Malcolm Todd (1939-yil 27-noyabr – 2013-yil 6-iyun) – ingliz arxeologi. Angliyaning Durham shahrida, konchi oilasida tavallud topgan. Todd Oksforddagi Sent-Devid kolleji, Lampeter va Brasenose kollejida klassik arxeologiya boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik Nottingem va Ekseter universitetlarida oʻqituvchi va professor sifatida faoliyat yuritgan. Bu vaqt ichida Todd Rim Britaniyasida muhim qazishmalar olib borgan. Keyinchalik, Durhamdagi Trevelyan kollejiga direktor etib tayinlangan. Todd 2000-yilda Durhamdan nafaqaga chiqib, oʻzini tadqiqotlar va yozuvchilikka bagʻishlagan. Migratsiya davridagi Rim Britaniyasi va german xalqlari arxeologiyasiga oid bir qancha asarlar muallifi va muharriri ham boʻlgan.

Hayoti

tahrir

Malcolm Todd 1939-yil 27-noyabrda Angliyaning Durham shahrida Wilfrid Todd va Rose Evelyn Jonsonlar oilasida tavallud topgan[1][2]. Durhamning otasi konchilik va dehqonchilik jamoasidan boʻlgan[3].

Taʼlim

tahrir

Todd Hartlepool gimnaziyaga oʻqish uchun yuborilgan. Oʻgʻlini konchi boʻlishini istamagan otasining daldasi bilan 1963-yilda Lampeterdagi Sent-Devid kollejida klassika boʻyicha bakalavr (BA) darajasini hamda Oksforddagi Brasenose kollejida klassik arxeologiya boʻyicha diplom olgan. Oksforddagi oʻqituvchilari orasida Ian Richmond ham boʻlgan[3].

Faoliyati

tahrir

Oʻqish davrida Todd Rim imperiyasining Reyn provinsiyalari arxeologiyasiga qattiq qiziqib qolgan va 1963-yildan 1965-yilgacha Harald fon Petrikovits qoʻl ostida Bonn Rheinisches Landesmuseumda ilmiy xodim boʻlib faoliyat yuritgan[3][4]. Todd 1964-yil 2-sentyabrda Molli Tanner bilan turmush qurgan, u bilan bir qiz va bir oʻgʻil boʻlgan[2].

Exeter universitetidagi faoliyati (1979–1996)

tahrir
 
Todd ilgari tan olinmagan Rim ishgʻolini ochib bergan Hemberdagi tepalik ichidagi qal’alar

1979-yilda Todd Exeter universitetining arxeologiya professori etib tayinlangan[3]. Exeterda Todd Rim imperiyasi va migratsiya davri arxeologiyasi, erta Yevropadagi urbanizm va Rim imperiyasi, varvarlar oʻrtasidagi munosabatlarga oid izlanishlar olib borgan[5]. Shu bilan birga Todd Mendipsda qoʻrgʻoshinni qazib olishni tadqiq qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Todd, Prof. Malcolm“. Who's Who. DOI:10.1093/ww/9780199540884.013.U37804. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 „Malcolm Todd“. Contemporary Authors. Gale (2002-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Professor Malcolm Todd“. The Times (2013-yil 18-iyul), s. 48. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  4. „Prof Malcolm Todd“. Debrett's People of Today. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.
  5. „Malcolm Todd“. University of Exeter. 2012-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-sentyabr.