Manjurlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash, replaced: 6 y. → 6 yil (3), -a.da → -asrda (8), mil. 4 → milodiy 4 using AWB
Tahrir izohi yoʻq
Qator 3:
M.ning etnogenezi milodiy 4-asrdagi "moxe-vuji" qabilalar ittifoqiga borib taqaladi. Dastlab ushbu ittifoq tarkibiga Manjuriyadagi Sungxuajang va Xeylungjyang daryolari boʻyida ovchilik va dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi sumuo, buoduo, anchegu, funis, ben-xay xaoshi, xeyshuy, bayshan kabi 7 kabila kirgan, keyinchalik ularning soni 16 taga koʻpaygan. 7—8-asrlarda xeyshuy va moxe kabilalari kuchayib Bo-xay davlatini tuzganlar. 926 yilbu davlat kidonlar tomonidan tugatilgan, 10-asroxiri —11-asrda M. vanʼyan qabilasi asosida yana birlashganlar, ularni umumiy holda nyuyjeng deb atashgan. 12-asr boshida Aguda boshchiligida nyuyjen-glarning Jin (Szin — oltin) davlati tashkil etilgan (1115—1234). Bu davlat yemirilgach, nyuyjenglar tarqab ketganlar. 1635 yil Nurxachi (Nurxatsi) ularni qayta birlashtirib, Jin davlatini tiklagan. Shundan soʻng nyuyjenglar oʻzlarini man (toʻla, tugal maʼnosini bildiradi), yashagan joylarini esa Manchjou (Manlar vohasi) deb atashgan. 1636 yil bu davlat nomi Chin (rus adabiyotida Sin — tiniq, toza maʼnosida)ga oʻzgartirilgan. M. 17-asr oʻrtalarida Koreya, Xitoyni bosib olib Sin imperiyasini tuzdi. Soʻngra Mon-goliyani, 18-asrda Tibet, Jungʻoriya, Torim vohasidagi davlatlarni tugatib, ular hududini ham egallab olgach, u yerlarda mustamlakachilik rejimini oʻrnatishgan.
 
Chin (Sin) imperiyasi agʻdarilgunga qadar (1911) M.ga keng imtiyozlar berilgan edi. M.ning koʻpchiligi ona tilini unutib, xitoy tili va madaniyatini oʻzlashtirgan va xitoy madaniyatiga ham taʼsir koʻrsatgan. Urugʻchilik qoldiqdari bir qadar saqlanib qolgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{no iwiki}}
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
 
 
{{OʻzME}}
{{stub}}