Arslon: Versiyalar orasidagi farq

110 bayt olib tashlandi ,  3 yil oldin
tahrir izohi yoʻq
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash Koʻrib tahrirlagich
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
}}
'''Arslon''', '''sher''' (Panthera leo) –mu-shuksimonlar oilasining bir turi. Uz. 240 sm gacha (urg‘ochisi kichikroq), og‘irligi 280 kg gacha. Yuz qismi cho‘ziq, dumining uchida uzun qora qildan ibo-rat popugi bor. Tanasi kalta jun bilan qoplangan, erkaklari tanasining ol-dingi qismi (bo‘yni, ko‘kragi va yuzi)dagi uzun yunglari yolni hosil qiladi (jinsiy demorfizm). Rangi sarg‘ish, yoli qoramtir. Qadimgi areali Afrika (G‘arbidan tashqari), Yevropa (Bolqon yarim oro-li, Zakavkaze – Armaniston), Osiyoni (Arabiston yarim oroli, Kichik, Old va Janubiy Osiyo – Sharqda Hindistongacha) o‘z ichiga olgan. Individlar soni va areali keskin kamayib ketgan, hozirgi areali asosan Markaziy Afrikaning qo‘riqlanadigan hududlari va qisman Janubiy Osiyodan iborat. A. cho‘l, savanna va daryo yaqinidagi o‘rmonlarda yashaydi. Po-ligam, oilaviy guruh hosil qiladi. Har 2 yilda bir marta 3 – 4 tadan bolalaydi. Homiladorlik davri 4 – 5 oy, 6 -7 yoshida voyaga yetadi, erkagidan 3 yoshda yol chiqadi. A. kechasi guruh bo‘lib ov qiladi, yirik tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Qari va yarador A. odamga ham hujum qilishi mumkin. 70 yilgacha yashaydi. A. hamma joyda muhofaza qilinadi; hind kenja turi (P. L. persica) Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilot Qizil kitobiga kiritilgan.
 
HAYVONLAR QIROLI VAXSHIY VA YIRTQICH BO‘LIB GO‘SHT BILAN OZIQLANADI.
 
== Adabiyotlar ==
* [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
<!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
{{OʻzME}}