Martti Ahtisaari
Martti Ahtisaari (finlandcha: Martti Oiva Kalevi Ahtisaari; 1937-yil 23-iyun, Viipuri tumani, Finlandiya — 2023-yil 16-oktyabr, Xelsinki) – Finlandiya prezidenti (1994 – 2000[2]), finlandiyalik diplomat, BMT rasmiysi. 2008-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofoti laureati boʻlgan[3].
Martti Ahtisaari | |
---|---|
Martti Ahtisaari | |
Finlandiyaning 10-prezidenti | |
Mansab davri 1-Mart 1994-yil – 1-Mart 2000-yil | |
Bosh vazir |
Esko Aho Paavo Lipponen |
Oʻtmishdoshi | Mauno Koivisto |
Vorisi | Tarja Halonen |
Finlandiyaning Tanzaniyadagi elchisi | |
Mansab davri 1973 – 1977 | |
Oʻtmishdoshi | Seppo Pietinen |
Vorisi | Richard Myuller |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
23-iyun 1937-yil Viipuri, Finlandiya |
Vafoti |
16-oktyabr 2023-yil (86 yoshda) Helsinki, Finlandiya |
Siyosiy partiyasi | Sotsial-Demokratik partiya |
Turmush oʻrtogʻi | Eeva Ahtisaari[1] |
Bolalari | Marko Ahtisaari |
Mukofotlari | Tinchlik uchun Nobel mukofoti (2008) |
Imzosi |
Hayoti
tahrirMartti Ahtisaari Viipurida asli norvegiyalik boʻlgan Finlandiya ofitseri oilasida tavallud topgan. Uning oilasi 1939–1940-yillardagi Sovet-Finlandiya urushi paytida Kuopioga, 1952-yilda esa Ouluga koʻchib oʻtgan. U 1959-yilda Oulu universitetining sirtqi pedagogika yoʻnalishini tamomlagan.
Ouluda YMCAga qoʻshilgan va 1960-yilda Karachiga (Pokiston) joʻnab ketgan, hamda u yerda YMCA jismoniy tarbiya maktabiga rahbarlik qilgan. 1963-yilda Finlandiyaning poytaxti Xelsinkiga qaytib kelgan va u yerda politexnika institutiga oʻqishga kirgan. Bu davr davomida rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam koʻrsatadigan turli tashkilotlarda ishlagan. 1965-yilda Finlandiya tashqi ishlar vazirligida oddiy xodim sifatida faoliyat olib borgan. 1973-yilda u mamlakatning Tanzaniyadagi elchisi etib tayinlangan (1973–1976). 1975-1976-yillarda Zambiya, Somali va Mozambikda ham elchi boʻlib ishlagan. 1977–1981-yillarda BMT Bosh kotibining Namibiyadagi maxsus vakili sifatida faoliyat yuritgan. 1978-yildan boshlab Ahtisaari BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida ishlagan va tashkilotda yuqori lavozimlarni egallagan. 1989-yil mart oyida u BMTning Namibiyadagi missiyasini boshqargan. Mamlakat mustaqilligini oʻrnatishda amalga oshirgan xizmatlari uchun u Namibiya faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlangan. U 1991-yil Iroqdagi urush oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha BMT harakatlarini, 1992-yil sentyabrdan 1993-yil aprelgacha Martti Ahtissari Bosniya va Gertsegovinadagi vaziyatni hal qilish boʻyicha BMT ishchi guruhini boshqargan.
1993-yilda Martti Ahtisaari Finlandiya Sotsial-demokratik partiyasiga aʼzo boʻlgan va partiya tomonidan 1994-yilgi prezidentlik saylovlarida oʻz nomzodini qoʻygan. 1994-yilda u toʻgʻridan-toʻgʻri xalq prezidentlik saylovlari orqali saylangan Finlandiyaning birinchi prezidenti boʻlgan. Uning prezidentlik davrida Finlandiya Yevropa Ittifoqiga kirgan (1995). 1995-yil 23-iyulda u Butunjahon esperanto assotsiatsiyasi tomonidan „ L. L. Zamenhof gʻoyalariga muvofiq tinchlik va xalqaro hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan muhim hissasi uchun“ Zamenhof mukofotini qoʻlga kiritigan. 1999-yilda u Yugoslaviya rahbariyati bilan NATO, Yevropa Ittifoqi va Rossiya oʻrtasidagi muzokaralari davomida Yevropa Ittifoqi vakili boʻlgan. Iyun oyida, NATOning 11 haftalik bombardimonidan soʻng, Martti Ahtisaari Rossiya prezidentining Yugoslaviyadagi maxsus vakili Viktor Chernomirdin bilan birgalikda Yugoslaviya prezidenti Slobodan Miloshevich mojaroga barham berish uchun NATO shartlarini imzolashiga erishgan. 2000-yili Xelsinkida „Belgraddagi missiya“ kitobining taqdimoti boʻlib oʻtgan, unda u ushbu voqea haqida ham gapirib bergan.
Olti yillik prezidentlik davri tugaganidan soʻng, u tinchlikparvarlik faoliyatiga qaytgan.
Martti Ahtisaari 2000-yildan beri Finlandiyaning UPM-Kymmene oʻrmon xoʻjaligi kompaniyasi direktorlar kengashining mustaqil aʼzosi hisoblanadi. Hozirda u oʻzi yaratgan „Inqirozlarni boshqarish tashabbusi“ mustaqil nodavlat tashkiloti rahbari hisoblanadi. 2003-yil sentyabr oyida BMT Bosh kotibining qarori bilan u Iroqdagi ushbu tashkilot xodimlarining xavfsizligi boʻyicha ekspert guruhini boshqargan. Oktyabr oyida guruh Nyu-Yorkda BMT missiyalarining butun dunyoda himoya qilinish holatini keskin tanqid qilingan hisobotini taqdim etgan.
2005-yil noyabr oyida BMT Bosh kotibining Kosovo boʻyicha maxsus vakili etib tayinlanadi, 2012-yil avgust oyida esa BMTning Suriya inqirozini bartaraf qilish boʻyicha maxsus elchisi lavozimiga uning nomzodi qoʻyiladi[4][5].
2012-yil avgustida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin Finlandiyaning sobiq prezidenti Martti Axtisaarining isteʼfoga chiqqan Kofi Annan oʻrniga BMT va Arab Ligasining Suriya boʻyicha maxsus elchisi etib tayinlanishi nomaqbul qaror ekanligini aytgan. „Bu boʻlishi mumkin emas“, degan Churkin. 2020-yil 24-mart kuni Martti Ahtisaari koronavirus bilan kasallangani maʼlum boʻlgan.
Tanqidlar
tahrirBMTning Namibiyadagi missiyasi
Ahtisaari Namibiyaning faxriy fuqarosi boʻlgan boʻlsa-da, Namibiyaning birinchi prezidenti Sem Nujoma 2001-yilda nashr etilgan avtobiografiyasida Ahtisaarining Namibiyadagi harakatlarini qattiq tanqid qilgan.
Yugoslaviyani bombardimon qilishni qoʻllab-quvvatlashi
1999-yil iyun oyida Yugoslaviyaning „Nedelniy Telegraf“ gazetasi Slobodan Miloshevich fikrlariga tayangan holda, Viktor Chernomirdin va Martti Ahtisaari oʻrtasidagi Yugoslaviya Prezidenti bilan muzokaralar tafsilotlarini eʼlon qilgan: "Axtisaari uchrashuvni quyidagi bayonot bilan boshlagan: „Biz bu yerga muhokama yoki muzokaralar uchun yigʻilganimiz yoʻq“. Miloshevich hujjatlarni olib, soʻradi: „Agar imzo qoʻymasak nima boʻladi?“ Bunga javoban Ahtisaari stol oʻrtasidan gul vazasini olib, kaftini stolning tekkis yuzasi boʻylab notiqlik bilan yurgazib „Belgrad shu stolga oʻxshaydi, biz darhol Belgradga toʻxtovsiz ravishda bombardimonamalga oshirishni boshlaymiz“ – , deb aytgan. Qoʻllarini avvalgidek harakatlanib, Ahtisaari qoʻrqinchli tarzda quyidagi soʻzlarni takrorlagan:" Bu Belgrad bilan sodir boʻladi". Bir lahza sukut saqlab turgan va keyin qoʻshib qoʻygan:" Bir haftadan kamroq vaqt ichida yarim million aholi halok boʻladi".
Korrupsiya ayblovlari
Axtissari Serbiyadagi Kosovo viloyatining ajralib chiqish jarayonini tasvirlaydigan „Ahtisaari rejasi“ ning muallifi edi. Mutaxassislarning fikricha, Martti Ahtisaari tomonidan ishlab chiqilgan rejaning bir qator qoidalari BMT Nizomi va BMT Xavfsizlik Kengashining 1244-sonli qaroriga zid kelgan. Matbuotda Germaniya razvedka xizmati BNDga tayanib, Ahtisaari Kosovo separatistlaridan katta miqdorda pora olgani haqidagi maʼlumotlar chop etilgan.
Nobel mukofoti laureati
tahrirMartti Ahtisaari 2008-yil oktyabr oyida „Oʻttiz yildan ortiq vaqt davomida bir necha qitʼalarda xalqaro mojarolarni hal qilishdagi muhim saʼy-harakatlari uchun“ tinchlik yoʻnalishida Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan. Finlandiya tashqi ishlar vaziri Aleksandr Stubb taqdirlash marosimini „Finlandiya uchun tarixiy kun“ deb atagan. Shu bilan birga, bir qator rossiyalik va xorijiy siyosatchilar, hamda ommaviy axborot vositalari mukofotni berish qarorini qoralab, uni siyosiy sabablarga koʻra amalga oshirilgan, deya baholashgan. Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi xalqaro qoʻmitasi rahbari Konstantin Kosachev taʼkidlaganidek, bu „Nobel mukofoti nufuziga hissa qoʻshmaydigan mutlaqo siyosiylashtirilgan qaror“ boʻlgan. Yugoslaviyaning Moskvadagi sobiq elchisi Borislav Miloshevich ham mukofotning siyosiy mohiyatini shunday baholagan. Axtisaari Nobel tinchlik mukofoti sovrindorlarining xitoylik huquq himoyachisi Lyu Syaoboga yozgan maktubini imzolashdan bosh tortgan. Lyu Syaobo ham tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan.
Oilasi
tahrirMartti xotini Eeva Ahtisaari (1936-yil 18-iyun, Varkaus) bilan 1968-yilda turmush qurgan. 2020-yil 21-martda EEvaga COVID-19 koronavirus infeksiyasi tashxisi qoʻyilgan. U Xelsinkidagi Musiqa uyida boʻlib oʻtgan Xalqaro xotin-qizlar kuni sharafiga oʻtkazilgan konsert chogʻida virus yuqtirgan boʻlishi mumkin. 2020-yil 24-mart kuni sobiq prezident Martti Ahtisaarining oʻzida ham koronavirus aniqlangan. 14-aprel kuni Finlandiya prezidenti idorasi sobiq prezident va uning rafiqasi (davolashdan keyin) koronavirus testi manfiy chiqqani haqida xabar bergan.
Oʻgʻli Marko Ahtisaari 1969-yilda Xelsinkida tugʻilgan. Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida iqtisod, falsafa va musiqa boʻyicha tahsil olgan. 2012-yilning fevral oyidan boshlab konsernining dizayn boʻyicha direktori, shuningdek, Nokia direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlangan.