Maps of Meaning: The Architecture of Belief (tarjimasi „Maʼno Xaritalari: Eʼtiqod Arxitekturasi“) — kanadalik psixolog Jordan B. Peterson tomonidan 1999-yilda yozilgan kitob boʻlib, unda insonlarning qanday qilib maʼno yaratishlari haqida, qanday qilib narsalarga maʼno yuklashlari haqida maʼlumot keltiriladi. Kitobga keltirilishicha, insonlarning bu yoʻsinda maʼno yaratishlari miya ishlash tamoyillari bilan mosdir.[1] Kitobda „eʼtiqod tizimlari strukturasi va oʻsha tizimlarning inson hissiyotlarini tartibga solishi“[2] tahlil qilinadi va unda „koʻplab akademik sohalardagi adabiyotlardan foydalanilgan holda fan bilan mif hamda eʼtiqodlarni bogʻlash insonlarning qanday qilib maʼno va mazmun yaratishlarini toʻliq tushunish uchun muhimligi taʼkidlanadi“.[3]

Ma'no xaritalari: E'tiqod arxitekturasi
Fayl:Maps of Meaning The Architecture of Belief book cover.jpg
Asl nomi Maps of Meaning: The Architecture of Belief
Muallif(lar) Jordan B. Peterson
Mamlakat Kanada
Til inglizcha
Janr(lar)i Psixologiya
Nashr etilgan sanasi 1999-yil
Nashriyot Routledge
Sahifalar soni 564
ISBN 978-0415922227

Mazmuni tahrir

Pitersonning fikricha, uning kitobni yozishdan asosiy maqsadi nega individlar va ijtimoiy guruhlarning bir-biri bilan ijtimoiy nizoga kirishishlarini aniqlash va individlarning oʻz eʼtiqodlarini himoya qilish yoʻlida fikrlash tarzlarini va motivlarini ochib berish boʻlgan. Kitob insonlarning Gulag, Holokost va Ruanda genotsidi kabi vahshiyliklarni sodir etishlariga sabablarni topishga harakat qiladi.[4] Uning fikricha „dunyo diniy tizimlari axloqimizdagi eng muhim jihatlarni ajratib berishga va nihoyada universal axloq tizimini ishlab chiqish imkonini beradi“.[4]

Pitersonning fikricha, inson tafakkurida olamdagi xaos (nomaʼlumlik, yaʼni tabiat) va tartib (ochilgan, xaritalashtirilgan hudud xususiyati, yaʼni madaniyat) orasidagi kurash aks etadi. Insonlar oʻzlaridagi mavhum mushohada yuritish qobiliyatlari bilan mavhum ong sohalarini xaritalashtirishadi va „hissiyotlarimizni tartibga soluvchi“ eʼtiqod tizimlarini yaratishadi. Insondagi muhim eʼtiqod tizimlariga boʻluvchi tahdid insonlarda unga qarshi hissiy reaksiyalarni vujudga keltiradi va bu insonlarni ichki (oʻz eʼtiqod tizimlaridagi) xaosga yuzlanishdan iborat patologik urinishlarga majbur qiladi. Xaos (tartibsizlik) va Kosmos (Madaniyat, Tartib) tamoyillari orasidagi vositachi tamoyil bu Logos (Ong) tamoyili boʻlib, miflar va afsonalardagi qahramonlar va qahramonlik koʻrsatuvchi shaxslar mazkur ikki bir biriga qarshi kuchlar orasida vositachilik qilib, madaniyat jamiyatga asos soluvchi shaxslardir.[1] Mazkur maʼnoda, „miflar adabiy nomaʼlumlik, maʼlumlik va biluvchini“ oʻzida aks ettiradi va bunda „biluvchi“ xuddi Avliyo Jorj kabi „xaos ajdarini boshini oluvchi“ va natijada „individuallik shaklidagi balogʻatga yetuvchi“ qahramon hisoblanadi.[5] Kitobda, shuningdek, Piterson miyaning qanday faoliyat yuritishi haqida ham toʻxtalib oʻtadi va buni tushuntirishda tafsilotlarga boy geometrik diagrammalardan foydalanadi (misol uchun „Shaxsiyat, Hudud va Jarayon sifatidagi Tajribaning Tarkibiy Qismlari“).[6]

Strukturasi

Bob Bob nomi Paragraf nomi Mavzu
1 Maps of Experience Object and Meaning
2 Maps of Meaning Three Levels of Analysis
Normal and Revolutionary Life: Two Prosaic Stories Normal Life
Revolutionary Life
Neuropsychological Function: The Nature of the Mind The Valence of Things
Unexplored Territory: Phenomenology and Neuropsychology
Exploration: Phenomenology and Neuropsychology
Explored Territory: Phenomenology and Neuropsychology
Mythological Representation: The Constituent Elements of Experience Introduction
The Enuma Elish: A Comprehensive Exemplar of Narrative Categorization
The Dragon of Primordial Chaos
The Great Mother: Images of the Unknown, or Unexplored Territory
The Divine Son: Images of the Knower, the Exploratory Process
The Great Father: Images of the Known, or Explored Territory
3 Apprenticeship and Enculturation Adoption of a Shared Map
4 The Appearance of Anomaly Particular Forms of Anomaly: The Strange, The Stranger, The Strange Idea and The Revolutionary Hero The Strange
The Stranger
The Strange Idea
The Revolutionary Hero
The Rise of Self-Reference, and the Permanent Contamination of Anomaly with Death
5 The Hostile Brothers Archetypes of Response to the Unknown
Introduction: The Hero and the Adversary
The Adversary: Emergence, Development and Representation
The Adversary in Action: Voluntary Degradation of the Map of Meaning
Heroic Adaptation: Voluntary Reconstruction of the Map of Meaning The Creative Illness and the Hero
The Alchemical Procedure and the Philosopher's Stone
Conclusion Introduction
The Divinity of Interest

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 arxiv nusxasi, 2017-03-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-09-20
  2. https://books.google.com/books?id=bZioQ3X6cQcC
  3. https://books.google.com/books?id=yKgDDQAAQBAJ
  4. 4,0 4,1 https://www.scribd.com/doc/276984986/Summary-and-Guide-to-Maps-of-Meaning-The-Architecture-of-Belief-by-Jordan-Peterson
  5. https://ajp.psychiatryonline.org/doi/10.1176/appi.ajp.157.2.299-a
  6. https://www.newyorker.com/magazine/2018/03/05/jordan-petersons-gospel-of-masculinity