Malay yoʻlbarsi
Malay yoʻlbarsi[1] – yoʻlbarslarning Panthera tigris tigris kenja turi populyatsiyaslaridan biri boʻlib, faqat Malay yarim orolining janubiy (Malayziya) qismida yashaydi. 2004-yildan yarim orolning bu qismidagi yoʻlbars populyatsiyasini alohida kenja tur sifatida kiritishga harakat qilinib, 2017-yilgi tadqiqot bilan tasdiqlangan. 2004-yilgacha ushbu tur Hindixitoy yoʻlbarsi turiga mansub deb hisoblangan[2].
Malay yoʻlbarsi | ||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||
Panthera tigris jacksoni | ||||||||||||||||||
Tashqi koʻrinishi
tahrirMalay yoʻlbarsi – yoʻlbars kenja turlari ichida eng kichigi. Uning rangi va chiziqlari Hindxitoy yoʻlbarsiga juda oʻxshash, lekin jussasi Sumatra yoʻlbarsiga yaqinroq. Erkaklarining vazni 120 kg, urgʻochilar – 100 kg gacha yetadi. Erkak yoʻlbarslarning uzunligi 237 sm gacha, urgʻochilariniki esa 203 sm gacha boradi[2].
Yashash tarzi
tahrirMalay yoʻlbarslari sambar bugʻusi, yovvoyi choʻchqa va boshqa tuyoqli hayvonlarni, shuningdek Malay ayigʻini ovlaydi. Baʼzida Malay tapiri kabi kam uchraydigan oʻlalarni ham ovlashi mumkin, ammo bunday oʻlja, juda kamdan-kam hollarda ushlanadi. Erkaklari odatda 100 km² gacha boʻlgan hududni egallaydi, bu yerda odatda bir vaqtning oʻzida 6 tagacha urgʻochi birga yashaydi.
IUCN 2014-yil taksoniga butunlay yoʻq boʻlib ketish arafasida (CR) maqomini bergan, chunki 2013-yildagi roʻyxatga olish jarayonida 250-340 yoʻlbars mavjudligi koʻrsatilgan.
Geraldikada tasvirlanishi
tahrirMalay yoʻlbarsi Malayziyaning milliy ramzidir[3], u davlat gerbida, turli davlat idoralarining timsollarida (masalan, Malayziya banki), armiya boʻlinmalari va maxsus kuchlarning emblemalarida va boshqalarda tasvirlangan.
-
21-maxsus guruh emblemasi
(Gerak Xas guruhi)
Manbalar
tahrir- ↑ Felids and Hyenas of the World: Wildcats, Panthers, Lynx, Pumas, Ocelots, Caracals, and Relatives.
- ↑ 2,0 2,1 „Малайский тигр. Фото, описание, ареал, питание, враги“ (ru). wildfauna.ru. 2020-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.
- ↑ „Малайский тигр, описание, фото“. www.tepid.ru. 2021-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-aprel.