Germanlar
Germanlar — mil. av. 1-asrda Shim. va Boltiq dengizlari oraligʻida, Reyn, Dunay, Visla daryolari boʻylarida va Jan. Skandinaviyada yashovchi, hindevropa til guruhiga mansub qad. qabilalar. Germanlar urugʻchilik tuzumida yashagan, mil. 1-asrda bu tuzum yemirila boshlagan. Germanlar 4— 6-asrlarda Xalqlarning buyuk koʻchishida asosiy rol oʻynagan, Gʻarbiy Rim imperiyasining koʻp qismini bosib olgan va bir qancha qirolliklar —vestgotlar vandallar, ostgotlar, burgundlar, franklar, langobardlar kabi qirolliklarni tuzgan. Germanlar hozirgi kator Gʻarbiy Yevropa xalqlari: nemislar, gollandlar, flamandlar, danlar, shvedlar, norveglar va b. etnogenezining asosini tashkil etadi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |