Mario Mandžukić
Mario Mandžukić (talaffuzi: Mario Manjukich; 1986-yil 21-mayda Xorvatiyada tugʻilgan) – xorvatiyalik futbol murabbiyi, avval hujumchi sifatida oʻynagan. Hozirda Xorvatiya terma jamoasida Zlatko Dalićning yordamchisi hisoblanadi[3][4][5].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Mario Mandžukić[1] | ||
Tavallud sanasi | 21-may 1986-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Slavonski Brod, Xorvatiya, Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.90 m[2] | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Xorvatiya (assistent murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1992—1996 | TSF Ditzingen | ||
1996—2003 | Marsonia | ||
2003—2004 | Željezničar Slavonski Brod |
Xalqaro faoliyati
tahrir2007—2008-yilgi mavsumda „Dinamo“ futbol klubining Chempionlar ligasi va UEFA kubogidagi oʻyinlaridagi bir qator muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng Mario Mandžukić Xorvatiya terma jamoasiga chaqiruv olgan. Shu tariqa futbolchi Makedoniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda debyut qilgan[6]. 2008-yilning 10-sentyabr kuni 2010-yilgi Jahon chempionati saralashida Angliyaga 4:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda birinchi xalqaro golini urgan[7].
Mandjukichning terma jamoadagi taʼsiri EURO-2012 turnirining saralash bosqichida kuchaygan. Uning jamoadagi ilk goli 2011-yil iyun oyida Poljud stadionida Gruziyaga qarshi oʻyinda boʻlib, futbolchi bu bahsda hisobni tenglashtirgan edi. Latviya terma jamoasiga qarshi saralash turnirining soʻnggi oʻyinida u yana bir gol urgan. Xorvatiya oʻz guruhida ikkinchi oʻrinni egallagani uchun EURO-2012 pley-off bosqichida Turkiya bilan toʻqnash kelishi kerak edi. Istanbulda boʻlib oʻtgan birinchi oʻyinda Xorvatiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozonfi. Oʻyinning 32-daqiqasida Mandžukić boshi bilan zarba berib, jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qilgan.
Mandjukich bosh murabbiy Slaven Bilić tomonidan Xorvatiya terma jamoasining UEFA EURO-2012 terma jamoasiga Everton futbol klubi hujumchisi Nikica Jelavić bilan juftlikda tanlangan ikki hujumchidan biri edi. U Xorvatiyaning Irlandiyaga qarshi oʻyinida va keyingi Italiyaga qarshi oʻyinida ikkita gol urgan[8][9]. Xorvatiya guruh bosqichiga chiqqaniga qaramay, u Mario Balotelli, Fernando Torres, Cristiano Ronaldo, Alan Dzagoev va Mario Gómezlar safida, uchta gol bilan turnirning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan[10].
U 2014-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichini Zagrebda Makedoniyaga va Bryusselda Belgiyaga qarshi oʻtkazilgan dastlabki ikki oʻyinda ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. U oʻzining ilk golini Osijekda Uelsga qarshi oʻyinda kiritgan. Mandžukić Serbiyaga qarshi saralash oʻyinida oʻz hisobiga yana bir gol qoʻshib, Xorvatiyani Zagrebda 1:0 hisobida oldinga olib chiqdi. Bu ikki jamoa oʻrtasidagi Belgraddagi ikkinchi oʻyinda ham gol urgan. Xorvatiya pley-off bosqichining Zagrebda Islandiyaga qarshi oʻyinida Mandžukić hisobni 2:0 hisobida Xorvatiya foydasiga hal qilgan. Ammo, oʻyin yakunida futbolchi qizishib ketgani bois qizil kartochka olgan[11].
Mandžukić Xorvatiya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga boradigan tarkibiga kiritilgan[12]. 18-iyun kuni u Kamerunga qarshi ikkinchi oʻyin uchun tarkibga qaytgan futbolchi bu oʻyinda faol harakat qilgan va uning jamoasi 4:0 hisobida gʻalaba qozongan[13]. Turnirda futbolchi ikki marta gol urib, Jahon chempionatidagi debyutini nishonlagan va „Oʻyinning eng yaxshi odami“ sovrinini qoʻlga kiritgan[14].
Statistika
tahrirJamoa | Temporada | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
N. K. Marsonia Xorvatiya | 2004—2005 | 23 | 14 | - | - | - | - | 23 | 14 |
Jami | 23 | 14 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 14 | |
N. K. Zagreb Xorvatiya | 2005—2006 | 28 | 3 | 0 | 0 | - | - | 28 | 3 |
2006—2007 | 23 | 11 | 4 | 3 | - | - | 27 | 14 | |
2007—2008 | - | - | - | - | 2 | 0 | 2 | 0 | |
Jami | 51 | 14 | 4 | 3 | 2 | 0 | 57 | 17 | |
G. N. K. Dinamo Zagreb Xorvatiya | 2007—2008 | 29 | 12 | 8 | 5 | 10 | 3 | 47 | 20 |
2008—2009 | 28 | 16 | 5 | 5 | 10 | 3 | 43 | 24 | |
2009—2010 | 24 | 14 | 3 | 0 | 10 | 3 | 37 | 17 | |
2010—2011 | - | - | - | - | 1 | 2 | 1 | 2 | |
Jami | 81 | 42 | 16 | 10 | 31 | 11 | 128 | 63 | |
VfL Wolfsburg Olmoniya | 2010—2011 | 24 | 8 | 3 | 0 | - | - | 27 | 8 |
2011—2012 | 32 | 12 | 1 | 0 | - | - | 33 | 12 | |
Jami | 56 | 20 | 4 | 0 | 0 | 0 | 60 | 20 | |
Bayern Múnich Olmoniya | 2012—2013 | 24 | 15 | 6 | 4 | 10 | 3 | 40 | 22 |
2013—2014 | 30 | 18 | 5 | 4 | 13 | 4 | 48 | 26 | |
Jami | 54 | 33 | 11 | 8 | 23 | 7 | 88 | 48 | |
Atlético
Madrid Ispaniya |
2014—2015 | 28 | 12 | 5 | 3 | 10 | 5 | 43 | 20 |
Jami | 28 | 12 | 5 | 3 | 10 | 5 | 43 | 20 | |
Juventus Italiya | 2015—2016 | 27 | 10 | 4 | 1 | 5 | 2 | 36 | 13 |
2016—2017 | 34 | 7 | 5 | 1 | 11 | 3 | 50 | 11 | |
2017—2018 | 32 | 5 | 5 | 1 | 6 | 4 | 43 | 10 | |
2018—2019 | 25 | 9 | 0 | 0 | 8 | 1 | 33 | 10 | |
2019—2020 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 118 | 31 | 14 | 3 | 30 | 10 | 162 | 44 | |
Al-Duhail S. C. Qatar | 2019—2020 | 5 | 0 | 3 | 1 | 2 | 1 | 10 | 2 |
Jami | 5 | 0 | 3 | 1 | 2 | 1 | 10[15] | 2[15] | |
A. C. Milan Italiya | 2020—2021 | 10 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0 |
Jami | 10 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0 | |
Umumiy faoliyatida | 421 | 166 | 57 | 28 | 99 | 34 | 578 | 228 |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Croatia“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Mario Mandžukić“. Juventus. 2016-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
- ↑ Nyari, Cristian „Performance Analysis – Mario Mandzukic's Importance to Bayern Munich“. Bundesliga Fanatic (2013-yil 9-aprel). 2014-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ Uersfeld, Stephan „Pep Guardiola hails Mario Mandzukic“. ESPN FC (2013-yil 28-oktyabr). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ Whitney, Clark „Mandzukic Brace Shows How Pep Guardiola Is Losing His "Plan B" at Bayern Munich“. bleacherreport.com (2014-yil 19-iyun). 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 11-iyul.
- ↑ „Mandzukic, goals guaranteed“. Juventus.com (2015-yil 22-iyun). 2017-yil 1-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
- ↑ „Theo Trio: England Humble Croatia“. Sky News (2008-yil 11-sentyabr). 2015-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
- ↑ „Euro 2012: Republic of Ireland 1–3 Croatia“. UEFA (2012-yil 9-iyun). 2018-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
- ↑ Jurejko, Jonathan „Italy 1–1 Croatia“. BBC Sport (2012-yil 14-iyun). 2015-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
- ↑ „UEFA EURO 2012 Statistics Goals scored“. UEFA.com (2014-yil 25-noyabr). 2020-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-dekabr.
- ↑ „Mario MANDZUKIC“. FIFA. 2014-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
- ↑ „Croatia forward Mario Mandžukić will miss the World Cup opener versus Brazil: how will the team replace him?“. The Telegraph (2014-yil 28-fevral). 2018-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ „Cameroon 0–4 Croatia“. BBC (2014-yil 19-iyun). 2016-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
- ↑ „Cameroon 0–4 Croatia Report“. FIFA (2014-yil 19-iyun). 2014-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ 15,0 15,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedbyeqatar