Marvin Plattenhardt
Marvin Plattenhardt (talaffuzi: Marvin Plattenxardt; 1992-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi. U Bundesliganing Hertha BSC klubi va Germaniya terma jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[5].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marvin Plattenhardt[1] | ||
Tavallud sanasi | 26-yanvar 1992-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Filderstadt,[3] Germaniya | ||
Boʻyi | 1.81 m[4] | ||
Ampluasi | Chap qanot himoyachisi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Hertha BSC | ||
Raqami | 21 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999—2005 | 1. FC Frickenhausen | ||
2005—2006 | FV Nürtingen | ||
2006—2008 | SSV Reutlingen | ||
2008—2010 | 1. FC Nürnberg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2011 | 1. FC Nürnberg II | 46 | (0) |
2010—2014 | 1. FC Nürnberg | 63 | (2) |
2014— | Hertha BSC | 184 | (6) |
Milliy terma jamoa | |||
2008—2009 | Germaniya 17 yoshgacha | 24 | (0) |
2009—2010 | Germaniya 18 yoshgacha | 6 | (0) |
2010—2011 | Germaniya 19 yoshgacha | 12 | (0) |
2011—2013 | Germaniya 20 yoshgacha | 7 | (0) |
2012—2014 | Germaniya 21 yoshgacha | 7 | (0) |
2017—2018 | Germaniya | 7 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 14-may uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrir1. FC Nürnberg
tahrirPlattenhardt 2009—2010-yilgi mavsumida Regionalliga Südda 1. FC Nürnberg II klubi uchun oʻynay boshladi[6]. 2009—2010-yilgi mavsumda u 9 ta oʻyinda maydonga tushdi[7]. Plattenhardt klub safida 2010—2011-yilgi mavsumida 21 ta, 2011—2012-yilgi mavsumida 8 ta va 2012—2013-yilgi mavsumida 8 ta oʻyinda maydonga tushdi[6]. U asosiy jamoada ham oʻynagan[6]. Plattenhardt 2010—2011-yilgi mavsumida 9 ta, 2011—2012-yilgi mavsumda 11 ta, 2012—2013-yilgi mavsumda 14 ta va 2013—2014-yilgi mavsumda 32 ta oʻyinda ishtirok etdi[8].
Hertha BSC
tahrir2014-yil 20-may kuni Plattenhardt Herta BSC bilan uch yillik shartnoma imzoladi[9]. 2014—2015-yilgi mavsumda u asosiy jamoada 15 ta oʻyinda va oʻrinbosarlar tarkibida ikkita oʻyinda maydonga tushdi. Plattenhardt klubdagi ilk golini 2015-yilning 12-dekabrida Darmstadt 98ga qarshi mehmon boʻlgan uchrashuvda (4:0) jarima zarbasini amalga oshirgan holda urdi[10]. U 2015—2016-yilgi mavsumni 37 ta oʻyin bilan yakunlagan[11]. 2017-yil 11-mart kuni Plattenhardt Borussia Dortmundga qarshi oʻyinda (2:1) gʻalaba toʻpini kiritdi, bu uning chempionatdagi yettinchi goli boʻlib, gollarining barchasi jarima zarbalaridan urilgan edi[12]. U 2016—2017-yilgi mavsumni 31 ta oʻyinda yakunlagan[13]. Plattenhardt 2017—2018-yilgi mavsumda 38 ta oʻyinda ishtirok etgan[14]. Plattenhardt Hertha BSCning 2022-yilgi pley-off uchrashuvida Hamburg bilan oʻyinda gʻalaba golini urdi va jamoani 2. Bundesligaga tushib ketishdan qutqarib qoldi[15].
Xalqaro faoliyati
tahrirPlattenhardt birinchi marta Germaniya kattalar terma jamoasiga 2017-yilda chaqirilgan. U 2017-yilning 6-iyunida Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga, 2017-yilning 10-iyunida San Marinoga qarshi Jahon chempionati 2018 saralash oʻyiniga va 2017-yil 17-iyundan 2-iyulgacha 2017 Konfederatsiyalar kubogi oʻyinlari uchun terma jamoa tarkibiga kiritilgan[16]. Plattenhardt 2017-yil 6-iyun kuni Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida xalqaro debyutini amalga oshirgan[17]. U Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Joachim Lov tomonidan 2018-yilning 4-iyunida FIFA Jahon chempionati 2018da terma jamoada qatnashish uchun yakuniy 23 kishilik roʻyxatga kiritildi[18]. 17-iyun kuni Plattenhardt FIFA Jahon chempionatidagi debyutini Meksikaga qarshi (1:0) dastlabki oʻyinda oʻtkazdi va 78 daqiqa oʻynadi, shundan soʻng u 79-daqiqada Mario Gomez bilan almashtirildi[19].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 23-may holatiga ko'ra:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Yevropa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
1. FC Nürnberg II | 2009—2010 | Regionalliga Süd | 9 | 0 | — | 9 | 0 | |||||
2010—2011 | Regionalliga Süd | 21 | 0 | 21 | 0 | |||||||
2011—2012 | Regionalliga Süd | 8 | 0 | 8 | 0 | |||||||
2012—2013 | Regionalliga Bayern | 8 | 0 | 8 | 0 | |||||||
Jami | 46 | 0 | — | 46 | 0 | |||||||
1. FC Nürnberg | 2010—2011 | Bundesliga | 9 | 0 | 0 | 0 | — | 9 | 0 | |||
2011—2012 | Bundesliga | 9 | 0 | 2 | 0 | 11 | 0 | |||||
2012—2013 | Bundesliga | 14 | 1 | 0 | 0 | 14 | 1 | |||||
2013—2014 | Bundesliga | 31 | 1 | 1 | 0 | 32 | 1 | |||||
Jami | 63 | 2 | 3 | 0 | — | 66 | 2 | |||||
Hertha BSC II | 2014—2015 | Regionalliga Nordost | 2 | 0 | — | — | 2 | 0 | ||||
Hertha BSC | 2014—2015 | Bundesliga | 15 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 | ||||
2015—2016 | Bundesliga | 33 | 2 | 4 | 0 | 37 | 2 | |||||
2016—2017 | Bundesliga | 27 | 3 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 31 | 3 | ||
2017—2018 | Bundesliga | 33 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 38 | 0 | |||
2018—2019 | Bundesliga | 22 | 1 | 3 | 1 | — | 25 | 2 | ||||
2019—2020 | Bundesliga | 17 | 0 | 2 | 0 | 19 | 0 | |||||
2020—2021 | Bundesliga | 16 | 0 | 1 | 0 | 17 | 0 | |||||
2021—2022 | Bundesliga | 21 | 0 | 2 | 0 | — | 2 | 1 | 25 | 1 | ||
Jami | 184 | 6 | 16 | 1 | 5 | 0 | 2 | 1 | 207 | 8 | ||
Faoliyati jami | 295 | 8 | 19 | 1 | 5 | 0 | 2 | 1 | 321 | 10 |
Xalqaro
tahrir- 2018-yil 17-iyun holatiga ko'ra[20]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Germaniya | |||
2017 | 5 | 0 | |
2018 | 2 | 0 | |
Jami | 7 | 0 |
Yutuqlari
tahrirGermaniya U17
- 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2009[21]
Germaniya
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017[22]
Manbalar
tahrir- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Marvin Plattenhardt: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
- ↑ „Marvin Plattenhardt: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
- ↑ „Marvin Plattenhardt“. Hertha BSC. 2022-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
- ↑ „Plattenhardt, Marvin“ (German). kicker.de. Qaraldi: 2011-yil 14-may.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 „Marvin Plattenhardt » Club matches“. World Football. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Marvin Plattenhardt“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Marvin Plattenhardt“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Marvin Plattenhardt wechselt nach Berlin“. herthabsc.de (2014-yil 9-aprel). 2018-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 22-may.
- ↑ „Vedad Ibisevic bags brace as Hertha Berlin hammer Darmstadt“. ESPN FC (2015-yil 12-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
- ↑ „Marvin Plattenhardt“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Thomas Tuchel laments Dortmund's wastefulness after Hertha loss“. ESPN FC (2017-yil 11-mart). Qaraldi: 2017-yil 10-iyun.
- ↑ „Marvin Plattenhardt“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Marvin Plattenhardt“ (German). kicker.de. kicker. Qaraldi: 2018-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Marvin Plattenhardt the hero as Hertha Berlin beat Hamburg to stay in the Bundesliga“. bundesliga.com. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.
- ↑ „Leipzig's Demme, Hoffenheim's Demirbay and Wagner, Hertha's Plattenhardt and Gladbach's Stindl all included in Germany squad for Confederations Cup“. bundesliga.com (2017-yil 17-may). 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Deutsche B-Elf spielt remis in Dänemark“ (German). ARD (2017-yil 6-iyun). Qaraldi: 2017-yil 6-iyun.
- ↑ „Germany announce final World Cup squad, with Manuel Neuer, without Leroy Sané“. Deutsche Welle. Qaraldi: 2018-yil 4-iyun.
- ↑ „Germany 0–1 Mexico – FIFA World Cup 2018 Live“. Whoscored.com. Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- ↑ Marvin Plattenhardt National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Final: Netherlands 1–2 Germany: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
- ↑ „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan.