Chernogoriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k Tuzatama(lar) (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
Qator 7:
 
== Tarixi ==
Ch. xududiga qadimda illiriylar kelib joylashgan. Miloddan avvalgi 1asrda Rim tomonidan bosib olingan. Milodiy 1asrda Ch. hududi (11-asrgacha Duklya, keyinchalik Zeta, 15-asrdan Ch. deb atalgan) Rimning Dalmatsiya, 297 yildan Prevalitana provinsiyasiga qoʻshib olingan. 7-asrda slavyanlar kelgan. 1479 -yildan mamlakat tekislik kismi turklar tasarrufida boʻldi. 1499 -yilda Ch. hududi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga qoʻshib olindi. Turklarga qarshi kurashgan mitropolit Danilo Petrovich Negosh (1697—1735 -yillarda hukmronlik qilgan) Negoshlar sulolasi (1697— 1918)ga asos solgan. 1796 -yil Ch. amalda mustaqillikka erishdi. Napoleon urushlari va serblarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlarida (1804— 15) Ch. Rossiya va Serbiya tomonida boʻldi. 1852 -yil Ch. merosiy knyazlik deb eʼlon qilindi. 1878 -yil Berlin kongressi qaroriga binoan, Ch. toʻliq mustaqil davlat deb tan olindi. 1910 -yildan Ch. qirolligi deb ataddi. Ch. Bolqon urushlari (1912—13)da qatnashdi. Birinchi jahon urushi (1914—18)da Antanta tomonida turib urushdi. 1918 -yil 1 -dekabrda Serblar, xorvatlar va slovenlar qirolligi (1929 -yildan Yugoslaviya) tarkibiga kirdi. 1941 -yil aprelda fashistlar Germaniyasining Yugoslaviyaga hujumidan soʻng, Ch. Italiya qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1944 -yil dekabrda Yugoslaviya xalq ozodlik armiyasi tomonidan ozod etiddi. 1945 -yil noyabr dan Ch. Yugoslaviya tarkibidagi olti respublikadan biri boʻldi. 1991 -yil Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, undan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Makedoniya chiqib ketgach, Serbiya bilan Ch. Yugoslaviya Ittifoq Respublikasini tuzdilar. 2003 -yil 4 -fevraldan bu davlat Serbiya va Qoratogʻ deb atala boshladi.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 15:
 
==Maorifi, ilmiy va madaniymaʼrifiy muassasalari==
Taʼlimning asosiy turi — 8 yillik maktab. 2 yillik umumiy oʻrta maktablar, maqsadli oʻrta taʼlim maktablari, 8 yillik maktab negizida ishchi malakasini beruvchi qoʻshimcha maktablar mavjud. Podgoritsada universitet (1973), Nikshichda ped. akademiyasi, Kotorda oliy dengiz maktabi bor. Ch. fan va sanʼat akademiyasi (1976 -yil tashkil etilgan), tarix, geol. va kimyoviy tadqiqotlar, gidrometeorologiya, dengiz biol.si institutlari, seysmologiya styasi bor. Bir qancha kutubxona, jumladan, Setine shahrida Markaziy xalk, kutubxonasi ishlaydi. Yirik muzeylari: Qad. sanʼat, etn., tarix muzeyi, Negosh Petrovich muzeyi, Dengiz muzeyi.
 
Kundalik "Pobeda" ("Gʻalaba") gaz. serb tilida 1943 -yildan chiqadi. Podgoritsada radiostya va telemarkaz ishlaydi.
 
[[Tasvir:Montenegro municipalities.png|thumb|250px|right]]
== Adabiyoti ==
Qoratogʻ adabiyoti qoʻshni xalklar adabiyoti, ayniqsa, serb adabiyoti bilan uzviy aloqada rivojlangan. Birinchi yirik bosma adabiy asar Ch.da hukmronlik qilgan Vasiliy Petrovich (1709— 66)ning "Qoratogʻ toʻgʻrisida tarix" asari boʻlib, u 1754 -yil Moskvada nashr etilgan. Yangi qoratogʻ adabiyotining boshlanishi 18-asr oxiri — 19-asr 1yarmiga toʻgʻri keladi. Uning asoschisi shoir va davlat arbobi Pyotr II Petrovich Negoshdir (1813 — 51). Uning ijodi qoratogʻ sheʼriyatida1918 -yilgacha eng yuksak choʻqqi hisoblanadi. "Qoratogʻning qisqacha tarixi" asari (1835 -yil nashr etilgan) muallifi hukmron Pyotr (Petar) I Negosh sheʼriy asarlar ham yozgan. 1827— 31 yillar Ch.da yashagan serb yozuvchisi va tarixchisi S. MilutanovichSarayliya "Qoratogʻ tarixi" asari (1835)ni va 2 drama yozgan. 19-asr — 20-asr boshlaridagi nazmda S.M.Lyubishi va serb yozuvchisi S.Matovul xikoyalari ajralib turadi. S.Matovul bir necha yil Ch.da yashab qoratogʻ xalqi turmushini aks ettiruvchi bir qancha hikoya va roman yozgan. Bu davrda yozuvchilardan L. Yovovich, S.Vuletich, M.Tomich, S.Shobaich samarali ijod kildilar. 30-yillarning boshlarida boshqa xalklar adabiyotidagi kabi Ch. adabiyotida ham "ijtimoiy realizm" okimi vujudga keddi va shu oqim yoʻnalishida sheʼriy asarlar yaratildi. Bular R.Zogovichning "Musht" (1936), "Olovli kaptarlar" (1937) toʻplamlari, "Kelgindilar" dostoni (1937); M.Banevichning "Oʻrmon" (1938), "Olovli tong" (1941) toʻplamlari; Ya.Jonovichning "Ikki dare" (1938) va M.Vukovichning "Yer" (1934) toʻplamlari. Shu yillarda D.Jurovich "Togʻliklar orasida" hikoyalar toʻplami (1936), "Duklya mamlakati" romani (1939), N.Lopichich "Dehqonlar" hikoyalar toʻplami (1939)ni yaratdilar va ularda qoratogʻ xalkining real hayotini aks ettirdilar. 1950—70 yillar adabiyotida M. Lalich alohida oʻrin tutadi. Uning "Toʻy" (1950), "Yomgʻirli bahor" (1953), "Uzilish" (1955), "Leley tom" (1962) romanlarida xalq ozodlik kurashi mavzui yorkin aks etgan. A.Asanovich, Ch. Vukovich kabi yozuvchilar ham shu mavzuda hikoya va romanlar yaratdilar. Bu davr sheʼriyati yutuklari R.Zogovich, D.Jonovich, M.Banevich, D.Kostich, R.Veshovich, M.Kral, S.Petrovich, Ye.Brkovich kabi shoirlar ijodi bilan bogʻliq. Dramaturgiya sohasida Ye.Brkovich,. V.Ivanovich, J. Komanin va boshqalarning pyesalari alohida oʻrin tutadi.
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Qator 29:
 
== Musiqasi ==
Ch.da 19-asr oxirigacha faqat xalq musiqa madaniyati rivojlangan. Xalq epik, qaxramonlik, lirik, marosim qoʻshiklarini ijro etishning qad. anʼanalari saqlangan. Xalq musiqasining asosiy cholgʻusi qoʻbizsimon gusle. Oro raqsi keng tarqalgan. 19-asr oxirida musiqiy jamoa tashkilotlari va ijrochi jamoalar paydo boʻldi. Kompozitor Y. Ivanishevich, xormeyster A. Ivanovich dastlabki professional musiqachilaridandir. Birinchi musika maktabi 1924 -yil Setineda tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi (193945) dan keyin Setine (1947), Podgoritsa (1950, M. Milyanov nomida), Kotor (1950) va boshqa shaharlarda musiqa maktablari ochildi. Podgoritsada Radioning simfonik orkestri va aralash xori, "Oro" xalq ashula va rake ansambli bor. Havaskorlik xor jamiyatlari, Ch. kompozitor ijrochimusiqachilar jamiyati ishlaydi.
 
== Teatri ==
Ch. professional teatri 19-asr — 20-asr 1yarmida rayem boʻlgan teatrlashtirilgan marosimlardan boshlanadi. Teatr madaniyatini rivojlantirishda Pyotr II Petrovich Negosh ijodi katta ahamiyatga ega boʻlgan. Uning "Togʻ toji" (1847) va "Soxta podsho Stepan Mali" dramatik asarlari Ch. oʻtmishiga bagʻishlab yozilgan (havaskor teatr toʻgaraklari tomonidan qoʻyilgan). 1953 -yil Podgoritsada Ch. milliy teatri (drama va opera truppalari bilan) tashkil etilgan. Rejissyorlardan B. Erakovich, aktyorlardan V. Mandich, D. Tomas, B. Vukovich va boshqa mashhur.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->