Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
k (via JWB)
Qator 3:
Sharq sanʼati va adabiyoti namoyandalari, katta olimlari oʻzlariga turli narsalarga, sifat va xususiyatlarga ishora tarzida (Ulugʻbek — Muhammad Taragʻay, Navoiy, Lutfiy, Bobur, MujrimObid, Munis, Zavqiy), mashgʻuloti, kasbiga nisbatan (Gulxaniy, Charxiy), tugʻilgan yoki yashagan joyiga nisbatan (Buxoriy, Koshgʻariy, Margʻinoniy, Nasafiy, Taroziy, Xorazmiy, Xoʻjandiy, Chustiy, Shoshiy, Yugnakiy, Yassaviy), yashash tarzi yoki qismatiga ishora sifatida (Gadoiy, Gʻaribiy, Uzlat, Muqimiy, Furqat) va boshqa omillarga karab T. olganlar yoki tanlaganlar. Sharqda ham, Gʻarbda ham koʻpchilik ijodkorlar faqat T. i bilan mashhur boʻlishgan. Mac, Beruniy — Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad, Navoiy — Gʻiyosiddin oʻgʻli Alisher, Muqimiy — Muhammad Aminxoʻja oʻgʻli, Oybek — Muso Toshmuhammad oʻgʻli, Yashin — Komil Nuʼmonov, Chustiy — Nabixon Xoʻjayev; Stendal — Anri Mari Beyl, Jorj Sand — Avrora Dyupen va boshqa Baʼzi shoirlar birdan ortiq T. bilan (Navoiy — Foniy; Mujrim — Obid; Nodir — Uzlat — Mahjur; Nodira — Maknuna — Komila kabi), baʼzan bir necha shoir bir T. bilan ("Navoiy" T.li 10 ga yakin shoir boʻlgan) ijod qilganlar.
 
Sharq mumtoz adabiyotining deyarli barcha namoyandalari, koʻpchilik olimlar va baʼzi siyosiy arboblar maʼlum T.ga ega boʻlishgan. T. qoʻllashning adabiyotshunoslikda ahamiyati katta: bayoz, devon, majmua kabi qoʻlyozma manbalar matnlarida qoʻllangan T. tufayli tegishli asarlarning mualliflari anikdangan. Navoiy T. ning shu maʼnodagi ahamiyatini "Lison uttayr" asarida quyidagicha izdautaydi: Sahna debosiyu nazm inshosidur, Kim taxallus nozimi tam/osidur. Bu kim oni birla topti imtiyoz Ne varaqkim, nazm qildi avin roz. Kim bu Saʼdiy yo Nizomiyning durur, Yo bu Xusravning , bu Jomiyning durur.
 
Hozirgi kunda T.ning shoir yoki yozuvchi oʻz ismi va familiyasini qoʻshimchasiz qoʻllagan koʻrinishi uchraydi: Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahxrr, Izzat Sulton, Jamol Kamol, Usmon Azim va boshqa