Kamasutra: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Galreyaga hecham hojat yoʻq; enwikida yoʻq, masalan; qolaversa, tarjimalar noʻnoq
Teg: Qoʻlda qaytarildi
sc
Qator 20:
'''„Kamasutra“''' ({{lang-sa|कामसूत्र}}) — [[Vatsyayana]] qalamiga mansub qadimiy [[Hinduiylik|hindu]] [[traktat]]. Asar [[Kama (hinduizm)|kama]], yaʼni sezgi, his-tuygʻu sohalari hamda shahvat mavzusiga bagʻishlangan. „Kamasutra“ sanskrit adabiyotidagi inson [[jinsiy hayot]]i haqidagi standart asar oʻlaroq baholanadi. „Kamasutra“ asari „Kamashastra“ nomi bilan maʼlum boʻlgan traktatlarning eng qadimiysi va eng mashhuridir.
 
Asarning bir boʻlimida [[jinsiy aloqa]] boʻyicha amaliy maslahatlar berilgan. „Kamasutra“ asosan proza janrida yozilgan, lekin unda sheʼriy misralar ham keltirilgan. „Kama“ hinduiylikda hayotning toʻrt maqsadidan biri boʻlib, „xohish“, jumladan, „shahvat“ maʼnolariniqutaq anglatadi. „Sutra“ soʻzi esa jismlarni ushlab turuvchi ip yoki tola maʼnosini anglatadi. Koʻchma maʼnoda esa hikmatli soʻz (yoki qator, qoida, formula) yoki hikmatli soʻzlarning spravochnik shaklidagi toʻplami maʼnosini beradi.
 
„Kamasutra“ jinsiy aloqa boʻyicha spravochnik, degan fikr keng tarqalganiga qaramasdan, asar oʻzini sevgi, oila hamda inson hayotining rohat bilan bogʻliq boshqa aspektlariga bagʻishlangan, yaxshi va xayrli yashashni oʻrgatuvchi qoʻllanma oʻlaroq taqdim etadi.<ref>{{Kitob manbasi | last = Carroll| first = Janell| title = Sexuality Now: Embracing Diversity| publisher = [[Cengage Learning]]| year = 2009| page = 7| url = https://books.google.com/books?id=5f8mQx7ULs4C&pg=PA7| isbn = 978-0-495-60274-3}}</ref><ref>{{Kitob manbasi | last = Devi| first = Chandi| title = From Om to Orgasm: The Tantra Primer for Living in Bliss| publisher = [[AuthorHouse]]| year = 2008| page = 288| url = https://books.google.com/books?id=gIqhh84DGToC&pg=PA288| isbn = 978-1-4343-4960-6}}</ref> „Kamasutra“ ayrim mamlakatlarda topqir jinsiy pozalar toʻplami oʻlaroq koʻriladi. Aslida esa asarning 20 foizi jinsiy aloqa pozalariga bagʻishlangan. Asarning aksar qismi muhabbat falsafasi va nazariyasi, insonda nima xohish keltirib chiqarishi, uni nima qoʻllab-quvvatlab turishi va qachon bunay istak yaxshi yoki yomon ekanligiga bagʻishlangan.