Mahdiylik
Mahdiylik — zamona oxir boʻlganda imom Mahdiy yerga qaytib keladi va adolatli tuzum oʻrnatadi deb hisoblaydigan diniy taʼlimot. Bu taʼlimot dastlab shialar oʻrtasida kelib chiqqan, keyinchalik sunniylar orasida ham qisman tarqalgan. Islom mamlakatlarida mahdiylik gʻoyalaridan ayrim davlatga qarshi harakatlarning rahnamolari ham foydalangan. Masalan, Eronda bobiylar qoʻzgʻolonining boshligʻi Ali Muhammad (qarang Bob) va 1881-yilda Sudanda dehqonlar va koʻchmanchilarning isyoniga rahbarlik qilgan Muhammad ibn Ahmad (1848—85) va boshqa oʻzlarini Mahdiy deb eʼlon qilgan[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |