Maulen Sagʻatxanuli Ashimbaev (qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев, Mäulen Sağathanūly Äşımbaev; 1971-yil 28-yanvar, Olmaota) — iqtisodchi, jamoat arbobi, Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majilisining V chaqirigʻining xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi boʻlgan, "Nur Otan" partiyasi raisining birinchi oʻrinbosari (2018-2019)[1].

Maulen Ashimbaev
qozoqcha: Мәулен Сағатханұлы Әшімбаев
 Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senati raisi
Mansab davri
2020-yil 4-may
Prezident Qasim-Jomart Toqayev
Oʻtmishdoshi Darigʻa Nazarboyeva
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1971-yil 28-yanvar
Olma-Ota, Qozoq SSR, SSSR
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Siyosiy partiyasi Amanat partiyasi
Taʼlim Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Jons Xopkins universiteti, Tufts universiteti
Ilmiy unvoni Siyosat fanlari nomzodi (2001)
Mukofotlari Baris ordeni

Biografiyasi

tahrir

Katta juzning alban qabilasidan chiqqan.[2]

Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining iqtisod va sotsiologiya fakultetin tamomlagan (1993), iqtisodchi, siyosiy iqtisod oʻqituvchisi. Siyosiy fanlarining. "Hurmat" ordeni bilan taqdirlangan.

Xizmat yoʻli

tahrir

Universitetni tamomlagandan soʻng 1993-1994-yillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari vazirligi tizimida ishladi.

1994-1995-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatining yordamchisi.

1995-yilgi iyun-noyabr oraligʻida — Xavfsizlik Kengashi xodimlarining maslahatchisi boʻlgan.

1995-1999-yillar oraligʻida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Hokimligining Tahlil va strategik tadqiqotlar markazinig bosh eksperti, sektor mudiri, shu markaz yetakchisining birinchi o‘rinbosari.

1999-2000-yillari — Xavfsizlik kengashi tadqiqot markazining rahbari.

2000-2002-yillari — Xavfsizlik kengashi tahlil markazining rahbari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.

2002-2005-yillari — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori.

2005-2006-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.

2006-2011-yillarda — Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari.

2012-yilgi fevralidan boshlab V chaqiriqda saylangan Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Majilisining deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi raisi etib saylangan. "Nur Otan" Xalq demokratik partiyasi aʼzosi, partiya roʻyxati boʻyicha saylangan.

2018-yil 1-fevraldan boshlab — „Nur Otan“ partiyasi raisining birinchi o‘rinbosari.[3]

„Hurmat“ ordeni bilan taqdirlangan. 2003-yili Jon Xopkins universitetining Xalqaro tadqiqotlar maktabida (AQSh) ilmiy stajirovkadan oʻtti.

Ingliz tilini yaxshi biladi.

Oilali, uch farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. Qazaq televiziyasi. Ensiklopediya. — Almati: „QazAqparat“, 2009, 1-t. — 640 b. ISBN 978-601-03-0070-5
  2. {{{title}}}. ISBN 9965-00-838-8. 
  3. [1], qosimsha mәtіn.

Havolalar

tahrir

Majilisning tarkibi va tuzilishi, Maulen Sagathanuli Ashimbaev