Mansur Masharipov

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi sobiq raisi

Mansur Mahmudovich Masharipov (Mansur Masharipov) (1983-yil 3-avgust; Xiva shahri, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston) — Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi sobiq raisi[1]. Koʻp yillar yoshlar bilan bogʻliq tashkilotlarda ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i (2017—2022) lavozimida faoliyat yuritgan.

Mansur Masharipov
Mansur Mahmudovich Masharipov
 Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi
Mansab davri
2017-yil – 2020-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Lavozim joriy etilgan
 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
Mansab davri
2020-yil – 2021-yil
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim joriy etilgan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Mansur Masharipov

3-avgust 1983-yil (1983-08-03) (40 yosh)
Xiva shahri
Xorazm viloyati
Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati oʻzbek
Istiqomat joy(lar)i Toshkent
Oʻzbekiston
Taʼlim Bakalvriat: Urganch davlat universiteti
Magistratura: Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
Dini islom
Maʼlumoti oliy

Biografiyasi tahrir

Mansur Masharipov 1983-yil 3-avgustda Xorazm viloyati Xiva shahrida tavallud topgan.

2007-yilda Urganch davlat universitetini tugatib, 2007—2009-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida magistrlik darajasini olgan. Ish faoliyatini Urganch davlat universiteti oʻqituvchisi sifatida boshlagan Mansur Masharipov keyinchalik Kamolot yoshlar ijtimoiy harakatida turli lavozimlarda davom ettirdi. Yoshlar va ularning qiziqishlarini roʻyobga chiqarish uchun bir qator ishlarni amalga oshirgan. 2021-yil 15-avgust kuni jigar xastaligidan 38 yoshida vafot etdi.[2]

Mehnat faoliyati tahrir

  • 2003-2007 — Urganch davlat universiteti talabasi.
  • 2007-2009 — Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti magistranti.
  • 2009-2010 — Urganch davlat universiteti tabiatshunoslik fakulteti „Barqaror taraqqiyot va ekologik taʼlim“ yo‘nalishi o‘qituvchisi.
  • 2010-2011 — O‘zbekiston „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyat Kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘limi mudiri.
  • 2011-2013 — O‘zbekiston „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Urganch shahar Kengashi raisi.
  • 2013-2015 — O‘zbekiston „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Xorazm viloyat Kengashi raisi.
  • 2015-2017 — O‘zbekiston „Kamolot“ yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi Maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar bo‘limi mudiri.
  • 2017-2020 — O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi.
  • 2020-2021 — O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati Besh tashabbus loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i.

Manbalar tahrir