Ega: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
k 213.230.107.19 tahrirlari Olaf Studt versiyasiga qaytarildi Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali Kengaytirilgan mobil rejim orqali |
||
Qator 1:
'''Ega''' — [[gap]]ning bosh boʻlaklaridan biri; gapni tashkil etishda muhim rol oʻynaydi. E. fikrning kimga, nimaga qarashli ekanligini anglatadi, shu jihatdan kesim bilan oʻzaro yaqin bogʻlangan. E., odatda, kesim orqali, kesim esa E. orqali, bir-biriga nisbat berish bilan belgilanadi. [[Grammatika|Grammatik]] jihatdan E. boshqa boʻlaklarga nisbatan hokim vaziyatni egallaydi (baʼzi [[ilm]]iy [[adabiyot]]larda mutlaq hokim sifatida gapning kesimi koʻrsatiladi). E. vazifasida kelgan [[soʻz]] egalik va koʻplik [[qoʻshimcha]]larini qabul qila oladi va bosh kelishlik shaklida qoʻllanadi. U koʻpincha [[ot (soʻz turkumi)|ot]], [[olmosh]], otlashgan soʻz va [[soʻz birikmasi]] bilan ifodalanadi. E., asosan, [[kesim]]dan avval keladi; bunday [[soʻz tartibi]] E.ning grammatik [[belgi (soʻz)|belgi]]laridan biridir. Baʼzan kesimdan keyin ishlatilishi ham mumkin; bu hodisa [[inversiya]] deyiladi. E. baʼzan birgina soʻzdan, baʼzan esa bir necha soʻzdan, yaʼni [[sintaktika|sintaktik]] birlikdan iborat boʻladi. Mas: T i n ch l i k urushni yengadi. Ishlagan tishlar, ishlamagan kishnar ([[Maqol]]). Otlarning otxonaga olib oʻtilmagani Ziyodillani taajjublantirdi ([[Hamid Gʻulom|H.Gʻulom]]).
E. gapda har doim biror soʻz yoki soʻzlar birikmasi bilan ifodalanishi shart emas. Baʼzi gaplarda E. tushib qolishi, yashirin boʻlishi mumkin. E.ning gapda qoʻllanishi yoki qoʻllanmasligi gapning mantiqiy mundarijasi, [[grammatik shakl]]i va [[nutq]] [[uslub]]i bilan bevosita bogʻliq
Neʼmat Mahkamov.
|