Legenda (xaritagrafiya): Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 1:
'''Legenda''' (lot.[[Lotin tili|lotincha]]: Legenda — oʻqilishi kerak boʻlgan narsa), haritagrafiyada — harita mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar majmuasi. L. haritaga olingan obʼyektning mantiqiy asosini ifoda etadi. Belgilarning ketma-ket joylashtirilishi, ularning oʻzaro bir-biriga muvofiqligi, shtrixli elementlar uchun ranglar gammasini toʻgʻri tanlab olish haritada tasvirlanayotgan hodisa yoki jarayon tasnifiga mantiqan boʻysundirilgan boʻladi. L. asosiy harita bilan uning ramkalari orasidagi boʻsh qolgan joylarda va undan tashqarida maqsadga muvofiq joylashtiriladi. Geografik atlaslar va koʻp varaqli haritalarda L. alohida sahifada beriladi yoki risola holida ularga ilova qilinadi. Ad.: Salishev K. A., Kartografiya [3 izd.], M., 1990.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{stubOʻzME}}
 
 
{{stub}}
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->