Oʻrgimchak: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Malikxan Oʻrgimchaklar sahifasini Oʻrgimchakga koʻchirdi
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 1:
[[Fayl:Spiders Diversity.jpg|thumb]]
'''Oʻrgimchaklar''' — [[oʻrgimchaksimonlar]] [[turkum]]i. Uzunligi 0,7 sm dan 11 sm gacha bo‘ladi. Koʻpchilik oʻrgimchaklar, [[tana]]si qisqa, poyacha orqali tutashgan, yaxlit boshkoʻkrak va qorin boʻlimidan iborat; faqat boʻgʻimqorinli oʻrgimchaklar tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan. Xelitserasiga [[zahar bezlari]] yoʻli ochiladi. Qorin boʻlimi keyingi qismida 1—4 juft toʻr bezlari joylashgan. 27000 dan ortiq, jumladan Oʻzbekistonda bir necha yuz [[tur (biologiya)|tur]]i bor. 3 kenja turkum: boʻgʻimqorinlilar, qushxoʻr oʻrgimchaklar va oʻpkali oʻrgimchaklarga boʻlinadi. Boʻgimqorinlilar tuban tuzilgan 10 ga yaqin tropik oʻrgimchaklarni oʻz ichiga oladi. Qushxoʻr oʻrgimchaklar, asosan, tropikada tarqalgan, 1500 ga yaqin yirik, (10 sm gacha) turlardan iborat. Koʻpchilik oʻrgimchaklar murakkab toʻr toʻqib, oʻljasini toʻr yordamida tutadi. Faol hayot kechiradigan turlari toʻr toʻqimaydi; inda yashaydi. Yirtqich oziqlanadi, ayrim turlari uchun kannibalizm xos. Oʻrgimchaklar [[zararkunanda hasharotlar|zararkunanda]] va [[parazitizm|parazit]] [[hasharotlar]] va boshqalar [[umurtqasizlar]] bilan oziklanishi tufayli foydali hisoblanadi. [[Qoraqurtlar|Qoraqurt]] va [[biylar]] zahri odam uchun xavfli.
 
==Manbalar==
{{OʻzME}}