Mari viloyati — Turkmanistondagi viloyat. 1970 yil 14 dekabrda tashkil etilgan (dastlab 1939-yil 21 noyabrda tashkil etilib. 1963-yil 10-yanvarda tugatilgan edi). Gʻarbdan Axal, shim. va shim,-sharkdan Lebap viloyatlari. jan. va jan.-sharkdan Eron va Afgʻoniston bilan chegaradosh. Maydoni 86,8 ming km². Aholisi 1146,8 ming kishi (1995). 10 tuman, 4 shahar, 18 shaharcha bor.

Mari viloyati

Mary welaýaty
viloyat
37°0′0″N 62°0′0″E / 37.00000°N 62.00000°E / 37.00000; 62.00000
Mamlakat Turkmaniston
Hukumat
Asos solingan 1992
Maydon [convert: invalid number]
Rasmiy til(lar)i Turkman tili
Aholisi
 (2005)
1 480 400
Zichligi 16,99 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +993 3522
Mari viloyati xaritada
Mari viloyati
Mari viloyati


Aholisi, asosan, turkmanlar, shuningdek, oʻzbek, rus, qozoq, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 9,9 kishi. Shaharlari: Mari, Bayramali, Yoʻloʻtan, Sarhadobod.

Mari viloyati sanoat korxonalari, asosan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Mari, Bayramali, Yoʻloʻtan, Xonhovuz, Murgʻobda paxta, jun va teriga dastlabki ishlov berish korxonalari bor. Jun va paxta yigiriladi, adyol, choyshablar ishlab chiqariladi. Oziqovqat sanoati korxonalarida paxta yogʻi, sovun, goʻsht va sut mahsulotlari, sabzavot va meva konservalari, vino tayyorlanadi. Marida mashxur takaturkman gilamlari toʻqiladi. Mari mashinasozlik z-dida ishlab chikarilayotgan neft nasoslari chet mamlakatlarga ham eksport qilinadi. Gaz sanoati rivojlangan. Tabiiy gaz asosiy energetika yoqilgʻisi va kimyoviy xom ashyo boʻlib qolmoqda. Respublikadagi ekin maydonlarining deyarli 50% Mari viloyatidadir. Qishloq xoʻjaligida asosiy ekin paxta hisoblanadi, shuningdek, don, sabzavot va poliz, yem-xashak ekinlari ham ekiladi. Chorvachilik rivojlangan, qorakoʻl teri, jun, pilla tayyorlanadi. Mari shahri yonida axaltaka ot zoti yetishtiriladi. Viloyat respublikaning asosiy asalarichilik rayonidir.

Avialiniyalar Marini Ashxobod, Turkmanobod, Otamurot, Saraxs bilan boglaydi. Mari viloyatida umumiy taʼlim, musiqa, kasb-xunar maktablari, madaniyat saroyi, kutubxona, madaniyat uylari, ped., tibbiyot, veterinariya bilim yurtlari, Turkman drama teatri, tarix muzeyi bor. 1938-yildan Mari viloyati gazetasi chikariladi. Kasalxona, poliklinika, feldsher-akusherlik punktlari ishlab turibdi. Bayramalida buyrak kasalliklarini davolaydigan iqlimiy kurort faoliyat koʻrsatadi.[1]

Mari viloyati (turkmancha: Mary welaýaty) - Turkmanistondagi viloyat. 1922-yilda asos solingan.

Tarixi

tahrir

Geografiyasi

tahrir

Mari viloyati choʻl zonasida, Murgʻob va Tajan daryolari havzasida joylashgan. Shim. qismi Qoraqum choʻliga tutashgan. Markazi Murgʻob va Tajan daryolari deltalarining yotqiziqlaridan tarkib topgan. Qum gilli tekislik. Foydali qazilmalardan tabiiy gaz, qurilish materiallari (qum, gil, ohaktosh, mergel), osh tuzi bor. Iqlimi keskin kontinental, qurgʻoqchil. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 28°, 32°, yanvar niki —2", 4°. Yillik yogʻin miqdori 100–300 mm. Vegetatsiya davri 210—250 kun. Vaqt-vaqti bilan jan .dan afgʻon shamoli esadi va kuchli chang-toʻzon koʻtariladi. Viloyat hududi xoʻjaliklari suvni Qoraqum kanali, Murgob va Tajan daryolari va shu daryolarda qurilgan suv om-borlaridan oladi. Choʻl rayonlarida artezian suvlariaan foydalaniladi. Tuproqlari oʻtloqi, oʻtloqitaqir, baʼzi joylarda shoʻrxok, boʻz, qum tuproklar. Yovvoyi oʻsimliklardan sakso-vul, cherkez, qandim, qum qiyogʻi, qoʻngʻirbosh, pista, toʻqay oʻsimliklari, qoʻgʻa va boshqa oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan jayran, arhar, qulon, bezoar echkisi, qoplon, sirtlon, asalxoʻr, ech-kemar, kapcha ilon va boshqa turli xil kemiruvchilar, sudraluvchilar bor. Choʻl tabiati va hayvonot olamini qoʻriqlash, pistazorlarni saqlash maqsadida Bodxiz qoʻrikxonasi tashkil qilingan.

Hududiy boʻlinishi

tahrir

2022-yil 9-noyabr holatiga koʻra, Mari viloyati tarkibiga 9 tuman (turkmacha:etrapy; etraplar (koʻplikda)) va 2 ta shahar, 14 ta shaharcha, 143 ta qishloq yoki qishloq kengashi va 329 ta qishloq kiradi[2][3][4]:

Shaharlari

tahrir

Tumanlari

tahrir
  1. Bayramali tumani — markazi Bayramali shahri;
  2. Qoraqum tumani — markazi Yagtiyoʻl shaharchasi;
  3. Mari tumani — markazi Mari shahri;
  4. Murgʻob tumani — markazi Murgʻob shahri;
  5. Sakarchaga tumani — markazi Sakarchaga shahri;
  6. Taxtabozor tumani — markazi Taxtabozor shahri;
  7. Turkmanqal’a tumani — markazi Turkmanqal’a shahri;
  8. Vakilbozor tumani — markazi Mullanafas nomidagi shaharcha;
  9. Yoʻloʻtan tumani — markazi Yoʻloʻtan shahri.

Turkmaniston parlamentining 2022-yil 9-noyabrdagi qaroriga asosan, Oʻgʻuzxon va Sarhadobod tumanlari tugatilib, ularning hududi boshqa tumanlarga qoʻshib yuborilgan[2].

Eslatma

tahrir

Manbalar

tahrir


  Turkmaniston viloyatlari  

Ahal viloyati | Bolqon viloyati | Toshoʻgʻuz viloyati | Lebap viloyati | Mari viloyati |

Viloyatlarni boshqaruvchi shahar - Ashxabod

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 „Постановление Меджлиса Милли Генгеша Туркменистана“ (ru). Электронная газета «Золотой век» (2022-yil 10-noyabr).
  3. Türkmenistanyň Mejlisi „Türkmenistanyň dolandyryş-çäk birlikleriniň Sanawy“, . Türkmenistanyş Mejlisiniň Karary, 2010–2018.  This document is reproduced online at https://wiki.openstreetmap.org/wiki/Districts_in_Turkmenistan.
  4. „Административно-территориальное деление Туркменистана по регионам по состоянию на 1 января 2017 года“. 2018-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-iyul.