Mahira Khan (urdu: ماہرہ حفیظ خانinglizcha: Mahira Khan. 1984 yil 21-dekabr, Karachi, Pokiston) — pokistonlik aktrisa.

Mahira Khan
[[Fayl:
Mahira Khan. Masala Awards
|200px|alt=]]
Tavalludi 1984-yil 21-dekabr
Karachi
Fuqaroligi Pokiston

Biografiyasi tahrir

Mahira Khan 1984-yil 21-dekabrda Karachi shahrida urdu tilida soʻzlashuvchi pushtun oilasida tugʻilgan. Uning otasi Hofiz Britaniya bosqini davrida Dehlida tugʻilgan va mamlakat boʻlinganidan keyin Pokistonga koʻchib kelgan[1]. Uning ukasi Hasanning kasbi jurnalist[2].

Mahira Khan Karachidagi Jamg'arma jamoat maktabida o'qigan va u yerda o'n olti yoshida o'rta maktab diplomini olgan. 17 yoshida u oliy ma'lumot olish uchun Kaliforniyaga ko'chib o'tdi va u yerda Los-Anjelesdagi Santa Monika kollejida o'qidi[3]. Keyin u bakalavr diplomini olish uchun Janubiy Kaliforniya universitetiga o'qishga kirdi. Biroq u oʻqishni tamomlay olmadi va 2008-yilda Pokistonga qaytdi. Qo'shma Shtatlarda o'qish paytida u Los-Anjelesdagi Rite Aid do'konida kassir bo'lib ishlagan va pollarni tozalash, hojatxonalarni tozalash ishlarini qilgan[4].

Faoliyati tahrir

Mahira Khan o'zining karyerasini MTV Pokistonda jurnalist sifatida boshlagan va haftada uch marta efirga uzatiladigan Most Wanted dasturini olib bordi. Keyin u 2008-yilda Aag TV-ning "Mahira Khan bilan dam olish kunlari" dasturini olib bordi, u yerda videokliplar namoyish etdi, taniqli mehmonlar bilan muloqot qildi va tomoshabinlardan qo'ng'iroqlarni qabul qiluchi bo’lib ishladi.

Mashhurlikning boshlanishi tahrir

2011-yilda Mahira Khan Bol[5][6] filmida daslabki rolini uynadi. Uning qahramoni Oysha, Lahorning eski qismida yashovchi konservativ o'rta sinf oilasidan bo'lgan qiz, u Mustafoga bo'lgan muhabbat bilan musiqaga o'zaro muhabbat qo’ydi. Film tijoriy va tanqidiy muvaffaqiyatga erishdi va Pokiston kinosi tarixidagi eng yuqori daromad keltiruvchi filmlardan biriga aylandi. O'sha yili Mahira Khan "Neeyat" teleserialida ham rol ijro etadi. 2013-yildan 2014-yilgacha u TUC telekanalida “The Lighter Side of Life” dasturini olib bordi va u yerda mahalliy yulduzlardan intervyu olardi. 2017-yil boshida Mahira Khan Bollivuddagi dastlabki rolini Shohruh Xon[7][8][9] ishtirokidagi “Boyish” filmida o’ynagan edi. Film namoyish etilishidan biroz oldin, Hindiston kinofilmlari produserlari uyushmasi (IMPPA) va Hindiston kino produserlari gildiyasi 2016-yilda Uri shahridagi teraktdan keyin yuzaga kelgan keskinlik tufayli Pokistondan aktyorlar, aktrisalar va texniklar ishtirokidagi filmlarni taqiqlashga qaror qilishdi. Mahira Khan bilan bogʻliq sahnalar filmdan olib tashlanadi yoki uning oʻrniga boshqa aktrisa keladi, degan mish-mishlar tarqaldi.[10][11][12][13]. Janjallarga qaramay, film yanvar oyida chiqdi va tijorat muvaffaqiyatiga erishdi. Lekin Mohiraning vatanida ya’ni Pokistonda film taqiqlangan edi[14].

Xuddi shu yili u qo'shiqchi sifatida o'z faoliyatini boshladi. Bundan tashqari, u tez orada Shoaib Mansurning Verna[15] filmidada ko’rinish berdi. U Favad Xon bilan birga Maula Jatt 2 filmida ham suratga tushgan.

Shaxsiy hayot tahrir

Mahira Khan Ali Askari bilan 2006-yilda Los-Anjelesda tanishgan. 2007-yilda u otasining taqiqiga qaramay, islom an'analariga ko'ra turmushga chiqdi[16]. 2009-yilda u o'g'il tug'di va 2015-yilda er-xotin ajrashishdi.

Filmografiya tahrir

Yil Nomi Original nomi Rol
2011 f Bol Ayesha Xan
2011 s Neeyat Aaliya
2011 s Humsafar Xirad Ehsan
2012 s Shehr-e-Zaat Falak
2012 s Sadqay Tumhare Ruxsana "Shanno"
2015 f Bin Roye Saba Shafik
2016 f Ho Mann Jahaan Manizex
2016 f Actor In Law O'zini ismida
20162017 s Bin Roye Saba Shafik
2017 f Raees Asiya
2017 f Verna Сhара
2018 f 7 Din Mohabbat In Nili
2019 f Parey Hut Love Zino
2019 f Superstar Noor
2020 f Maula Jatt 2 Makoo Jattni

Manbalar tahrir

  1. „Mahira Khan celebrating 32nd birthday today“. The News (2016-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  2. „It runs in the family: Mahira Khan And Hassaan Khan“. The Express Tribune (2016-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
  3. „Profile: Mahira Khan“. Newsline (2012-yil 1-mart). Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  4. „Mahira Khan: 7 things to know about Humsafar's pretty Khirad Hussain“. India.com (2014-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  5. „Talking about Bol“. The Express Tribune (2011-yil 23-iyun). Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  6. InpaperMagazine, From. „Final Analysis: What does Bol have to say?“. DAWN (2011-yil 3-iyul). Qaraldi: 2017-yil 10-aprel.
  7. „Your Right To Know“. Daily Times. 2016-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-noyabr.
  8. „Mahira Khan finally jumps on to the 'Raees' promotions bandwagon with Shah Rukh Khan and Nawazuddin Siddiqui“. The Times of India (2017-yil 3-fevral). Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
  9. „'Raees' star Mahira Khan reacts to ban on Pakistani artistes in India“.
  10. IMPPA passes resolution to temporarily ban Pakistani artists in India
  11. „Mahira Khan and SRK secretly shooting for Raees in Dubai?“. Deccan Chronicle (2016-yil 11-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  12. „Mahira Khan won't promote 'Raees', Shah Rukh assures Raj Thackeray“. The News (2016-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
  13. „Pakistani Artistes Ban: Mahira Khan To Promote 'Raees' Via Skype?“ (2017-yil 11-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 11-yanvar.
  14. Raees will not release in Pakistan, says the censor board
  15. „Mahira Khan to sing in film 'Verna'“. The Nation. Qaraldi: 2017-yil 8-aprel.
  16. „Mahira Khan: Lesser known facts about the Pakistani actress“. The Times of India (2016-yil 3-avgust). Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.