Manija
Manija Dalerovna Sangin (Hamrayeva; 1991-yil 8-iyul, Dushanbe), Manija nomi bilan tanilgan – rus qoʻshiqchisi, musiqachi, qoʻshiq muallifi, musiqiy videokliplar rejissyori, oiladagi zoʻravonlikka qarshi kurash sohasidagi jamoat arbobi[1]. „Yevrovidenie-2021“ xalqaro qoʻshiq tanlovi ishtirokchisi, „Podi jizn“ xayriya jamgʻarmasi elchisi (2019-yil dekabrdan)[2], BMT Qochqinlar ishlari boʻyicha agentligining birinchi Rossiyalik xayrihoh elchisi (2020-yil dekabrdan)[3].
Manija Мани́жа Дале́ровна Санги́н | |
---|---|
Tavalludi |
Манижа Далеровна Хамраева 8-iyul 1991-yil |
Janrlar | hip hop, pop, pop rok, soul |
Kasbi | qoʻshiqchi, qoʻshiq muallifi |
Faoliyat yillari | 2003-hozirgacha |
Guruhlari | Krip De Shin |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayt | https://manizha.art/ |
Perviy kanalning jonli efirida oʻtkazilgan dasturda tomoshabinlar SMS-ovoz berish natijalariga koʻra, Rotterdamda boʻlib oʻtgan 65-Xalqaro „Yevrovidenie-2021“ qoʻshiq tanlovida „Rusian Women“ qoʻshigʻi bilan Rossiyani himoya qildi va finalda 9-oʻrinni egalladi[4][5],
Hayoti
tahrirBobosi Toji Usmonov tojik yozuvchisi va jurnalisti boʻlib, Xoʻjanddagi koʻcha uning nomi bilan atalgan va yodgorlik oʻrnatilgan[6]. Katta buvisi Oʻrta Osiyoda paranjisini yechib, ishlashini eʼlon qilgan birinchi ayollardan biri boʻlgan[7][8]. Shu munosabat bilan katta buvisining bolalari tortib olingan. Onasi Najiba Usmonova birinchi maʼlumoti boʻyicha yadro fizigi, ikkinchisi boʻyicha psixolog, oʻzining Modardesigns kiyim dizayni firmasiga ega[9]. U Manija jamoasining kostyumlarini tikadi va videolarni yaratishda yordam beradi. Manijaning ota-onasi ajrashgan. Otasi shifokor boʻlib, qizining tanloviga xavotir bilan qaragan: „Men musulmon oilasida tugʻilganman, u yerda ayol kishi biror narsa qilishi umuman qabul qilinmagan, qoʻshiqchi boʻlish esa umuman sharmandalikdir“. Buvisi psixiatr. Aynan u Manijaga ishondi va musiqa bilan shugʻullanishi kerakligini aytdi[10]. Sangin familiyasini buvisidan olgan. Manijaning besh aka-uka va opa-singillari bor. Opa-singillardan biri Munisa Usmonova Rossiya televideniyesida „Perviy kanal“ muxbiri.
1994-yilda Tojikiston fuqarolar urushi paytida oilaning uyiga snaryad tushdi. Manija oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtdi, u yerda keyinchalik musiqa maktabida pianino sinfida tahsil oldi. Bir yildan soʻng universitetni tark etdi va xususiy vokal oʻqituvchilari bilan shugʻullana boshladi[11]. 14 yoshida Rossiya fuqaroligini oldi [12][13]. Moskvadagi Rossiya davlat gumanitar universitetining psixologiya fakultetini tamomlagan.
Diskografiyasi
tahrirAlbomlari
tahrirAlbomlari | Sessiya ishtiroki | |||||
---|---|---|---|---|---|---|
RuKola | Prenebregayu | Veter Entertainment | 2008 | Assai | OM | 2011 |
Krip De Shin | Krip De Shin | 2012 | Andrey Samsonov va Laska Omnia | Celestial | 2013 | |
Manizha | Manuscript | The Orchard (New York, USA) | 2017 | Mixail Mishenko | Core | 2014 |
Manizha | YaIAM | 2018 | ||||
Manizha | Womanizha (EP) | 2019 | ||||
Manizha | Russian Woman Show feat. Kiril Rixter
& OpensoundOrchestra (Live, EP) |
2021 |
Mukofotlari
tahrirYil | Premiya | Nominatsiya | Natija | Eslatma |
---|---|---|---|---|
2020 | MTV Europe Music Awards | Luchshiy rossiyskiy ispolnitel | Nominatsiya | [14] |
Manbalar
tahrir- ↑ „«Первый канал» назвал представителя России на «Евровидении-2021»“ (ru). РБК (2021-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „У фонда «Подари жизнь» появились амбассадоры“ (ru). Официальный сайт негосударственного благотворительного фонда «Подари жизнь» (Россия, Москва) // podari-zhizn.ru (2019-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ „Музыкант Манижа стала первым российским послом доброй воли Агентства ООН по делам беженцев“ (ru). Официальный сайт Агентства ООН по делам беженцев (2020-yil 14-dekabr). 2021-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
- ↑ „Manizha. «Russian Woman». Евровидение 2021: национальный отбор. Фрагмент выпуска от 08.03.2021“ (ru). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ Новости, Р. И. А. „Певица Manizha представит Россию на Евровидении-2021“ (ru). РИА Новости (8-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „Манижа Сангин: Вся моя жизнь — это арт-проект моей мамы“ (ru). Новости Таджикистана ASIA-Plus. 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
- ↑ Михаил Рубцов. „Певица Манижа: «Моя прабабушка скинула паранджу и заявила, что будет работать»“ (ru). Леди Mail.ru. 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
- ↑ „За ЛГБТ и против домашнего насилия: чем известна Манижа, выдвинутая Россией на "Евровидение"“ (ru). BBC News Русская служба (2021-yil 9-mart). 2021-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
- ↑ Михаил Стацюк.. „Манижа Сангин: «Сейчас невозможно стать знаменитым, используя только один свой талант»“. Собака.ru. 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Manizha: С 15-секундных роликов в Instagram началась моя новая жизнь“ (ru). PEOPLETALK (2017-yil 19-may). 2018-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
- ↑ Инна Логунова. „Музыка: Манижа и ее дебютный Manuscipt. Интервью с восходящей звездой“. Posta-Magazine.ru. 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-dekabr.
- ↑ „За ЛГБТ и против домашнего насилия: чем известна Манижа, выдвинутая Россией на конкурс "Евровидение"“ (ru). BBC News Русская служба. Qaraldi: 2024-yil 6-oktyabr.
- ↑ „«Я не принадлежу ни одной земле»“. 2021-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Рэпер Niletto получил награду MTV как лучший исполнитель года в России — Газета.Ru“. 2021-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-fevral.