Raqs: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k tahrir
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: sh.ning → shahrining using AWB
Qator 13:
Raqs faqat [[odam]]lar tomonidangina emas, balki boshqa hayvonlar (masalan, [[asalari]]lar, [[qush]]lar) tomonidan ham bajariladi. Jonsiz jismlar ham raqsga tushishi mumkin — [[metafora|metaforik]]: "barglar shamolda raqs tushishmoqda" yoki haqiqatan: [[robot]]lar raqsi. [[Gimnastika]], [[sinxron suzish]] va baʼzi jang sanʼatlarini ham raqsga qiyoslash mumkin.
 
Raqs aynan nima ekanligi [[jamiyat|ijtimoiy]], [[madaniyat|madaniy]], [[estetika|estetik]], artistik va maʼnaviy cheklovlarga bogʻliq va funksional harakatdan (xalq raqslari) tortib [[virtuoz]] texnikagacha ([[balet]]) boʻladi. Raqs ommaviy (toʻy-bazmlarda), ijtimoiy ([[vals]]), ijroiy (sahnada), tantanali (hind raqslari), musobaqa ([[badiiy gimnastika]]) va erotik ([[striptiz]]) turlarga ajratiladi. Raqs harakatlari orqali fikrlar va hissiyotlarni yetkazish, hikoyanavislik qilish mumkin. Raqs evolutsiyasi natijasida turfa uslublar kelib chiqdi. Masalan, nisbatan yaqinda paydo boʻlgan [[breakdance]] [[Hip hop|hip hop]] madaniyatiga oiddir; [[afrika]]cha raqs esa izohlanishlidir; balet va vals klassik raqs boʻlsa, [[step]] zamonaviydir. Katta tezlikli raqslarga tushayotganda tajriba va ehtiyotkorlik talab etiladi, yoʻqsa (pay tortishishi va hk) jarohatlanish mumkin. Raqs ijrosi sanʼati [[xoreografiya]] deyiladi. Raqs yaratuvchi shaxs esa ''xoreograf'' deb ataladi.
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 26:
Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston hududida topilgan qoya tosh tasvirlari arxeologik topilmalar bu yerda raqs juda qadimligidan guvohlik beradi. Oʻzbek raqs sanʼatining qadimiyligi, shakl va turlarining boyligi ajdodlarimiz asosan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan bogʻliq boʻlganidan kelib chiqqan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto" davridayoq raqs sanʼati shakllanib, xalq va professional raqs — ikki yoʻnalishda rivojlanishga kirishgan edi. Yunon — Baqtriya podsholigi davrida (mil, av. 4—3-asrlar) Turon raqs sanʼatining darajasi Yunoniston, Vizantiya, Hindiston va Xitoy raqsi bilan bahslashishiga imkon bergan. Shahar madaniyatining rivojlanishi tufayli bu sanʼat yanada mazmundor va rang-barang boʻla boradi. 4—8-asrlarga kelib Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Toshkent kabi shaharlaridan raqs ustalari Buyuk ipak yoʻllari boʻylab Rum, Misr, Gʻarb oʻlkalarigacha, Sharqda Xitoy, Koreya va hatto Yaponiyagacha borib, oʻz sanʼatlarini namoyish etadilar. Chunonchi, Xitoyda ajdodlarimizning "Xusyuanʼu" raqsi mashhur boʻlgan. Shoir Yuan Chjan (776—831) va boshqalar madh etgan.
 
Musulmonlik davrida ham Oʻzbekiston sarhadlarida turli taraqqiyot bosqichlarida paydo boʻlgan. Raqslar, oʻyinlar bir-biriga taʼsir koʻrsatib, yonmayon yashab kelgan. Shu bois shahar va qishloqlarda oʻtkazilgan toʻy, bayram va maʼrakalardagi "Beshqarsak" kabi qad. oʻyinlar ham, "Katta oʻyin", "Lazgi", "Kema oʻyin", "Ashshadaroz" singari katta umumlashmaga, ramziy timsollarga ega. Rlarni ham, jangovar oʻyinlarni ham uchratish mumkin boʻlgan. 9—12-asrlardagi Uygʻonish davrida raqs sanʼatida ham chinakam koʻtarilish yuz bergan, koʻpgina qad. Raqslar tiklanib, navroʻz, mehrjon va sada bayramlarida namoyish qilingan. Abul Fayz Bayhakiyning yozishicha, oʻsha davrda birgina Termiz sh.ningshahrining oʻzida yuzlab sanʼatkorlar boʻlib, Amir Maʼsudni kutib olish uchun Termizdan 300 dan ziyod sanʼatkor Amudaryo boʻyiga kelgan ekan. Buxoro, Gurganj, Kesh va boshqa shaharlarda ham raqsga eʼtibor baland boʻlgan. Xorazmda Abul Abbos Maʼmun hukmronligi davrida (1003—1017) raqs sanʼati yaxshi rivojlangan.
 
Raqs sanʼati, ayniqsa, Amir Temur va temuriylar saltanatida ravnaq topgan. Unda xotinqizlarning oʻrni katta boʻlgan. Rang-baranglik, tarixiy qatlamlar raqsda yaqqol koʻzga tashlangan. Olov atrofidagi oʻyinlar, Anaxita va Rustam timsollariga bagʻishlangan oʻyinlar, maqom raqslari, "Argʻushtak" kabi raqslar shu jumladandir. "Munojot", "Tanavor", "Lazgi" raqslari ham aynan shu davrda malakali ijrochilar dasturidan mustahkam oʻrin olgan. 15-asrning 2-yarmi va 16-asr boshida Sayyid badr, Tohir chakka, Mohchuchuk, Maqsudali, Katta Moh, Kichik Moh laqabli raqs ustalari shuhrat qozondi. Bu davrda raqs sanʼati xalq raqsi va malakali raqs yoʻnalishida rivojlandi.
Qator 45:
 
{{commonscat|Dance|Raqs}}
 
{{stub}}
 
{{OʻzME}}
 
 
{{stub}}