Andoza:Yaxshi maqola: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
New
Qator 1:
[[Fayl:TheWhere HundredRivers Thousandand FoolsMountains of GodSing.jpg|right|120px]]
'''„Where Rivers and Mountains Sing: Sound, Music, and Nomadism in Tuva and Beyond“''' („Daryolar va togʻlar kuylovchi yerlar: Tiva va uning atrofidagi hududlarda tovush, musiqa va koʻchmanchilik“) ({{lang-ru|Музыка новых номадов. Горловое пение в Туве и за ее пределами}}; „Yangi koʻchmanchilar musiqasi. Tiva va uning atrofidagi hududlarda [[jir]] ijrosi“) — amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]] qalamiga mansub kitob. Kitob matnini boshdan-oyoq Levin yozgan boʻlsa-da, muallif unga yaqindan koʻmaklashgan va u bilan gʻoyalarini boʻlishgan [[tiva]]lik etnograf olima Valentina Suzukeyni hammualif oʻlaroq koʻrsatgan. Kitobda [[Oltoy togʻlari]] yaqinida yashovchi koʻchmanchi xalqlar, xususan, [[tivalar]], [[xakaslar]], [[oltoylar]], [[moʻgʻullar]], [[qozoqlar]] va [[qirgʻizlar]] musiqiy merosi haqida soʻz yuritiladi. Kitobda, shuningdek, tivalik jirovlardan iborat „Xun-Xurtu“ musiqiy guruhi faoliyati atroflicha yoritilgan.
'''„[[The Hundred Thousand Fools of God]]: Musical Travels in Central Asia (and Queens, New York)“''' („Yuz ming abdol: Oʻrta Osiyoda (va Queens, New Yorkda) musiqiy sayohatlar“) — amerikalik musiqashunos va etnograf [[Theodore Levin]] qalamiga mansub kitob. Ilk bor 1996-yil chop etilgan, 1999-yil qayta nashr qilingan. Kitobda [[Oʻrta Osiyo]], xususan, [[Oʻzbekiston]] va [[Tojikiston]] musiqiy merosi, bu xalqlar musiqasida [[Sovet Ittifoqi]] davrida qilingan islohotlar hamda mintaqada ijod qilgan yetuk musiqachilar hayoti va ijodi haqida soʻz yuritiladi. Asarda, shuningdek, Levinning doʻsti va hamkasbi, musiqashunos olim [[Otanazar Matyoqubov]] bilan suhbatlari, hamkorlikda qilgan sayohatlari atroflicha yoritilgan. Kitob 23 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] bilan nashr qilingan. Bu kuy va musiqalarning 21 tasini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oʻrta Osiyo xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan. Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Illinois universiteti professori Donna Buchanan kitobni yuqori baholadi: „Garchi bu kitob asosan [[Movarounnahr]] musiqasi haqidagi etno-musiqiy etnografiya boʻlsa-da, u antropologiya, sovet va postsovet tadqiqotlar, islomshunoslik, tillar mutaxassislari uchun hamda ekspressiv madaniyat siyosati, musiqa va [[tasavvuf]], anʼanalar va oʻzgarishlar, qishloq-shahar dialektikasi yoki shunchaki Oʻrta Osiyo hayotining jozibali goʻzalligiga qiziqqan har bir kishi uchun katta ahamiyatga ega“.
 
Asar ilk bor 2006-yil [[AQSh]]ning Bloomington shahrida Indiana University Press nashriyotida chop etildi. 2010- va 2019-yillarda qayta nashr qilindi. 2012-yil [[Moskva]] shahrida „Klassika XXI“ nashriyotida Ilya Kun oʻgirgan [[Rus tili|ruscha]] tarjimasi chop etildi. Kitob 40 qoʻshiq va kuyni oʻzida jamlagan hamroh [[kompakt-disk]] hamda 25 ta videolavhani oʻzida jamlagan DVD disk bilan nashr qilingan. Kuylarning barchasini va videolarning aksarini Levinning oʻzi yozib olgan. Kitobda, shuningdek, Oltoy xalqlari musiqasi va musiqiy hayoti toʻgʻrisida yozilgan ilmiy asarlar bibliografiyasi keltirilgan.
'''''[[The Hundred Thousand Fools of God|davomi...]]'''''<noinclude>
 
Kitob tanqidchilar va oʻquvchilar tomonidan yaxshi kutib olindi. Britan qoʻshiqchisi va etnomusiqashunosi Carole Pegg kitobni yuqori baholadi: „Kitob etnografik tafsilotlarga boy boʻlib, bizni tovush va musiqa orqali nafaqat zamonaviy koʻchmanchilar fizik dunyosiga, balki ularning [[Animizm|animistik]] ishonch va anʼanalari, [[Shomonlik|shomonlar]] va dostonchilardan iborat ruhiy dunyosiga ham yetaklaydi. Levin qator nazariyotchilar, jumladan, etnomusiqashunoslar, antropologlar, tilshunoslar, musiqachilar, bastakorlar, tarixchilar, evolyutsiya psixologlari, faylasuflar va sanʼat tarixchilariga tayanadi.“ Ammo Pegg kitobda Oltoy xalqlari sanʼatidan uslubiy jihatdan farq qiluvchi qozoq va qirgʻiz sanʼati haqida soʻz yuritilganini, ijrochilarni yozib olish aksar holatlarda „sahnalashtirilgan“ muhitda oʻtkazilganini hamda ayrim holatlarda kichik aholi punktlariga koʻp sonli xorijlik aʼzodan iborat etnografik guruh tashrif buyurganini tanqid qildi..
 
'''''[[TheWhere HundredRivers Thousandand FoolsMountains of GodSing|davomi...]]'''''<noinclude>
 
:[[Vikipediya:Yaxshi maqolalar|Arxiv]]