Oltoy Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
{{Maʼnolari|Oltoy (maʼnolari)}}
[[FileFayl:Altai republic map.png|right|thumb|250px]]
'''Oltoy Respublikasi''' — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika. Maydoni 92,6 ming km². Aholisi 202,9 ming kishi (2002). Poytaxti – [[Gorno-altaysk|Gorno Altaysk]] shahri. Maʼmuriy jihatdan 9 tuman (rayon), 1 shahar, 2 shaharchaga boʻlinadi. Respublika boshligʻi lavozimi taʼsis etilgan. Parlamenti Davlat majlisi – El Qurultoyi deb ataladi. Hukumatga Respublika boshligʻi raislik qiladi. Aholisi oltoylar (31%), ruslar (60,4%), qоzоqlar (5,6%), ukrainlar va boshqa Shahar aholisi 27%.
 
Qator 7:
 
== Tarixi ==
Oltoy hududida qadimdan odam yashagan. Quyi va yuqori paleolit davrlariga oid manzilgohlar (Ulalinka, U-Kan) topilgan. Bu yerlardan hunnlar, turk qabilalari, uygʻurlar, Enasoy qirgʻizlari, qoraxitoylar, moʻgʻullar oʻtgan. 13-asr boshlarida Oltoy hududi Moʻgʻullar davlatiga tobe boʻlgan. 1756 -yilda oltoylar Rossiya fuqaroligiga olingan. Aholi chor-vachilik, ovchilik bilan shugʻullangan. 1918 -yil yanvar– martda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. Oʻsha yil iyunida oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 -yil aprelda shoʻrolar hokimiyati qayta tiklandi. 1922 -yil 1 -iyunda RSFSR tarkibida Oyrot mux-tor viloyati tashkil etildi. 1948 -yil 7 -yanvarda u Togʻli Oltoy muxtor viloyatiga aylantirildi, uning markazi – Oyrot-Tura shahri esa, Gorno-Altaysk deb ataldi. 1991 -yilda respublika maqomini oldi va 1992 -yil maydan Oltoy Respublikasi deb atala boshladi.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 17:
 
== Madaniyati ==
1992/93 oʻquv yili respublikada 199 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, ularda 37 ming bola oʻqidi; 5 oʻrta maxsus oʻquv yurtida 3,9 ming oʻquvchi, ped. institutida 3,1 ming talaba taʼlim oldi. 6 ilmiy tadqiqot instituti (jumladan, tarix, oltoy tili va adabiyoti ilmiy tadqiqot institutlari), 147 jamoat kutubxonasi, 253 klub muassasasi, 253 kino qurilma, milliy drama teatri, filarmoniya, oʻlkashunoslik muzeyi bor. Oltoy tilida "Altaydin cholmoni" ("Oltoy yulduzi", 1922 -yildan) va rus tilida "Zvezda Altaya" gaz.lari chiqadi. Oltoy radiosi oltoy va rus tillarida eshittirish beradi.
 
== Adabiyoti ==