kompyuterlari yordamidan foydalanishni o'rganishimga toʻgʻri keldi: mashinalar mening koʻz oʻngimda dastlab yordam beradigan darajada kuchli, keyinchalik shaxmat ustalarini ham yutadigan boʻlishdi. Kompyuterlar zamonaviy oʻlchovlarda Karlsen avlodi shaxmatchilarini biroz robotlarga aylantirib qoʻydi. Carlsen umuman mashina emas — u juda, juda odamiy chempion, agar shunday deyish mumkin boʻlsa[16].

Carlsenni Fischer, Mikhail Tal[6] va kompozitor Motsart bilan taqqoslashgan (Magnusning soʻzlariga koʻra uni dastlab 2004-yilda The Washington Post gazetasi „Shaxmatda Motsart“ deb atashgan[17]).

Sportdagi natijalari

tahrir
 
2008-yil 19-noyabr. Yosh Magnus

Darajalari

  • 2002-yil — FIDE ustasi[8].
  • 2003-yil (Gyousdaldagi turnir. Norvegiya) 12 yosh-u 2 oyligida — xalqaro sport ustasi (Magnus Shimoliy Yevropadagi IM normasini bajargan eng yosh shaxmatchi boʻldi[8][18]
  • 2004-yil 26-aprel (13 yosh-u 4 oy 27 kunligida) — grossmeyster[3].

Mashgʻulotlar jarayoni

2000-yildan boshlab Magnus Xalqaro sport ustasi Torbern Ringdal Xansen (koʻp yillik lider va mamlakat chempioni Simen Agdesteinning shogirdi) qoʻl ostida shugʻullana boshlaydi. 2002-yilga kelib esa Magnusni Simenning oʻzi shugʻullantira boshlaydi. Magnusning soʻzlariga koʻra, turnirlarda unga koʻpincha daniyalik grossmeyster Peter Heine Nielsen yordam bergan[19].

2009-yilning mart oyidan to sentyabrgacha Carlsen Kasparovning qoʻlida yashirincha shugʻullanadi[20], shundan soʻng bir necha oy u bilan ochiq shugʻullanadigan boʻldi. Magnusning soʻzlariga qaraganda, ular bahorda 2 ta tayyorgarlik sessiyasini oʻtkazishgan, keyin avgustda 2 hafta Xorvatiyada shugʻullanishgan, sentabrda bir necha kun mashgʻulotlar oʻtashgan[21]. Kasparov tufayli Magnus butun pozitsiyalar sinfini yaxshi tushuna boshladi, debyut uslubiyatlari ustida ishladi. Yetarlicha miqdordagi hamkorlikdan soʻng (1 yildan oshiq vaqt davomida, jonli va internet tarmoqlari orqali uchrashuvlar) mashgʻulotlar toʻxtatildi.

" Biz Kasparov bilan doʻstona ajralishdik. Hozirgi kun nuqtai nazaridan bizning ajralishimiz toʻgʻri qadam boʻlgan deb hisoblayman"[5]

Kasparovning oʻzi yozishicha:

"Men norvegni (Magnusni) 2009-yil davomida shugʻullantirdim. Va oʻsha paytning oʻzida lol qolgan edim, u shu darajada aniq — ichki sezgi darajasida, xech qanday hisob-kitoblarsiz — shaxmat doskasidagi vaziyatni baholay olishga va maksimal darajada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga qodir edi...[16].

Elo reytingi

 
Elo reytingining oʻzgarish grafigi.

2007-yilning iyulida (16 yosh-u 213 kunlik payti) Magnus 2710 punkt bilan 2700 plankasidan oʻtgan eng yosh shaxmatchi boʻldi[22]. 2008-yilning 5-sentabrda, Bilbaodagi „Katta Dubulgʻa“ finalining 4-turidagi gʻalabasidan soʻng, Magnus, bir qancha muddat norasmiy LiveRating reytingida 1-oʻrinda turadi.

U 2009-yilda reytingini 2801 punktga yetkazadi. 2014-yilning mayida 2882 punkt bilan reytingning absulyut choʻqqisiga erishadi. U bu rekordni biroz kamayishdan soʻng 2019-yil avgustida takrorlaydi[23].

Manbalar

tahrir
  1. Chess-Results Server Chess-results.com — 2022 FIDE World Rapid & Blitz Championship
  2. „Чемпионат мира по рапиду и блицу. Дубай, ОАЭ“. ChessPro. 2014-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
  3. 3,0 3,1 Frederic Friedel. „Chess prodigies and mini-GMs update“ (en). Chess News (2018-yil 8-avgust). 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-dekabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Выше Каспарова“. Новые Известия. 2013-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  5. 5,0 5,1 Евгений Атаров. „Магнус Карлсен: Я немного не вписываюсь в обычные схемы…“. ChessPro. — Интервью. 2012-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 12-dekabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 Роман Василевский. Карлсен, КОТОРЫЙ ЖИВЕТ... В МИРЕ ШАХМАТ // «Русский базар» : газета. — Нью-Йорк, 2007. — 13 sentyabr (№ 36 (594)).
  7. MAGNUS KARLSYeNAndoza:Недоступная ссылка
  8. 8,0 8,1 8,2 Редакция журнала Наука и жизнь. „КАРЛСЕН, КОТОРЫЙ ЖИВЕТ… В НОРВЕГИИ“. 2008-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-aprel.
  9. Владимир Барский. „Магнус КАРЛСЕН: "ХОЧУ ПОБИТЬ РЕКОРД КАСПАРОВА"“. Газета «Спорт-Экспресс» (2014-yil 26-noyabr). 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-yanvar.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Ъ-Огонек - Малыш Карлсен“. 2021-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  11. Halvor Ekeland. „Carlsen skal ta avspark for Real Madrid igjen“ (no) (2014-yil 5-dekabr). 2015-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-yanvar.
  12. „Play Magnus“ (en) (deadlink). Оф. сайт Магнуса Карлсена. 2014-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-yanvar.
  13. „ChessPro. Вейк-ан-Зее. Золотая бутса у Магнуса“. 2013-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-yanvar.
  14. „Загадка Магнуса Карлсена“. 2015-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-oktyabr.
  15. „Алексей Широв: Ставлю достижения Карлсена выше Каспарова“. Советский Спорт. 2013-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-yanvar.
  16. 16,0 16,1 „Г. Каспаров: «Моцарт шахмат стал королём»“. 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 1-dekabr.
  17. Варвары Айрапетян. „Я удивлен энергией армянского народа: Магнус Карлсен“. ARMENPRESS (2012-yil 26-oktyabr). — Интервью. 2012-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-yanvar.
  18. „14-year-old Carlsen with 2792 performance“. Chess News. 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 9-fevral.
  19. „Кубок Мира по Шахматам 2005, Ханты-Мансийск, Россия. Новости:Магнус Карлсен: Буду рад, если когда-нибудь стану чемпионом мира!“. 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 10-yanvar.
  20. „Breaking news: Carlsen and Kasparov join forces“. Chess News. 2011-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-sentyabr.
  21. „Время новостей: N°213, 19 ноября 2009 Магнус Карлсен: Я постоянно на связи с Каспаровым“. 2013-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 29-yanvar.
  22. „Anand tops the July 2007 FIDE ratings“ (en). Chess News. 2012-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-oktyabr.
  23. „Nanjing: Carlsen wins Pearl Spring with 3002 performance“ (en). Chess News. 2013-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-fevral.