Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
Qator 30:
1959 yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992 yilda (keyin 2001 yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992 yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida" (1993 yil 18 mart) hamda "Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida" (1996 yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning "Neftchi" klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), "Paxtakor" klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, "Barkamol avlod" va "Umid nihollari" musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan "Futbol gʻunchasi" musobaqalarida 692 jamoada 13840, "Futbolimiz kelajagi" musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning "Andijanka", Namanganning "Gulbahor", Qarshining "Sevinch" jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning "Matonat" jamoasi (hozirgi "Baynalmilal") jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). "Oʻzbekiston futboli" (Toshkent), "FutbolEkspress" (Andijon), "Asr futboli" (Namangan), "Inter futbol" (Kosonsoy), "Boks plyus futbol" (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28–40 x 16–20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400–600 g , aylana diametrining uz. 60–62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 min. (20 min.dan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989 yildan, Osiyo chempionati 1998 yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997 yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).
 
Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950 Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978 Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp. Nodirbek
 
1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.