Isfana oʻrta maktabi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Qator 191:
'''„Isfana“ oʻrta maktabi''' — ({{lang-ru|Средняя школа «Исфана»}}; {{lang-ky|«Исфана» орто мектеби}}) — [[Qirgʻiziston]]ning [[Isfana]] shahrida joylashgan oʻrta [[maktab]]<ref>{{cite web|url=http://www.citykr.kg/isfana.php|title=Isfana haqida umumiy maʼlumot {{ref-ru}}|work=Qirgʻiziston shaharlari birlashmasi|accessdate=15.10.2012}}</ref>. Oʻrta maktab deb nomlanishiga qaramasdan, maktabda 1-dan 11-gacha sinflar bor. „Isfana“ oʻrta maktabida darslar [[oʻzbek tili|oʻzbek]] tilida oʻtiladi<ref>{{cite web|url=http://www.isfana.org/obraz/shkoly.html?start=2|title=Isfanadagi maktablar|work=Isfana shahrining rasmiy vebsayti|accessdate=16.01.2012|language=ruscha}}</ref>.
 
„Isfana“ oʻrta maktabiga 1936-yil asos solingan. Maktab ilk bitiruvchilarini 1938-yil chiqargan. Maktab boshida hozirgi 4548-sonli kasb-hunar litseyi joylashgan yerda boʻlgan. „Isfana“ oʻrta maktabining hozirgi binosi esa 1989-yil qurib bitirilgan.
 
== Tarixi ==
Qator 198:
1930-yillarda Isfana qishlogʻida oliy yoki oʻrta maxsus bilim yurtlarini bitirgan oʻqituvchilar juda oz boʻlgan. Avval Budenniy boshlangʻich maktabining oʻquvchilariga, keyin „Isfana“ yetti yillik maktabi oʻquvchilariga bilim berish uchun [[Oʻsh viloyati]]dan va qoʻshni respublikalardan oʻqituvchilar yuborilgan. [[Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi]] (Oʻzbek SSR) xalq maorifi komissari tomonidan Isfanaga quyidagi oʻqituvchilar joʻnatilgan: 1934-yilda [[Bekobod]]dan R. Tulamov, 1938-yilda [[Toshkent]]dan O. Toʻqtasinov, Sh. Inoyatov K. Dundiyev.
 
Maktab boshida hozirgi 4548-sonli kasb-hunar litseyi joylashgan yerda boʻlgan. Oʻsha paytlarda „Isfana“ maktabining binosi uch qanotli boʻlib, uning bir qanotida [[bolalar uyi]], ikkinchi qanotida [[Laylak tumani]] maorif idorasi joylashgan boʻlgan. Uchinchi qanotda esa oʻquvchilar taʼlim olgan. Bolalar uyi 1949-yilda yopildi.
 
1940-yildagi maʼlumotlarga koʻra, oʻsha paytda maktabda 18 sinfda 322 oʻquvchi oʻqigan. „Isfana“ maktabi 1960-yilda sakkiz yillik majburiy taʼlimga oʻtdi. SSRIda sakkiz yillik maktablar toʻliq boʻlmagan umumtaʼlim, politexnik maktablar boʻlgan. 1960-yildan 1969-yilgacha Rajapov Gʻulom, Gaffarov Rizoqul, Qunduzova Xosiyatlar maktab direktori lavozimida ishlagan. „Isfana“ sakkiz yillik maktabi 1973-yili oʻrta maktabga aylandi, oʻrta maktabning taʼlim muddati 10 yilga uzaytirildi.