Imomi Aʼzam: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Ba'zi imloviy xatolar Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
|||
Qator 1:
'''Imomi Aʼzam''', Abu Hanifa
I. A. 747—48 y.larda Iroq hokimi ibn Hubayra taʼqibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoliyatini davom ettiradi. Xalifa almansur (754—775) unga yangi poytaxt Bagʻdodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimini egallashni taklif qiladi. Biroq I. A. bu taklifni rad etadi. Shunda Mansur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur I. A.ga zahar ichirgan va u zot shu sababdan shahid boʻlgan, degan rivoyat ham bor.
I. A. islom ulamolari orasida eng yetuk olimlardan edi. U odamlarga qulay, toliblarga yengil boʻladigan yoʻlni topishga muvaffaq boʻldi: sharʼiy ilmni birinchi boʻlib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. I. A.ning ilmi kalom, fiqx, hadis, sarf ilmlariga oid bir necha kitoblari mavjud: "Kitob as-salot" ("Namoz ahkomlari kitobi"), "Kitob almanosik" ("Haj kitobi"), "Kitob ash-shurut" ("Shartnomalar haqida kitob"), "Kitob alfaroiz" ("Meros ilmi haqida kitob"), "Kitob al-olim val-mutaallim" ("
I. A. faqihlarning ustozi. Oʻrta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy I. A. musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, u 1326
I. A.dan taʼlim olgan shogirdlar zamonasining yetuk peshvolari boʻlib yetishgan. Ana shunday shogirdlardan biri Abu Yusuf boʻlib, Horun ar-Rashid davrida qozilik vazifasida ishlagan. Ikkinchi shogirdi imom Muhammad ibn Hasan oʻz navbatida ustozidan olgan barcha ilmini imom Shofiʼiyga oʻrgatgan. Hadislarni saralashga mohir boʻlgan, har bir masalani dalillay oladigan Zufar ibn Xuzayl ham I. A.ning koʻzga koʻringan ashoblaridandir. Yana bir shogirdi Hasan ibn ZiyodI. A.ning "Adab al-kadi" ("Qozining odobi"), "Annafaqot" ("Nafaqalar"), "Faroiz" ("Meros ilmi") kabi kitoblarini yozib tugatdi. I. A.ning oʻgʻli Hammod va nabirasi Ismoil ham sharʼiy ilmlar borasida yetuk allomalar edi, ular turli shaharlarda qozilik mansabida ishlashgan. Hurosonda birinchi boʻlib hadisni yozib olgan Abdulloh ibn Muborak ham I. A.dan taʼlim olgan.
|