Xevi-metal: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k →‎Xarakteristikasi: kichik o'zgarishlar
Tahrir izohi yoʻq
Qator 14:
'''Heavy metal''' (baʼzida shunchaki '''metal''') [[1960]]-yillar oxiri va [[1970]]-yillar boshlarida paydo boʻlgan [[rock]]-musiqaning bir [[janr]]idir. Ildizlari [[blues-rock]] va [[psixedelik rock]]ga borib taqaladi. Qalin, ogʻir tovushli [[gitara]] va [[Dovul (cholgʻu asbobi)|dovullar]] qoʻllanishi, tezlashgan [[distortion]] va gitara sololari bilan xarakterlanadi.
 
Heavy metal dunyo boʻylab "[[metalhead]]lar"lar“ yoki "[[headbanging|headbangerlar]]" degan muxlislariga ega. [[Led Zeppelin]] va [[Black Sabbath]] kabi ilk heavy metal guruhlari keng ommani jalb etgan boʻlsa-da, oʻz davrlarida tanqidga uchragan edilar. 1970-yillar oʻrtalarida [[Judas Priest]] guruhi janrni [[blues]] taʼsiridan chiqarib, oyoqqa turgʻizdi; [[Britan Heavy Metal Yangi Toʻlqini]] boshlandi, bunda u [[punk rock]] kabi tez ohanglarni ishlatishga oʻtdi.
 
Heavy metal 1980-yillarga kelib mashhur boʻlib, ostjanrlari koʻpayib ketdi. Ekstremal metal janrlari [[Underground musiqa|underground]] klublarda qoʻyilardi; [[glam metal]] va [[thrash metal]] kabi boshqa janrlari esa [[pop-madaniyat]] qismiga aylana bordi. Soʻnggi yillarda bu ostjanrlar orasiga [[new metal]], [[alternative metal]] kabilar ham qoʻshildi.