Mathias Jensen (1996-yil 1-yanvarda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, Premer liganing Brentford klubi va Daniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Mathias Jensen
Jensen Celta Vigo jamoasi safida, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mathias Jensen
Tavallud sanasi 1-yanvar 1996-yil (1996-01-01) (28 yosh)
Tavallud joyi Jerslev, Zelandiya, Daniya[1]
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brentford
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001-2007 Hvidebæk IF
2007-2011 Kalundborg GB
2011-2015 Nordsjælland
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015-2018 Nordsjælland 63 (15)
2018-2019 Celta Vigo 6 (0)
2019- Brentford 123 (4)
Milliy terma jamoa
2014 Daniya U18 1 (0)
2014-2015 Daniya U19 8 (0)
2015-2017 Daniya U20 6 (1)
2017-2019 Daniya U21 15 (2)
2020- Daniya 20 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-oktyabr uchun)

Jensen Nordsjælland akademiyasining tarbiyalanuvchisi boʻlib, 2016-yilda klubdagi faoliyatini boshlaydi. Nordsjælland jamoasida ikki mavsum oʻynaganidan soʻng, 2018-yilda "Celta Vigo" jamoasiga oʻtadi. 2019-yilga kelib Brentford jamoasiga oʻtadi. Sobiq Daniya yoshlar terma jamoasi aʼzosi Jensen 2020-yilda xalqaro maydondagi birinchi oʻyinini oʻtkazadi.

Klublardagi faoliyati tahrir

Nordsjælland tahrir

Yarim himoyachi Jensen Nordsjælland akademiyasini muvaffaqiyatli yakunlaganidan soʻng, 2015-yilning yanvarida uch yillik professional shartnoma imzolaydi[3][4]. U 2015-16-yilgi mavsumda asosiy tarkibdan oʻrin oladi va beshta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol uradi. Jensen 2016-17-yilgi mavsumda muntazam asosiy tarkibda maydonga tushib 22 ta oʻyin oʻtkazadi[5]. 2017-18-yilgi mavsum u uchun eng yaxshilaridan biri boʻladi va bu mavsumda jami 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol uradi. Ushbu mavsum davomida sardorlik unvoniga sazovor boʻladi va DBU 2017-yilning eng yaxshi oʻyinchisi, FC Nordsjællandda yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotlariga sazovor boʻladi[6][7]. 2018-19-mavsum boshidagi uchta uchrashuvdan soʻng, Jensen 2018-yilning avgustida Nordsjælland jamoasini tark etadi[8]. Farum Parkda Jensen umumiy hisobda uch mavsumdan sal koʻproq vaqt davomida 66 ta oʻyinda maydonga tushadi va 15 ta gol uradi.

Celta Vigo tahrir

2018-yilning 8-avgustida Jensen Ispaniya La Ligasining „Celta Vigo“ jamoasi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi[8]. Jarohati sababli 2018-19-yilgi mavsumda u atigi oltita oʻyinda maydonga tushadi va 2019-yilning iyulida klubni tark etadi[9][10].

Brentford tahrir

2019-yil 10-iyulda Jensen Angliyaga koʻchib oʻtadi va Chempionship klubi Brentford bilan nomaʼlum toʻlov evaziga toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[10][11]. U 2019-20-yilgi mavsumda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol uradi[12]. Brendford 2020-yilgi chempionat pley-off finalida mag‘lubiyatga uchrab mavsumni yakunlaydi[13]. Jensen 2020-21-yilgi mavsumda 53 ta o‘yinda maydonga tushadi va uning jamoasi 2021-yilgi chempionat pley-off finalidagi g‘alaba qozonib, Premer ligaga ko‘tarilib oladi[14][15]. Jensen oyog‘i qattiq jarohatlangani sababli Brentfordning 2021-22-yilgi mavsumining dastlabki uchta o‘yinini o‘tkazib yuboradi[16][17].

Xalqaro faoliyati tahrir

Jensen Daniyaning U18 va U21 terma jamoalari safida 30 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. U Daniya terma jamoasi bilan 2017 va 2019-yillardagi U21 Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Jensen kattalar jamoasining JCh-2018 uchun saralangan dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritilgan edi[18], ammo u yakuniy tarkibga kiritilmaydi[10]. 2020-yil oktyabr oyida Jensen jarohat olgan Brentforddagi jamoadoshi Christian Nørgaardning oʻrniga Daniya terma jamoasining uchta oʻyindagi asosiy tarkibga kech chaqiruvini oladi[19]. U xalqaro maydondagi birinchi oʻyinini 7-oktyabr kuni Faroe Islandsga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida oʻtkazadi va 28-mart kuni 2022-yilgi JCh saralashida Moldovaga qarshi o‘yinda birinchi xalqaro golini uradi[20][21].

Shaxsiy hayoti tahrir

Mathias Jensen "Manchester United" va "Barcelona" jamoalariga muxlislik qiladi.

Faoliyatining statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Nordsjælland 2015-16 Daniya Superligasi 5 1 0 0 5 1
2016-17[5] Daniya Superligasi 22 2 1 0 23 2
2017-18 Daniya Superligasi 35 12 1 0 36 12
2018-19 Daniya Superligasi 1 0 1 0 1 0 2 0
Jami 63 15 3 0 1 0 67 15
Celta Vigo 2018-19[9] La Liga 6 0 0 0 6 0
Brentford 2019-20[12] Championship 39 1 0 0 1 0 3 0 43 1
2020-21[14] Championship 45 2 1 0 4 0 3 0 53 2
2021-22[17] Premer liga 31 0 1 0 3 0 35 0
2022-23[22] Premer liga 8 1 0 0 0 0 8 1
Jami 123 4 2 0 8 0 6 0 139 4
Faoliyatida jami 192 19 5 0 8 0 1 0 6 0 212 19

Xalqaro tahrir

Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Daniya 2020 4 0
2021 11 1
2022 5 0
Jami 20 1
Mathias Jensen tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2021-yil 28-mart MCH Arena, Herning, Daniya   Moldova 5-0 8-0 FIFA Jahon chempionati saralashi 2022

Yutuqlari tahrir

Brentford

  • EFL chempionati pley-off bosqichi : 2021-yil[15]

Individual

  • Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi : 2017[6]
  • FC Nordjælland jamoasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2017-18[7]

Manbalar tahrir

  1. „Get to Know: Mathias Jensen“. Brentford FC. 2020-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 3-iyun.
  2. „Mathias Jensen“. Brentford FC. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. „FC Nordsjælland forlænger med U19-anfører“ (DA). bold.dk (2015-yil 15-yanvar).
  4. „U/19 og U/17 klar til et spændende forår“ (da-DK). FC Nordsjælland (2015-yil 2-mart). 2022-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-oktyabr.
  5. 5,0 5,1 „Games played by Mathias Jensen in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  6. 6,0 6,1 „Mathias Jensen snuppede årets talent“ (DA). bold.dk. Qaraldi: 2018-yil 2-mart.
  7. 7,0 7,1 „Mathias Jensen er årets spiller i FCN“ (DA). bold.dk (2018-yil 23-may). Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  8. 8,0 8,1 „El Celta refuerza su centro del campo con el danés Mathias Jensen“ (ES). Europa Press (2018-yil 8-avgust).
  9. 9,0 9,1 „Games played by Mathias Jensen in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  10. 10,0 10,1 10,2 „Brentford sign Mathias Jensen from Celta Vigo“ (en-gb). www.brentfordfc.com. 2019-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  11. „Frank feeling good about Brentford's fortunes“ (en). Ealing Times. Qaraldi: 2019-yil 16-iyul.
  12. 12,0 12,1 „Games played by Mathias Jensen in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 11-iyul.
  13. „Brentford 1 Fulham 2“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2020-yil 4-avgust.
  14. 14,0 14,1 „Games played by Mathias Jensen in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 6-sentyabr.
  15. 15,0 15,1 Vincent, Gareth. „Brentford 2–0 Swansea City“. BBC Sport (2021-yil 29-may). Qaraldi: 2021-yil 29-may.
  16. McCullough. „Jensen and Dasilva to miss Arsenal game but Toney is fit“ (en-GB). West London Sport (2021-yil 11-avgust). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  17. 17,0 17,1 „Games played by Mathias Jensen in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2021-yil 30-avgust.
  18. „Revealed: Every World Cup 2018 squad – Final 23-man lists“. Goal.com.
  19. „16 players building-up to international action this week“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2020-yil 7-oktyabr.
  20. „Christian Nørgaard and Mathias Jensen named in Denmark Euro 2020 squad“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2021-yil 26-may.
  21. „Christian and Mathias' Euro adventure ends in Semi-Final“ (en-gb). www.brentfordfc.com. Qaraldi: 2021-yil 8-iyul.
  22. „Games played by Mathias Jensen in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2022-yil 7-avgust.