Mahmud ibn Zayd Lomishiy (arabcha: محمود بن زيد اللا مشي — Mahmud ibn Zayd Lomishiy — Toʻliq ismi: Abulmahomid (Abu Sana) Mahmud ibn Zayd Badriddin Lomishiy (1049-1128)) — Mutakallim va faqih.

Mahmud ibn Zayd Lomishiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih

Hayoti va faoliyati

tahrir

Mahmud ibn Zayd Lomishiy hanafiy mazhabi bo‘yicha yirik mutakallim va faqih sifatida tanilgan bo‘lib, Farg‘onaning „Lomish“ qishlog‘ida tavallud topgan. Garchand uning hayotiga doir maʼlumotlar kam bo‘lsada, lekin alloma qalamiga mansub ikki muhim asari haqida maʼlumotlar mavjud. Uning ikkita asari bo‘lib, biri — ilohiyot masalalariga bag‘ishlangan „Kitobu-t-tamhid li qovaidi-t-tavhid“ („Tavhid qoidalari-ga doir qo‘llanma kitob“), ikkinchisi esa „Usulu-l-Lomishiy“ nomi bilan mashhur fiqh (islom qonunshunosligi) asoslari haqidagi „Kitob fi usuli-l-fiqh“ nomli asaridir. Mazkur asar 1995-yilda Livanning poytaxti Bayrutdagi „Doru-l-g‘arbi-l-islomiy“ matbaasida chop etilgan. Mahmud ibn Zayd Lomishiyning „Kitobu-t-tamhid li qovaidi-t-tavhid“ asari ahli sunna val jamoa aqidasining qonun-qoidalarini g‘oyatda ommabop va yengil uslubda sharhlab tushuntiradigan o‘ta muhim qoʻllanmadir. Kengroq maʼnoda aytiladigan bo‘lsa, u ilohiyot ilmiga oid dolzarb masalalardan bahs yuritadigan qimmatli asarlardan biri hisoblanadi. Birgina, fiqh bo‘yicha fundamental asari „Usulu-l-Lomishiy“ deb atalgani, nom qozonganining o‘zi, bu alloma, mutafakkirning zabardast, taniqli islom fiqh va ehtimolki, kalom ilmi bo‘yicha ham mashhur bo‘lganligidan darak bera oladi. Zero, mazkur asariga yozilgan birgina „Muqaddima“ning o‘zi 40 varaq, yaʼni, kamida 80-100 sahifalik qismining bizgacha yetib kelganligiga qaraganda, bu kitobning kamida ko‘p jildli bo‘lganligi, katta ilmiy va o‘ta jiddiy muammolarga bag‘ishlanganligiga ishora qiladi.[1]

Asarlari

tahrir
  • Kitobu-t-tamhid li qovai-di-t-tavhid
  • Kitob fi usuli-l-fiqh“ („Usulu-l-Lomishiy“)

Manbalar

tahrir
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 353.