Abdurauf Fitrat: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 85:
[[1917]]-yilning oktyabr oyini „Yurt qayg‘usi“ deb baholadi. Ammo nurli kelajakdan umid uzmadi. [[1917]]-yil 27-noyabrda eʼlon qilingan [[Turkiston Muxtoriyati]]ni so‘ngsiz mehr bilan qarshi oldi. Hatto 27-noyabrni „Milliy laylatulqadrimiz“ deb atadi. Ammo uning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, [[1918]]-yilning 19-20 fevralida [[Turkiston muxtoriyati]] [[bolsheviklar]] va [[armanlar]]ning „[[Dashnaksutyun]]“ partiyasi tomonidan qonga botirildi. Bu voqea tarixda „[[Qo‘qon voqeasi]]“ nomini olgan.
 
[[1918]]-yil martdagi Kolesov voqeasidan keyin u [[ToshkentgaToshkent]]ga keldi. Dastlab [[Xadra]]dagi maktabda, may-iyun oylaridan boshlab [[Turkiston musulmon dorilfununi]] qoshida tashkil topgan dorulmualliminda til va adabiyotdan dars berdi. [[1919]]-[[1920]]-yillarda [[Afg‘oniston Amirligi]]ning [[Toshkent]]dagi vakolatxonasida tarjimonlik qildi.
 
[[Toshkent]]da u asosan ilmiy, ijodiy maʼrifiy ishlar bilan ko‘proq band bo‘ldi. Bir qator darsliklar tuzdi, „[[Chig‘atoy gurungi]]“ nomli ijtimoiy-adabiy tashkilot tuzib, unda faol ishtirok etdi. [[1920]]-yil 9-aprelda „[[Tong]]“ jurnalini tashkil etib, yosh ziyolilar avlodini millatparvarlik va vatanparvarlik ruhiyatida tarbiyalashga kirishdi. „[[Tong]]“ jurnalining shiori bo‘lgan: „Miya o‘zgarmaguncha boshqa o‘zgarishlar negiz tutmas!“ so‘zlari Fitratning shu-yillarda olib borgan faoliyatining maqsad-mohiyatini to‘la ifodalaydi. Jurnalda „[[Chig‘atoy gurungi]]“ aʼzolarining deyarli barchasi ishtirok etdi. Afsuski, jurnal ishi 3-sondan keyin to‘xtab qoldi.