Mario Runko Jr (talaffuzi: Mario Runko) — sobiq AQSh dengiz floti zobiti va NASA astronavti. U 1987-yilda astronavt etib tayinlangan. U uchta kosmik kemada uchgan[1], ikkinchi missiyasida koinotda yurishni amalga oshirgan. Mario NASA[2] va AQSh dengiz flotidan nafaqaga chiqqan.

Mario Runco
Tugʻilgan (1952-01-26)
1952-yil 26-yanvar (70 yosh)


Bronx, New York, AQSH.
Holat
Nafaqaga chiqqan
Maʼlumoti New-York shahar kolleji (BS)

Rutgers universiteti (MS)

Kasb-hunar Astronavt, olim
Kosmik karer
NASA astronavti
Daraja
Leytenant komandiri, USN-nafaqaga chiqqan
Kosmosdagi vaqt
22 kun 23 soat 08 daqiqa
Tanlash
1987-yil NASA guruhi
Jami EVA
1
Umumiy EVA vaqti
4 soat 28 daqiqa
Missiyalar STS-44, STS-54, STS-77
Missiya belgisi

Erta hayot va taʼlim

tahrir

Kichik Mario 1952-yil 26-yanvarda New-Yorkning Bronks shahrida[1] Mario va Filomena Ragusa Runco oilasida tugʻilgan[1]. Ragusa Bronxning Highbridge mahallasida oʻsib-ulgʻaygan, soʻngra uning oilasi New-Yorkning Yonkers shahriga koʻchib oʻtishgan[1]. Mario 1966-yilda Bronxdagi Muqaddas yurak maktabini va 1970-yilda Kardinal Xeys oʻrta maktabini tamomlagan. U 1974-yilda New-York shahar kollejida meteorologiya va fizik okeanografiya boʻyicha bakalavr darajasini va 1976-yilda Rutgers universitetida meteorologiya boʻyicha fan magistri darajasini oldi. U New-York shahar kolleji va Rutgers universiteti jamoalarida kollejlararo xokkey oʻynagan[1].

Erta martaba

tahrir

Mario toʻqqiz yoshidan 2017-yil 31-dekabrda nafaqaga chiqqunga qadar uzluksiz ishlagan. Mario 57 yillik ish tajribasiga ega boʻlib, toʻrt xil federal agentliklarda (USPOD / USPS, USGS, USN va NASA) ishlagan. Mario universitetini tugatgandan soʻng, u bir yil davomida New-York shtatining Long -Aylenddagi Amerika Qoʻshma Shtatlari Geologik xizmatida yer osti suvlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotchi gidrolog sifatida ishladi. 1977-yilda u Nyu-Jersi shtati politsiyasiga qoʻshildi va Shtat politsiya akademiyasida oʻqidi. 1978-yil sentyabr oyida Rod- Aylend shtatining Newport shahridagi dengiz floti ofitserlari nomzodi maktabini tugatgatdi soʻngra, Montereydagi dengiz atrof-muhitni bashorat qilish tadqiqot markazi (NEPRF) deb nomlanuvchi dengiz okeanografiyasi va atmosfera tadqiqotlari laboratoriyasiga tadqiqotchi meteorolog sifatida ishga kirdi. 1981-yil apreldan 1983-yil dekabrigacha u USS NASSAU [LHA-4] amfibiya hujum kemasida meteorologiya xodimi boʻlib xizmat qildi. Aynan shu xizmat safari chogʻida u dengiz yuzasi urushi ofitseri unvoniga sazovor boʻldi. 1984-yil yanvardan 1985-yil dekabrigacha u Kaliforniyaning Monterey shahridagi dengiz aspiranturasida, xususan, Geofizika texnik tayyorgarlik laboratoriyasida laboratoriya oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1985-yil dekabrdan 1986-yil dekabrigacha u USNS CHAUVENET [T-AGS-29 ] dengiz tadqiqot kemasida 4-okeanografiya boʻlimi qoʻmondoni boʻlib xizmat qildi, Makassar va Sunda boʻgʻozlari, Flores va Yava boʻgʻozlarida gidrografik va okeanografik tadqiqotlar olib bordi. NASAga tayinlanishidan oldin, Gavayi orollaridagi Pearl-Harbor dengiz floti meteorologiya va okeanografiya qoʻmondonligining Gʻarbiy dengiz meteorologiya va okeanografiya markazida flotning atrof-muhitni muhofaza qilish xizmati xodimi lavozimida ishlagan. U 1987-yilda NASAga qoʻshildi va 1994-yilgacha NASA astronavti sifatida faol xizmat qildi.

 
STS-54

Kosmik parvozdan soʻng

tahrir

Mario Astronavtlar idorasini tark etgach, XKS va barcha kelajakdagi kosmik kemalarda optik sifatli oynalarni oʻrnatishga qiziqdi, kosmik kemalar oynasi optikasi va ulardan foydalanish boʻyicha OAJ rahbari boʻldi. Shunday qilib, u ISSda AQSh laboratoriyasining moduli va gumbaz oynalarini loyihalashda yordam berdi. U, shuningdek, Shimoliy Dakota universitetining ISS qishloq xo'jaligi kamerasi (ISS AgCam/ISSAC) boʻyicha bosh tadqiqotchi boʻlib ishlagan.

Shaxsiy hayoti

tahrir

Mario Ohio shtatining Sylvania shahrida Susan Kay Friessga uylandi. Ularning Maria va Carl ismli ikki farzandi bor[1][3]. U, shuningdek, New-Jersi shtatining sobiq harbiysi va USGS tadqiqot gidrologidir. 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 Lyndon B. Johnson Space Center. „Mario Runco, Jr.“ (PDF). Biographical Data. NASA (2018-yil yanvar). 2021-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2021-yil.
  2. Lyndon B. Johnson Space Center. „Astronaut Mario Runco Jr. Retires from NASA“. Press Releases. NASA (5-yanvar 2018-yil). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-may 2021-yil.
  3. Lyndon B. Johnson Space Center. „50 Years of NASA and Star Trek Connections“. NASA History. NASA (3-iyun 2019-yil). 2021-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-may 2021-yil.